Narbekov nodir narmatovich- jizzax politexnika instituti “Umumtexnika fanlari” kafedrasi, dotsenti V v. b


TALABALARNI INNOVATSION MUHANDISLIK FAOLIYATGA



Yüklə 125,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix23.12.2023
ölçüsü125,32 Kb.
#156630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
5.Kasb-hunar ta\'limi OAK jurnal

TALABALARNI INNOVATSION MUHANDISLIK FAOLIYATGA 
TAYYORLASHDA FAOLIYAT TURLARI


193
Kasb-hunar ta’limi №1, 2023
nafaqat umumiy asosda bilim olish faoliyatiga 
ega, balki ular o‘zaro yaqin aloqada 
bo‘lib, bir-biriga ta’sir qiladi. Innovatsion 
va tajribaga asoslangan muhandislarni 
tayyorlash, shuningdek, yoshlarning ilmiy-
texnikaviy ijodini rivojlantirish usullari 
bevosita IMFL ni shakllantirishga qaratilgan. 
Lekin har doim yodda tutish kerakki, ular 
shaxsiy va faoliyatli ta’lim, rivojlantiruvchi 
ta’lim, muammoli ta’lim, tabaqalashtirilgan 
ta’lim, modulli ta’lim kabi ilmiy-pedagogik 
nazariyalarning rivojlanishi natijasida paydo 
bo‘lgan. 1-rasmda sanab o‘tilgan usullarning 
IMFL shakllanishiga ta’sirini ko‘rish mumkin.
1-rasm. Ilmiy va pedagogik nazariyalarni orasidagi o‘zaro bog‘liqligi. 
Innovatsion 
muhandislik 
faoliyatida 
qobiliyatlarni shakllantirishga yordam beradigan 
umumiy usullar shaxsiy va faol yondashuvlarga 
nisbatan uzoq vaqt oldinroq paydo bo‘lgan [6].
Shaxsiy yondashuv taxminan quyidagicha 
shakllantiriladi: biron bir psixologik hodisani, 
hoh u jarayon, hoh shaxsning holati yoki mulki 
bo‘lsin, uning shaxsiy holatini hisobga olmasdan 
to‘g‘ri tushunib bo‘lmaydi deb qaraladi [1]. 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim talabaning xulq-
atvorini o‘zgartirish maqsadida ta’sir etuvchi 
ilmiy bilim va amaliy ko‘nikmalarning individual 
tizimini ishlab chiqishga asoslanadi. Uning 
mazmuni pedagogika, falsafa, psixologiya, 
sotsiologiya, tabiatshunoslik, san’atshunoslik va 
ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini belgilovchi 
inson bilimining boshqa sohalarining ma’lum 
ilmiy qoidalarining majmuasi hisoblanadi [7]. 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni, 
usullari va vositalariga nisbatan farqlanuvchi 
asosiy xususiyati uning psixoterapevtik asosi 
bo‘lib, u prinsipial jihatdan yangi, aqliy jihatdan 
qulay, vaziyatga mos, shaxsning o‘zi va jamiyat 
uchun xavfsiz shakllanish va rivojlanishini 
ta’minlaydi. Bunday o‘qitishning asosiy maqsadi 
texnik yo‘nalish talabalariga (barcha talabalar va 
umuman insonlarga) ta’lim va kasbiy faoliyatda 
atrof-muhitga moslashishga va shunga mos 
ravishda innovatsion muhandislik faoliyat (IMF) 
ni rivojlantirishga yordam berishdir.
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida 
o‘qitishning asosiy natijasi va uning sifati mezoni 
bu, shaxsiy xususiyatlarning butun majmuini, shu 
jumladan muayyan faoliyat, xususan, IMF uchun 
qobiliyatni rivojlantirish hisoblanadi. Ushbu 
yondashuv an’anaviy ta’lim texnologiyasidan 
inson faoliyatini loyihalashga o‘tish imkonini 
beradi [4]. G.T.Ilyin filriga ko‘ra muhandislik 
ta’limi, ijtimoiy hayotning o‘zida yuzaga keladigan 
muammolar sifatida, keng ijtimoiy kontekstli 
g‘oyalar, rejalar va loyihalarni shakllantirish va 
ishlab chiqish orqali, muhandislik ta’limining 
boshlang‘ich va asosiy o‘zgartirish usullarini 
umumlashtiradigan ko‘rgazmali ta’lim shaklini 
ajratib ko‘rsatadi [4]. Shuning uchun qo‘yilgan 
vazifalarni hal qilishning muayyan usullari katta 
muammoli vaziyat tug‘dirmaydi. Ko‘rgazmali 
ta’lim shaxsiy xususiyatga ega. Ushbu ta’lim 
uchta asosiy xususiyatga ega bo‘lib, an’anaviy 
talimdan quydagilar orqali farqlanadi:


194
Kasb-hunar ta’limi №1, 2023
a) o‘qituvchining etakchi roli talabaning 
etakchi roliga o‘tishi;
b) olingan bilimlarni tizimlashtirish 
talabaning vazifasiga aylanishi; 
v) ta’lim jarayonining asosiy elementi tayyor 
bilim emas, balki tahlil uchun ma’lumotdir 
bo‘lishi. Bu talabalar tomonidan tayyor bilimlarni 
o‘zlashtirishni emas, balki kasbiy muammolarni 
muvaffaqiyatli hal qilishni ta’minlaydigan 
muayyan fikrlash tarzini shakllantirishni o‘z 
ichiga oladi va tahliliy fikrlash IMFLning asosiy 
tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qilishga olib keladi.
Ta’lim jarayonida talaba bilim, ko‘nikma, 
intellektual ko‘nikmalarga ega bo‘ladi va buning 
natijasida o‘quv va kasbiy faoliyatda ma’lum 
tajriba to‘playdi, shuningdek, qobiliyatlarni, 
shu jumladan IMFLni rivojlantiradi. Faoliyat 
yondashuvining asosiy tushunchalari, “mahorat”, 
“faoliyat”, “topshiriq” bo‘lib, uning ma’nosi 
shundan iboratki, insonga qo‘yilgan vazifalarni 
hal qilish uchun faoliyatni amalga oshirish 
uchun ko‘nikma kerak [8]. D.V.Chernilevskiy 
fikriga ko‘ra bu tushunchalar bir xil. Vazifa - bu 
muayyan maqsadga erishish demakligi, faoliyat- 
maqsadga erishish jarayoni, malaka - faoliyatni 
amalga oshirish qobiliyati hisoblanadi. Misol 
tariqasida D.V.Chernilevskiy IMFning asosiy 
turlarini keltiradi, G. S. Kochetkova esa tahlillar 
asosida ularni quyidagi 1-jadvalda batafsilroq 
bayon etib o‘tgan [3].

Yüklə 125,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə