Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E


FOSFAT KISLOTA VA UNING BIRIKMALARI



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə16/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

2.2. FOSFAT KISLOTA VA UNING BIRIKMALARI


Fizik xossalari. Toza xolatdagi ortofosfat (yoki soddaroq aytilganda fosfat) kislota rangsiz prizmatik kristall bo‘lib, 42,35°C da suyuqlanadi va suvda yaxshi eriydi.
Odatda uni quyuq, moysimon suyuqlik holatida olinadi, undan sovutish orqali kristall maxsulot ajratib olinadi. Ko‘p xollarda kristallanish faqatgina kristallantiruvchi qo‘shimcha (zatravka) qo‘shilgandagina amalga oshadi. Buni fosfat kislotaning -121°C gacha qayta sovutish orqali suyuqlikning shishasimon holatga o‘tishga va 13°C gacha sovutish orqali 1,88 g/sm3 zichlikka ega bo‘lgan moysimon suyuqlikka aylanishga moyilligi orqali izoxlanadi.
Ozgina miqdordagi suvning ishtiroki kislota suyuqlanish haroratining pasayishiga olib keladi va uning kristallanishi sekinlashadi. Kristallanish jarayoni 29,32°C da suyuqlanadigan yarimgidratli fosfat kislota Н3R04*0,5Н2O hosil bo‘lishida tezlashadi.
Fosfat kislota har qanday konsentratsiyadagi suvli eritmalarni hosil qiladi. 0,5°C haroratda suvda 78,7% Н3РO4 eriydi, 29,3°C haroratda esa tarkibida 91,6% Н3РO4 bo‘lgan Н3РO4*0,5Н2O inkongurent suyuqlanadi (2.1 - rasm). Н3РO4 - Н2O sistemasining holat diagrammasidan ham Н3РO4 va Н3РO4*0,5Н2O, shuningdek kristallogidratdan evtetikalarning hosil bo‘lish sharoitini ko‘rish mumkin.
Suyuq holatdagi fosfor kislotaning 25°C da 1,8741 g/sm3 zichlikka ega bo‘lib, 261°C da qaynaydi. Haroratning ortishi bilan uning qovushkoqligi -263 snz dan (20°C da) 4,7 spz gacha (180°C da) keskin kamayadi.

2.1. rasm. Н3РO4 –Н2O sistemani diagrammasi. Н3Р04

Fosfor - tabiatda keng tarqalgan elementdir. Uning yer qobig‘idagi miqdori og‘irlik bo‘yicha 0,08-0,12% ni yoki er qobig‘idagi atomlarning umumiy soni bo‘yicha - 0,07 % ni tashkil qiladi.


Elementar fosfor va uning oksidlari yuqori kimyoviy aktivlikka ega bo‘lganligi sababli u er qobig‘ida kimyoviy barqaror, suvda va tuproq eritmalarida erimaydigan minerallar shaklida bo‘ladi. Bu minerallar tarqoq va ba’zan esa yirik to‘planishlar tarzida uchraydi.
Priyanishnikov ma’lumotlariga ko‘ra, 20 sm chuqurlikkacha 1 ga tuproqdagi fosforning zaxirasi 300 dan 6000 kg gachani tashkil etadi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə