Namunalash turlari va usullari


Ko’p stvolli izlov quduqlarini joylashtirish



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə12/25
tarix28.11.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#135310
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI.

Ko’p stvolli izlov quduqlarini joylashtirish. Bu usul uglevodorodlar uyumlarini izlash va qidirishda quduqlar orasidagi masofaning kattaligi maqsadga muvofiq bo’lmagan hollarda: riflar va keskin aks etgan tuzilmalar, murakkab konfiguratsiyali katta bo’lmagan tuzilmalar, kollektor qatlamlarning xossalari va tarkibi keskin o’zgaradigan tutqichlarni burg’ilashda hamda dengiz va okean qirg’oqlarida neft va gazga geologik-qidiruv ishlarini olib borishda, platformalar, sun’iy orollar va estakadalardan izlov quduqlarini burg’ilashda qo’llaniladi.
Yuqorida keltirilgan turdagi uyumlarni izlash qiya yo’naltirilgan quduqlarni burg’ilash bilan amalga oshirilishi tavsiya etilgan, chunki 2000 m arofidagi chuqurlikda qiyshayish (og’ish) 300-600 m ga yetishi mumkin. Bu holatda birbiridan 400-500 m masofada joylashgan uch-to’rtta alohida quduq o’rniga izlov qudug’i ikki-uchta qo’shimcha stvol bilan burg’ilanadi.
Birinchi stvolni burg’ilagandan keyin unda sinash obyektlari mavjud bo’lmaganda va qidirilayotgan maydonni o’rganishni davom ettirish uchun yangi quduqlarni joylashtirish zarurati bo’lganda quduq tubini asosiy stvoldan 300-500 m og’dirib qo’shimcha stvol burg’ilanadi. Yangi stvollar oldingi stvollarga sement ko’prik o’rnatilgandan keyin burg’ilanadi. Bitta shunday quduq bilan 1 km2 maydon o’rganiladi.
Izlov quduqlarini tuzilmaning uzun o’qi bo’ylab joylashtirish. XX asrning 60-yillarini boshlanishida Sharqiy Turkmanistonda uzun antiklinal burmalarni burg’ilashda aniqlandiki, izlov quduqlarini bunday tuzilmalarning yo’nalishiga ko’ndalang joylashtirish maqsadga muvofiq emas. Bunday burmalarning uzun o’qi bo’ylab qatlamlarni buklanishi har doim qisqa o’qiga nisbatan yaqqol ifodalanmaydi. Shuning uchun seysmik tuzilma xaritada uzun o’qida antiklinal buklanishning holati (ya’ni burmaning gumbazi) yetarli darajada ishonchli aniqlanmaydi. Bunday sharoitlarda uzun burmaning qisqa o’qi bo’yicha gumbazda burg’ilangan uchta quduqdan iborat birinchi profil haqiqatdan ham chetga siljigan bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, tor burmada qanotdagi quduqlarni uyumning chegarasiga tushish ehtimoli kamayadi.
Y. A. Pilip va V. Y. Sokolovlar cho’ziq antiklinal burmalarni izlov burg’ilashning bo’ylama profil bo’yicha amalga oshirish usulini taklif qilishdi.
Izlov quduqlarining birinchi navbat profilini burmaning uzun o’qi bo’ylab joylashtirish va keyin uyumlarni diagonal profil bo’yicha qidirish to’liq qatlamli va suvda suzuvchi neft va gaz uyumlarini, ko’p qatlamli konlarni burg’ilashda va tuzilmalar (tutqichlar) ko’ndalang yoki diagonal tektonik buzilishlar bilan murakkablashganda samarador ekanligi ma’lum bo’ldi.
Asimmetrik antiklinal burmalarda hamda ko’tarilmalarning tuzilma rejalarini qisqa o’qi bo’yicha siljish qonuniyatlari aniqlangan rayonlarda bu usulni qo’llash maqsadga muvofiq emas.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə