Namunalash turlari va usullari


rasm. Rif seysmofatsiyalari



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə4/25
tarix28.11.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#135310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI.

rasm. Rif seysmofatsiyalari: 1 – rif turidagi anomaliyalar.

  • rif usti qalinligida qaytgan to’lqinlarning dinamik xarakteristikalarini (chastotalar amplitudasi) keskin kamayishi.

Qatlamli organogen ohaktoshlar (biostromlar) vaqtinchalik kesimlarda qatlamlarning chetlari bo’ylab ponasimon va tepasimon sinfazalik o’qlari bilan xarakterlanadi (rasm).

rasm. Biostrom seysmofatsiyalari
Rif massivlari agar bu massivlar ularni o’rab turgan jinslarga nisbatan ortiqcha zichlikka ega bo’lsa, yuqori aniqlikdagi gravirazvedka bilan aniqlanishi mumkin.
Riflarni aniqlash uchun termometriyadan ham foydalaniladi. Terrigen yotqiziqlarda yotgan riflar karbonat jinslarning yuqori issiqlik o’tkazuvchanligi tufayli issiqlik maydonining ijobiy anomaliyasiga ega bo’ladi.
Rif usti va rif osti rifogen tutqichlarini izlov burg’ilashga tayyorlash asosan seysmorazvedka UChNU bilan rifogen tanalarning shakllari va o’lchamlariga bog’liq holda nisbatan zich to’rda oriyentirlangan profillar bo’yicha, parametrik yoki tuzilmali burg’ilash, quduq seysmorazvedkasi VSP usuli va akustik karotaj bilan amalga oshiriladi. Riflarni muvaffaqiyatli ajratish uchun seysmik kesimlar, rif qalinliklarining vaqtinchalik “qalinliklar” xaritalari, qatlamlar va oraliqlar tezliklari xaritalari, qaytgan to’lqinlarning anomaliyalar dinamikasi grafiklari va xaritalaridan foydalaniladi. Bularning barchasi rifning geometriyasi, ularning litologik chegaralari va neftgazliligini bashoratlash imkonini beradi.

Terrigen yotqiziqlarda noantiklinal tutqichlarni aniqlash va tayyorlash

Noantiklinal tutqichlarning bu obyektlariga litologik va stratigrafik tutqichlar kiradi. Geologik qidiruv ishlarining amaliyoti shuni ko’rsatadiki, ko’pchilik noantiklinal uyumlar antiklinal obyektlardagi uyumlarni izlash va qidirish jarayonida ochiladi.


Jahon tajribasi shuni ko’rsadiki, noantiklinal tutqichlarni maqsadli aniqlash geofizik usullar kompleksi va chuqur quduqlarni burg’ilash bilan amalga oshiriladi. Nisbatan samarador usul regional profillar to’ri bo’yicha seysmorazvedka UChNU hisoblanadi.
Vaqtinchalik seysmik kesimlarni geologik interpretatsiya qilish (seysmostratigrafik tahlil) cho’kindi qalinlikda bir qator sedimentatsion obyektlarni ajratish imkonini beradi. Bunda noantiklinal tutqichlarni ajratish quyidagi asosiy omillarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:

  • seysmik yozuvlar (seysmofatsiyalar) rasmi bo’yicha, to’lqinli maydonning miqdoriy va sifatiy parametrlari bo’yicha aniqlangan terrigen kollektorlar qamlamlarining mavjudligi;

  • tutqichning ustki va ostki yuzasi bo’yicha tuzilma xaritasini tuzish va kollektor qatlamning qalinligini aniqlash yo’li bilan belgilanadigan noantiklinal tutqichlarni gipsometriyasi;

  • ma’lum bir sinfga mansub noantiklinal tutqichlarni shakllantiradigan cho’kindi havzaning genetik turi.

Erozion o’yiqlar bilan bog’liq qumtosh tanalari xarakterli rasmlar – seysmofatsiyalar bo’yicha seysmorazvedka bilan aniqlanadi (rasm).
Bu qumtosh tanalari gravirazvedka bilan ham o’yib kirgan zonasida, ayniqsa karbonat jinslarda salbiy anomaliyalar bo’yicha ajralib turadi. Elektrorazvedka ham yig’indi bo’ylama o’tkazuvchanligining yuqori ko’rsatkichi bo’yicha bunday tuzilmalarni qayd etishi mumkin.
Balandligi 50m gacha, kengligi yuzlab metrdan bir necha kilometrgacha bo’lgan, ularni o’rab turuvchi gillar, gipslar, dolomitlar oralig’ida asosan o’rta donali qumtoshlardan tashkil topgan sohiloldi dengiz tanalari – to’siqlar – sinfazalik o’qlarining suratlari bo’yicha seysmorazvedka bilan aniqlanadi: quyi qismida gorizontal akslar orasida qalinlikni kengayib ketishi va yuqori qismida qavariq shakli bilan (rasm).
Lokal ko’tarilmalarning yon bag’irlarida, monoklinallarda va boshqa tuzilmalarda uchraydigan qumtosh kollektor jinslarning tugallanishi bilan bog’liq bo’lgan tutqichlarni aniqlash har doim yotqiziqlarning tugallanish chegarasidan qaytgan to’lqinlarning sinfazalik o’qlarini qoidaga muvofiq mos kelishi va qo’shilishi bilan birga boradi. Qatlamlarning tugallanishidan chegaralarni kuzatib borish shu qatlamning va uning ostidagi va qoplab yotuvchi yotqiziqlarning tezlik xarakteristikalariga hamda uning qalinligiga bog’liq. Agar tugallanadigan qatlam ostidagi yoki ustidagi yotqiziqlarga nisbatan yuqori yoki past tezlikka ega bo’lsa, unda qatlamning qalinligi kamayib borishi bilan (50 dan 0 m gacha) akslarning jadalligi ularni to’liq g’oyib bo’lguniga qadar kamayib boradi.
Agar tugallanib borayotgan qatlamdagi tezlik atrofdagi tog’ jinslariga nisbatan oraliq ko’rsatkichga ega bo’lsa, qalinligi esa 15-25 m ni tashkil etsa, unda akslarning jadalligi shu qatlamdan qatlam tugallanib borgan sari qoidaga muvofiq ortib boradi. Tugallanib borayotgan qatlamning ishonchli belgisi shu qatlamning bir xil deb qaralgan chegaralarining fazalari orasidagi At vaqtning kamayishi hamda akslar amplitudasining o’zgaruvchanligi hisoblanadi (rasm).
(barlari) holatida; G – aralashgan holatda.
Kollektor qalinlikni gillar bilan aralashuvi bilan bog’liq bo’lgan tutqichlarni aniqlash ahamiyatli darajada o’rganilayotgan qatlamning qalinligi va uning fizik xossalarini almashinuvchi yotqiziqlarga nisbatan va almashinuvchi muhitga nisbatan keskin farq qilishiga bog’liq. Fatsial almashinuv zonasi quyidagi belgilari bilan aniqlanishi mumkin:

  • almashinish oralig’ida akslarning sinfazalik o’qlarini kuzatuvchanlik xarakterini o’zgarishi bo’yicha;



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə