Namunalash turlari va usullari


rasm. Tuz gumbazining seysmik profilda ko’rinishi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə2/25
tarix28.11.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#135310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI.

rasm. Tuz gumbazining seysmik profilda ko’rinishi
Tuz osti kompleksida lokal tuzilmalarni tayyorlash seysmorazvedka uchun yanada qiyin vazifa hisoblanadi. Chunki, ularda qatlam tezliklarining lateral va vertikal o’zgarishlari seysmik kesimlarda tuz osti gorizontlarini muttasil korrelyatsiyalash imkonini bermaydi.
Hozirgi vaqtda bu vazifa UChNU ni boshqa geofizik usullar va parametrik burg’ilash bilan komplektlash hamda dala kuzatuvlarining yangi metodik usullarini qo’llash va materiallarni qayta ishlash yordamida yechiladi.
Noantiklinal tutqichlarni aniqlash va tayyorlash

O’rganilgan cho’kindi havzalarda antiklinal tutqichlar fondining ahamiyatli darajada kamayganligi tufayli izlash-qidirish jarayonida noantiklinal tutqichlarda ochiladigan uyumlar asosiy rol o’ynay boshladi. Ularga quyidagilar kiradi: dialogik, stratigrafik, rifogen, tektonik va boshqa tutqichlar. Ular bilan bog’liq bo’lgan uyumlar ko’pchilik cho’kindi havzalarda keng tarqalgan, ulardan ba’zilari asosiy neft va gaz qazib chiqarish obyektlari hisoblanadi.


Ko’pchilik tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra noantiklinal va aralash turdagi tutqichlarda jahonning qidirilgan zaxiralarining 30% dan ortiqrog’i joylashgan.
Litologik va stratigrafik turdagi tutqichlar odatda qadimgi havzalarning sohillariga bevosita tutashib ketgan territoriyalar chegarasida rivojlangan. Aynan shu yerda transgressiya va regressiyani davriy ravishda almashinishi natijasida tugallanish zonalari, fatsial aralashuvlar va stratigrafik nomuvofiqliklarni hosil bo’lishi uchun qulay sharoit yuzaga kelgan. Chuqur suvli botiqliklar, egikliklar yon bag’irlarida rifogen tanalarning rivojlanishi uchun sharoit yuzaga kelgan.
Noantiklinal turdagi tutqichlarni bashoratlash to’plangan barcha geologikgeofizik materiallarni mukammal tahlil qilishga asoslangan va litologik-fatsial xaritalar va alohida stratigrafik bo’linmalarning qalinliklar xaritasini tuzish bilan birga amalga oshiriladi.
Shunga bog’liq holda bu kabi obyektlarni faqatgina regionning o’rganilganligi yetarli darajada yuqori bo’lgandagina aniqlash mumkin, noantiklinal tutqichlarni izlash jarayonining o’zi esa past samaradorligi bilan xarakterlanadi. Bir vaqtning o’zida noan’anaviy saqlagilardagi obyektlarni o’rganish yangi yetarli darajada yirik uglevodorod uyumlarini ochilishiga tez va samarali olib kelishi mumkin.
Hozirgi vaqtda noantiklinal tutqichlarni aniqlash geofizik usullar kompleksi bilan amalga oshiriladi, ularning asosiysi chuqur burg’ilash materiallariga tayangan UChNU seysmorazvedka hisoblanadi.
Seysmik materiallar vaqtinchalik kesimlar ko’rinishida seysmostratigrafik tahlil qilinib xarakterli oraliqlar ajratiladi, bu lokal obyektlarni aniqlash va ularni izlash burg’ilashga tayyorlash imkonini beradi.
Neft va gazga izlash-qidirish ishlarining amaliyoti shuni ko’rsatadiki, noantiklinal turdagi tutqichlarning nisbatan keng tarqalganlari quyidagilar hisoblanadi:

  • organik qurilmalar;

  • daryo va qadimgi daryolarning uzanlari, sohiloldi vallari, suv osti oqimlari, hamma tomonidan o’tkazmas jinslar bilan o’ralgan qumli hosilalar;

  • botiqliklar yoki egikliklar yon bag’irlarida kollektor qatlamlarning fatsial aralashuvi va tugallanishi;

  • nomuvofiq stratigrafik qoplamalar uchastkalari va zonalari;

  • qadimgi relyefning ko’milib ketgan qoldiqlari; - gillar va karbonat jinslarda zichlikni pasayish zonalari; - yer yoriqlari bilan regional ekranlashish zonalari.


Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə