Namunalash turlari va usullari


Izlov quduqlarini diagonal profil bo’yicha joylashtirish



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə13/25
tarix28.11.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#135310
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI.

Izlov quduqlarini diagonal profil bo’yicha joylashtirish. Izlov quduqlarining profilini ko’tarilma tuzilmalarning yo’nalishiga diagonal bo’ylab joylashtirish masalasi birinchi marta 1948-yilda M. V. Abramovich tomonidan ko’rib chiqilgan. Keyingi yillarda quduqlarni joylashtirishning bu usuli tor chiziqli cho’zilgan antiklinal burmalarni burg’ilashda qo’llanildi.
Bu singari ko’tarilma tuzilmalarda neft va gaz uyumlarini izlashni burmaning uzun o’qi bo’ylab quduqlar profili bilan yoki uning yo’nalishiga ko’ndalang profil bilan amalga oshirish, agar turli gorizontlar bo’yicha tuzilma rejalarining holati tushinarsiz bo’lsa maqsadga muvofiq emas. Chuqur yotgan izlash obyektlarini ko’ndalang profillar bilan burg’ilashda ko’tarilmaning gumbazi siljigan hollarda ko’pchilik quduqlar uyumning konturidan tashqarida tushib qolishi mumkin. Uchta quduqdan iborat ko’ndalang profilni burg’ilaganda ham hatto markaziy quduq qulay tuzilma sharoitlariga joylashishiga to’liq ishonch yo’q. Profil chizig’i ko’tarilmaning qisqa o’qi bo’yicha ko’ndalang yo’nalishdan chetga chiqqanda ham qidirish burmaning yo’nalishi bo’yicha olib boriladi. Uchta quduqdan iborat birinchi navbat diagonal profilni burg’ilash (tuzilmaning maydonini o’lchamlariga bog’liq holda) burmaning qanotlari va periklinal qismlari haqida ma’lumot beradi, chuqurlik oshgan sari gumbazning siljishi mumkin bo’lgan yo’nalishini aniqlash imkonini beradi.
Uchtadan kam bo’lmagan diagonal profilni burg’ilash tavsiya etiladi, bu izlov bosqichida maydonning geologik tuzilishi va mahsuldorligi haqida katta hajmda malumot olishni ta’minlaydi.
Gaz va neftgaz uyumlarining o’lchamlarini baholash uchun quduqlarni
V. P. Savchenko usuli bo’yicha joylashtirish. XX asrning 50-yillarida
V. P. Savchenko tomonidan birinchi burg’ilangan quduqlarda gidrogeologik va gidrodinamik tadqiqotlar natijalari bo’yicha ochilgan konlar va uyumlarning gazsuv, suvneft va gazneft kontaktlarini (chegaralarini) holatini aniqlash metodikasi ishlab chiqildi va keyinchalik takomillashtirildi.
Bu metodikaga muvofiq, tuzilmaning gaz va neftgaz uyumi kutilayotgan yoki ochilgan gumbaz qismidagi quduqlardan tashqari tuzilmaning har bir qanotida kesimning suv bilan to’yingan qismini to’liq ochadigan bittadan quduq burg’ilanishi lozim. Bu konturorti quduqlarida barcha istiqbolli gorizontlarning suvlari, bosim kattaliklari, ularning o’zgarish xarakteri va yo’nalishi o’rganiladi. Gaz uyumlarini (neft xoshiyalari) ochgan quduqlarda imkoni boricha har bir uyumda gazning (neftning) haqiqiy qatlam bosimi aniqlanadi. Olingan ma’lumotlar bo’yicha GSK, GNK va SNK ning balandlik holati hisoblanadi.
Qalam suvlarining bosimi ahamiyatsiz o’zgaradigan rayonlar yoki stratigrafik komplekslarda gaz uyumlarini hoshiyalab turgan yoki ularni to’liq to’shab turgan neft hoshiyasini topish maqsadida ichki va tashqi hisoblangan gazlilik konturlari oralig’ida bir-ikkita quduq joylashtiriladi. Qatlam suvlarining pyezometrik bosimi ahamiyatli o’zganganda neft hoshiyasi qanotlardan biriga siljishi mumkin. Bunday hollarda quduqlar mahsuldor gorizontning qatlam suvlarini bosimi ko’proq pasaygan uchastkasida joylashtiriladi. Bu uchastkada burg’ilangan quduqda gaz bilan suvning bevosita kontakti ushbu uyum chegarasida neft hoshiyasi umuman mavjud emasligini ko’rsatadi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə