«Научный импульс» Февраль, 02 576 yangi o'zbekistonda inklyuziv ta'limdagi huquqiy asosda jamoat tashkilotlarining o'rni



Yüklə 60,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü60,71 Kb.
#182642
1   2   3   4   5
Xasanova Mashxura Muxammadsidiqovna


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202

578 
O'zbekistonning integratsiyalashgan (inklyuziv) ta'lim sohasidagi siyosati yosh 
fuqarolarning ta'lim olishlari uchun optimal sharoitlar yaratilishiga qaratiladi va quyidagi 
maqsadlarni bajarilishiga yo'naltiriladi: 
• Bolaning o'ziga xos ta'limga ehtiyojlarini mumkin qadar erta(hayotining dastlabki 
oylaridan) aniqlash; 
• O'ziga xos ta'lim ehtiyojlari mavjud bolalarning barchasini ta'limga jalb etish; 
• Imkoniyatlari cheklangan bolalarni sog'lom tengdoshlari qatoriga integratsiyalash 
uchun sharoitlar yaratish
• Imkoniyatlari cheklangan shaxslarning o'ziga xos ta'lim ehtiyojlarini qondirish uchun 
zarur shart-sharoitlar yaratish; 
• Inklyuziv ta'lim muhitida ishlayotgan pedagoglarga malakali uslubiy yordam 
ko'rsatish va ragbatlantirish; 
• Uyg'un rivojlangan avlodni tarbiyalashga qaratilgan davlat siyosatini ta'lim vositalari 
yordamida qo'llab-quvvatlash. 
Mazkur maqsadlarga erishish,quyidagi vazifalar majmuasining amalga oshirilishini 
taqozo etadi: 
• Imkoniyatlari 
cheklangan 
bolalarning 
ehtiyojlaridan 
kelib 
chiqib,maxsus 
integratsiyalashgan(inklyuziv) ta'lim mazmunini ilmiy-uslubiy jihatdan ishlab chiqish; 
• Maxsus integratsiyalashgan (inklyuziv) ta'limni uning barcha pog'onalarida tashkil 
etish, boshqarish va muvofiqlashtirish prinsiplari va mexanizmlarini ishlab chiqish; 
• Maxsus 
integratsiyalashgan 
(inklyuziv) 
ta'limning 
huquqiy 
asoslarini 
takomillashtirish, uning me'yoriy huquqiy jihatdan ta'minotini ta'lim siyosatini maqsad va 
vazifalariga moslashtirish; 
• Bolalarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sifatli ta'lim olishida teng 
imkoniyatlarga ega bo'lishining davlat tomonidan kafolatining amalga oshirilishini 
ta'minlaydigan tashkiliy boshqaruv mexanizmlarini yaratish; 
• Maxsus integratsiyalashgan (inklyuziv) ta'lim muammolarini ilmiy-nazariy va ilmiy-
uslubiy nuqtai nazardan ishlab chiqilishini ta'minlaydigan ilmiy-pedagogik kadrlarning 
kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirish; 
• Maxsus integratsiyalashgan (inklyuziv) ta'lim muassasalari uchun pedagogik kadrlar 
tayyorlash, malakasini oshirish ishlarini takomillashtirish; 
• O'zbekistonning bu faoliyatga davlat, jamoatchilik tashkilotlari,ota-onalarni keng jalb 
qilishga qaratilgan ta'lim siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishning davlat-jamoatchilik 
mexanizmlarini rivojlantirish
• Mintaqalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, integratsiyalashgan (inklyuziv) ta'lim 
holati va rivojlanish tendensiyalarni monitoring qilish tizimini yaratish; 
• Integratsiyalashgan (inklyuziv) ta'lim sohasida o'qituvchilar, o'quvchilar, ota-onalar
jamoat tashkilotlari xodimlari uchun o'quv metodik majmualar va ommabop adabiyotlarni 
yaratish. 


Международный
научный
журнал

7
(100), 
Yüklə 60,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə