Xotirani tekshirish.
Diqqatning qo‟pol buzilishlarida xotirani tekshirish
ko‟pincha noto‟g‟ri hisoblanadi, chunki uning natijalari xotiraning buzilishlarini
emas, balki eslab qolish vaqtida diqqatdagi kamchiliklardan dalolat beradi. Xotirani
maxsus tekshirishda modal-xos bo‟lmagan buzilishlardan shikoyat, anamnezda miya
jarohatlari, tutqanoq tutilishi va amneziya holatlarining mavjudligi to‟g‟ridan-to‟g‟ri
ko‟rsatkich bo‟ladi. Xotirani tekshirishda faqatgina uning buzilishlarini emas, balki
ularning xarakter va kelib chiqish sabablarini aniqlash zarur. Xotira buzilishlari
xarakteriga ko‟ra: modal-xos bo‟lmagan (barcha turlarini umumiy pasayishi) va
modal-xos bo‟lgan (ko‟ruv, eshituv, verbal, motor kabi alohida turlarining buzilishi)
bo‟lishi mumkin. Xotira tavsifi mnestik faoliyat sifatida o‟zida eslab qolish (surati,
hajmi), esda saqlash (sifatli, muddatli), qayta eslash (to‟liq, aniq, ketma-ket), esdan
chiqarish (qisman, chuqur, vaziyatli) kabi bosqichlarni o‟z ichiga oladi.[2]
Nutqni tekshirish.
Bola nutqining holati psixolog hamda logoped bilan
birgalikda tekshiriladi. Logoped nutqning barcha tomonlarini o‟rganadi, psixolog esa
nutqning asosiy funktsiyalari bo‟lgan (ayniqsa nutq buzilishlarida) kommunikativ,
boshqarish, bilish funktsiyalarini bajarishiga diqqatini qaratadi. Bolaning
rivojlanishiga nutq kamchiliklarining darajasi va xarakterini qanday ta'sir etganligini
aniqlash muhim. Nutq kamchiliklari aniqlanganda bolaning
boshqalar bilan muloqotiga, bilish faoliyatiga qanchalik ta'sir
etganligiga diqqatni qaratish lozim.
National University of Uzbekistan
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed
Current Issues of Social Sciences and Humanities
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-613-621
Dostları ilə paylaş: |