Namunalash turlari va usullari


rasm. Pona usuli bo’yicha quduqlarni joylashtirish sistemasining variantlari



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə10/25
tarix28.11.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#135310
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI.

rasm. Pona usuli bo’yicha quduqlarni joylashtirish sistemasining variantlari
1–izopaxitlar; 2– quduqlar; 3– neft uyumining o’qi.
Hozirgi kunda pona usuli aksariyat tadqiqotchilarning fikrlariga ko’ra keng bo’lmagan yo’laksimon uyumlarni burg’ilashda samara beradi. Bu usuldan ochilgan konlarni birlamchi baholash uchun ham, uni qidirish uchun ham foydalaniladi.
Izlov quduqlarini joylashtirishning uchburchak usuli. Izlov quduqlarini joylashtirishning uchburchak usulining mazmuni quyidagidan iborat. Maydonda mahsuldor izlov qudug’i mavjud bo’lganda keyingi ikkita quduq uchburchakning uchlarida birinchi quduqdan bir xil masofada joylashtiriladi. Keyingi quduqlar teng o’lchamli uchburchak to’r bo’yicha shaxmat tartibida burg’ilanadi. Har bir yangi quduq ikkita burchagida mahsuldor quduqlar joylashgan teng tomonli uchburchakning uchida joylashtiriladi. Quduqlar orasidagi masofa kelajakdagi ishlatish quduqlari to’riga karrali masofada tanlanadi.
Yangi neftgazli provensiyalar va oblastlarga chiqish bilan izlov quduqlarini joylashtirishning bu sistemasi yangi prinsipial muhim vazifani yechib boshladi – chuqurlik oshgan sari antiklinal burma gumbazining siljish yo’nalishini aniqlash. Turli stratigrafik komplekslarning tuzilma rejalari keskin muvofiq kelmagan sharoitlarda uch nuqta bo’yicha tekislik, yotish burchagi va yo’nalishi, shu territoriyadagi ma’lum stratigrafik birliklarning (mahsuldor gorizontning) fazoviy holati aniqlangan.
Hozirgi vaqtda quduqlarni joylashtirishning uchburchak sistemasi tadqiqotchilar tomonidan noto’g’ri shakldagi yirik tuzilmalarda va katta bo’lmagan gumbazsimon ko’tarilmalarda joylashgan neft va gaz uyumlarini izlashda, shuningdek tuzilmali-litologik va stratigrafik tutqichlarni bashoratlashda tavsiya etiladi.
Litologik chegaralangan uyumlarni izlashda ham quduqlarni uchburchak bo’yicha joylashtirish tavsiya etiladi.
Izlov quduqlarini radial profillar bo’yicha joylashtirish. Birinchi quduqlarni radial profillar bo’yicha joylashtirish tuz gumbazlarida neft va gaz konlarini izlashda A. V. Ulyanov tomonidan 1946-yilda tavsiya qilingan.
Profillar tog’ jinslarini yotishi bo’yicha kengaytirib boriladi va quduqlarni yo’naltirilgan burg’ilash amalga oshiriladi. Birinchi to’rtta quduq (har bir profilda bittadan) bir vaqtda o’zida burg’ilanadi, keyingilari olingan natijalarga bog’liq holda joylashtiriladi.
Quduqlarni radial joylashtirish noto’g’ri shakldagi tuzilmalarni izlov burg’ilashda ham tavsiya etiladi. Gumbazsimon burmalar uchun V. Y. Sokolov quduqlarni joylashtirishning uchnurli sistemasini taklif qilgan. Uning fikriga ko’ra bu turdagi tuzilmalardagi neft va gaz uyumlarini izlashda quduqlarni xoch yoki profil bo’yicha joylashtirishdan umuman inkor qilish maqsadga muvofiq.




Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə