|
National University of Uzbekistan Volume 3Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalariautizm-sindromli-bolalarni-psixologik-tashxislash-tamoyillari-va-psixokorreksion-vazifalarIjtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari
615
April, 2022
https://nuu.uz/ International Scientific Conference
Idrokni tekshirish.
Idrokni aniqlash tekshirilayotgan bolaning holatiga
bog‟lik, bo‟ladi. Eshituv idroki avval eshitishi pasaygan yoki shunga taxmin
qilinayotgan bolalarda tekshiriladi. Eshituv holati vrach-surdolog va surdopedagog
tomonidan aniqlanadi. Psixolog ushbu ma'lumotlardan foydalanib bola rivojlanishiga
ularning u yoki bu darajada ta'sirini o‟rganadi. Surdolog tekshiruvidan o‟tmagan va
nutqida kamchiligi bor bolani psixolog o‟rganayotganda, Komissiyadagi boshqa
mutaxassislar bilan birgalikda bu bolada eshituvini pasayganligini taxmin qilib, uni
surdologik tekshiruvga yuborishi kerak. Eshituv funksiyalari to‟liq saqlangan,
nutqida kamchiligi bor bolalarda ko‟pincha nutqni eshitish idroki, ya'ni unga qaratib
so‟zlangan nutqni tushunish buzilganligi kuzatiladi. Bunda psixolog logoped bilan
birgalikda bola nima uchun tushunmayotganligi tekshiriladi. Ko‟ruv idrokini
tekshirishda bolani ko‟ruv agneziyasi mavjudligiga e'tibor berish zarur (predmetli,
fazoviy, rang, harf va hokazo). Ko‟rishning pasayishi bilan bog‟liqligi taxmin qilinsa,
uni ko‟ruv o‟tkirligini tekshirishga yuboriladi. Ko‟ruv funksiyalari saqlangan bo‟lib,
turli agnoziyalar kuzatilsa, sababini aniqlash zarur. Uning sababi aqliy nuqson,
po‟stloqning lokal buzilishlari hamda po‟stloq tonusining o‟zgarishlari bo‟lishi
mumkin.
Tafakkurni tekshirish.
Tafakkurni tekshirish xususiyati bolaning yoshiga
bog‟liq bo‟ladi. Ilk yoshda ko‟rgazmali-harakatli tafakkurning holati maktabgacha
yoshda, maktab yoshida ko‟rgazmali-obrazli va so‟z-mantiqiy tafakkur tekshiriladi.
Bolaning aqliy faoliyatini taxlil qilishda uning- motivatsion, operatsion, dinamik
hamda tanqidiy fikrlash tomonlarini ko‟rib chiqish kerak.
Dostları ilə paylaş: |
|
|