Namunalash turlari va usullari


Izlov quduqlarini burg’ilash



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə6/25
tarix28.11.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#135310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI.

Izlov quduqlarini burg’ilash

Konlarni (uyumlarni) izlash va baholash bosqichida ishlarning asosiy obyekti geologik-geofizik tadqiqotlar kompleksi bilan harakatdagi yo’riqnomalarga muvofiq chuqur burg’ilash uchun tayyorlangan, С3 toifa istiqbolli resurslari hisoblangan, izlov burg’ilashga tayyorlangan tutqichlar va konlarni (uyumlarni) ochish hisoblanadi.


Izlov burg’ilashning birinchi navbat obyekti quyidagilar hisoblanadi:

  • geologik-geofizik materiallar majmuasi bilan aniqlanadigan, izlov-qidiruv ishlarining asosiy yo’nalishlari chegarasida joylashgan ko’tarilmalar;

  • С3 toifa bo’yicha maksimal resurslari bo’lgan ko’tarilmalar;

  • konditsion jihatdan e’tirof etilgan (tan olingan), ya’ni bir nechta tayanch gorizontlari bo’yicha ishonchli xaritalangan hamda obyektlarni konditsionligi va tasdiqlanganlik mezonlari bo’yicha metodik ko’rsatmalar talablariga javob beradigan ko’tarilmalar. Ular bo’yicha geologik-geofizik ma’lumotlarga asoslangan, izlov quduqlarini optimal joylashtirish nuqtasini tanlash imkonini beradigan tuzilma xaritasi tuzilgan bo’lishi lozim;

  • ko’tarilmalar guruhini o’rganishda ulardan birinchi navbati o’rganish butun maydonning neftgazliligini tasdiqlashga imkon beradigani hisoblanadi;

  • birinchi navbat obyektlarni tanlashda har bir obyektni chuqur burg’ilashga kiritishning rentabilliligini texnik-iqtisodiy hisobini amalga oshirish lozim. Bunda maksimal hajmda neft qazib chiqarish mumkin bo’lgan sharoitlar, ko’tarilma maydonida izlov-qidiruv burg’ilashga xarajatlardan, iqtisodiy samaradorlikdan kelib chiqiladi:

Izlov-baholash quduqlari izlov ishlari bilan tayyorlangan maydonlarda yangi neft va gaz konlarini yoki avval ochilgan konlarda yangi uyumlarni ochish va ularni sanoat ahamiyatida baholash maqsadida burg’ilanadi.
Izlov-baholash quduqlarida yotqiziqlarning ochilgan kesimini geologik tuzilishi haqida ma’lumotlar olish va neftgazliligini baholash maqsadida tadqiqotlar o’tkaziladi.
Izlov-baholash ishlari harakatdagi yo’riqnomalarga muvofiq tuzilgan va tasdiqlangan loyihalar bo’yicha, shu jumladan kompleks loyihalar bo’yicha amalga oshiriladi.
Ishlarning hajmi va geologik-geofizik tadqiqotlarning turlari hamda ularni metodikasi loyiha bilan aniqlanadi, har bir quduq uchun esa – belgilangan tartibda tuzilgan va tasdiqlangan geologik-texnik naryad bilan.
Konni (uyumni) ochishni ta’minlaydigan ishlarning metodikasi minimaloptimal quduqlar soniga asoslangan bo’lishi lozim. Tutqich maydonida quduqlarni joylashtirish izlash ishlarining tasdiqlangan loyihasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Izlov quduqlarining chuqurligi burg’ilash uskunasining texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda maydonning butun istiqbolli kesimini o’rganishni ta’minlashi lozim.
Izlov quduqlarida kompleks tadqiqotlar va bajariladigan ishlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • kern olish (neftgazli gorizonlar taxmin qilingan oraliqlarda hamda stratigrafik bo’linmalar chegaralarida to’liq);

  • neftgazga istiqbolli gorizontlar oraliqlarida har 1-5 metrda shlam olish;

  • geologik-texnologik, geokimyoviy va kon geofizik tadqiqotlar o’tkazish;

  • burg’ilash jarayonida neftgazga istiqbolli komplekslarni (burg’ilash quvirlarida qatlam sinagich bilan, geofizik tadqiqotlar o’ikazish va karotaj kabelida priborlar bilan mahsuldor qatlamlarni lokallashtirish) namunalash va sinash, qatlam flyuidlaridan namunalar olish, zarur bo’lganda – oraliqlar bo’yicha namunalash va sinash;

  • neftgazli va suvli (uyumning kontur orti qismida) qatlamlarni sinash, zarur bo’lganda – obyektlarni chuqurlikda va yer yuzasida neft, gaz va suv namunalari olib oraliqlar bo’yicha sinash;

  • quduqlarda maxsus tadqiqotlar o’tkazish;

  • murakkab kollektorli qalamlardan uglevodorodlar oqimini jadallashtirish ishlari, quduqlarda geofizik tadqiqotlar (QGT) usullari bilan birgalikda;

  • baholash quduqlarida mahsuldor qatlamlar yotgan oraliqlarda kollektorlarning sizdirish-hajmiy xossalarini, kesim va maydon (uyum) bo’yicha petrofizik parametrlarning o’zgarishini aniqlashni va QGT ma’lumotlari bo’yicha hisoblash parametrlarini asoslashni ta’minlaydigan hajmda kern olinadi. Kon yoki uyumlarni izlash quyidagi hollarda to’xtatilishi mumkin:

  1. strukturaviy qurilmani geofizik tadqiqotlar va izlash burg’ilash bo’yicha olingan ma’lumotlar bilan nomuvofiqligi aniqlangan va maydonda qo’shimcha geologik-geofizik ishlarni amalga oshirish talab qilinadi;

  2. loyihada ko’zda tutilmagan texnik vositalar yoki metodik uslublarni

qo’llash zarurati aniqlangan.
Maydonda izlash burg’ilashni yangilash yangi ma’lumotlar va texnik imkoniyatlar hisobga olingan maxsus loyiha bo’yicha amalga oshiriladi.
Izlov burg’ilash tugallangandan so’ng samaradorligi baholanadi va ishlarni davom ettirish yoki to’xtatish bo’yicha taklif asoslanadi.
Izlov burg’ilash quyidagi sharoitlarda tugallangan hisoblanadi:

  • ijobiy natijalar olingan, ya’ni sanoat miqyosidagi neft va gaz oqimi olingan;

  • sanoat ahamiyatiga ega bo’lmagan uglevodorodlar to’plami aniqlangan, shu tufayli izlash ishlarini davom ettirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas;

  • maydonning istiqbolli emasligi aniqlangan (tutqichlar mavjud emas, kollektorlar suv bilan to’lgan, ularning kesimda mavjud emasligi va boshqalar).

Birinchi quduq suv bergan hollarda izlashni davom ettirish masalasi birinchi quduqni o’rnini tanlashga asos qilib olingan barcha geologik-geofizik materiallarni qayta tahlil qilish (qayta interpretatsiya) ma’lumotlarini, zarur bo’lganda profillarning yangi to’ri bo’yicha qayta yoki qo’shimcha o’tilgan seysmorazvedka ma’lumotlari, quduq tubi zonasining neftgazliligini baholash maqsadida suvda erigan gazlar, suvlar va boshqalarni gidrokimyoviy va boshqa tadqiqotlar ma’lumotlarini hisobga olgan holda yechiladi.
Konlarni (uyumlarni) izlash va baholash davri natijalari bo’yicha geologikgeofizik materiallarni tizimlashtirish amalga oshiriladi va izlash-baholash ishlari natijalari haqida hisobot tuziladi.
Kon (uyum) ochilgan hollarda harakatdagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq uglevodorodlarning geologik va olinadigan, shuningdek yuldosh komponentlarning zaxiralari hisoblanadi:

  • neft va gazning С1 va С2 toifa zaxiralari hisoblanadi, ularning nisbati aniqlanadi;

  • ochilgan konning va uning alohida uyumlarining zaxiralari hisobga olinadi (zaxiralarning kattaligi va toifalari, yotish chuqurligi, uglevodorodlarning tarkibi va boshqalar bo’yicha);

  • ochilgan neft va gaz koni hisobot yilida davlat balansiga kiritiladi va hisobga qabul qilinadi;

  • qidiruv ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiqligiga nisbatan geologik-iqtisodiy xulosa beriladi;

  • konni qidirish loyihasi tuziladi yoki konni sanoat-sinov ishlatishga topshirish, yoki konservatsiyalashga loyiha-smeta hujjatlari tuziladi.


Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə