Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə2/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

Taqrizchilar: - Zakirov Bahtiyor Sabirdjanovich - O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, k.f.d., professor.
- Muhiddinov Bahodir Faxriddinovich. –NavDKI professori, k.f.d., professor.




NavDKI Kengashining 2020 yil ____ №_ -sonli yig‘ilishida muhokama qilindi va chop etishga tavsiya etildi

KIRISH
O‘zbekiston mustaqil milliy demokratik davlat sifatida rivojlanish yo‘lida muhim qadamlaridan biri “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi Qonun, hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ning qabul qilinishi katta ahamiyatga ega. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev ta’kidaganlaridek, “Biz amalga oshirayotgan iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o’zgarishlarning samarasi, birinchi navbatda aholining moddiy ahvoli va faravonligini, uning hayot darajasi va sifatini oshirishga qay darajada ta’sir ko’rsatayotgani bilan o’lchanadi”. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilning 21 iynida PP 2372 va 2016 yilning 18 mayida PP 2532 -sonli Qaroriga asosan “Navoiyazot” AJda yiliga 577,5 ming t/y. karbamid, 660 ming t/y. ammiak va 500 ming t/y. azot kislotasi ishlab chigarish, hamda «Navoiyazot» AJda mineral o'g'itlar ishlab chiqarish bo'yicha yangi kompleksni yaratishni bilgilab berdi.
Shuningdek, ”2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi” ning 4-Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishi, 4.4-Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish bandida ta’lim muassasalarini zamonaviy o’quv laboratoriyalari, komp’yuter texnikasi va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash ko’zda tutilgan edi. Kitobxonlar e’tiboriga havola etilayotgan ushbu o’quv qo’llanma, Prezidentimizning 2017-yil 20-aprelda qabul qilingan “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori va unda belgilangan vazifalar, jumladan yangi avlod adabiyotlarini yaratish va ularni Oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tadbiq etish vazifasini bajarish asosida yozildi.
Jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan ko’plab vatandoshlarimizning boy ilmiy merosini har tomonlama o’rganish, yosh avlodni qalbida milliy iftixor va mamlakatimizning tarixiy o’tmishiga chuqur hurmat tuyg’usini kamol toptirishda o’qituvchi-pedagoglar muhim o’rin tutadilar.
Shundan kelib chiqib, Oliy ta'lim tizimida barkamol avlodni tarbiyalash uchun o’quv predmetlari mazmunini takomillashtirish, nazariy olingan bililmlarni amaliyotga qo’llashga doir adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, darslarni ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etishni ustivor vazifa qilib qo’yadi. Biz pedagoglar barkamol avlod tarbiyachilarimiz, bu uchun butun kuch va g’ayratimizni ishga solishimiz lozim. Vatanimiz xalq xo‘jaligi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashda “Mineral o‘g‘itlar islab chigarish nazariyasi va texnologik hisoblari” fanining alohida o‘rni bor.
Bu fan magistr talabalarga ixtisoslik fanlarini chuqur o‘zlashtirishga, qanday yo‘l bilan ishlab chiqarish intensivligini oshirish va texnologik qurilmalardan unumli foydalanish mumkinligini o‘rgatadi.
Mashhur olim Kreyg Barret aytganidek “O’quv mashg’ulotlarida mo’jijani komp’yuterlar emas, balki o’qituvchilar yaratadi”. Aks olda barcha say-harakatlar o’z samarasini bermay qoladi.
Ushbi O'quv qo’llanmaning 1-bobida mineral o‘g‘itlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, tuproqqa mineral o‘g‘itlar solishning zaruriyati, o‘g‘itlar klassifikatsiyasi, mineral o‘g‘itlarning assortimenti, asosiy tarkibi va xossalari berilgan.
2-bobda fosfat xom ashyolari va ularga ishlov berish usullari, fosfor elementi, fosfat kislota va uning birikmalari, fosfatli minerallar, O‘zbekiston fosforitlarining tavsifi, fosforitlarning fizik - kimyoviy va mexanik xossalari, termik fosfat kislota, tabiiy fosfatlarni sulfat kislotali parchalashning umumiy fizik - kimyoviy asoslari bayon etilgan.
3-bobda superfosfat, superfosfat olishning fizik - kimyoviy asoslari, jarayonlarning mexanizmi va tezligi, superfosfat ishlab chiqarish, superfosfat ishlab chiqarishda ftorli gazlarni tutib qolish, donadorlangan va ammoniylangan superfosfatlar keng berilgan.
4-bobda ekstraksion fosfor kislota, ekstraksion fosfor kislota olishning fizik - kimyoviy asoslari, ekstraksion fosfor kislota olishning digidratli usuli, ekstraksion fosfat kislota olishning yarimgidratli va yarimgidratdigidratli usuli, fosfat kislotani konsentrlash usullari keltirilgan.
5-bobda qo‘shaloq superfosfat, xossasi va ishlatilishi, ishlab chiqarishni fizik - kimyoviy asoslari, qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarish texnologik sxemalari, superfos, qoratog‘ fosforiti asosidagi qo‘shaloq superfosfat, qoratog‘ fosforitidan qo‘shaloq superfosfat olishning fizik - kimyoviy asoslari bayon etilgan.
6-bobda azotli o‘g‘itlar, ammiakli selitra, ammiakli selitra ishlab chiqarish usullari keltirilgan.
7-bob karbamid (mochevina), ammiak va karbomid angidriddan karbamid sintez qilishning fizik - kimyoviy asoslari, karbamid ishlab chiqarish usullari, to‘la suyuqlik retsiklida karbamid sintezi, karbamid eritmasidan tayyor mahsulot olish ketma - ketligi berilgan.
8-bobda ammoniy sulfat, ammoniy sulfat ishlab chiqarishning fizik - kimyoviy asoslari, koks gazi ammiakidan ammoniy sulfat ishlab chiqarish, gipsdan ammoniy sulfat olish, kaprolaktam chiqindisidan ammoniy sulfat olish usullari ko‘rsatilgan.
9-boblar kaliyli o‘g‘itlar, kaliyli tuzlar xom ashyosi, kaliy rudalarini mexanik boyitish yo‘li bilan kaliy xlorid olish eritish va alohida kristallantirish usuli bilan kaliy xlorid olish, silvinitdan kaliy xlorid ishlab chiqarish prinsipial sxemasi, kaliy sulfat, rudalarni qayta ishlashning boshqa usullari, konversiya usulida kaliy sulfat olish usullari berilgan.
10-bob suyuq azotli o‘g‘itlar, suyuq azotli o‘g‘itlarning fizik - kimyoviy xossalari, suyuq azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyalari keltirilgan.
11-bobda ozuqali kalsiy fosfatlar, ftorsizlangan fosfatlar, pretsipitat ishlab chiqarish, monokalsiyfosfat, termik fosfatlar turlari.
12-bobda ammoniy fosfatlari, monoammoniyfosfat va diammoniyfosfat ishlab chiqarish, ammofos ishlab chiqarish, donadorlangan diammofos, ammofosfatlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
13-bobda mikroo‘g‘itlar, mikroelementlar, borli o‘g‘itlar, misli, ruxli, marganetsli, molibdenli va koboltli o‘g‘itlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
14-bobda kompleks mineral o‘g‘itlar, kaliy nitrat, kaliy xlorid va nitrat kislota yoki azot oksidlaridan kaliy nitrat olish, kaliy orto- va metafosfatlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
15-bobda past navli fosforilarni qayta ishlash va faollashtirish usullari keltirib o‘tilgan.
16-bobda defoliantlar va ularni ishlab chiqarish usullari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Talabalar hukmiga havola etilayotgan ushbu “Mineral o‘g‘itlar islab chigarish nazariyasi va texnologik hisoblari” O’quv qo’llanmasi Texnika Oliy o'quv yurtlarining “5A320401 – Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” mutaxassisligi magistr talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2018 yilda tasdiqlangan namunaviy o’quv reja va 2018 yilda kelishilgan fanning o'quv dasturi asosida tuzilgan (“5A320401 – Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” mutaxassisligi magistrlari uchun o’quv dastur asos qilib olingan). O’quv qo’llanmaning asosiy maqsadi talabalarning mineral o‘g‘itlar islab chiqarish texnologiyasi, asosiy jarayonlari, o‘g‘itlar klassifikatsiyasi, xomashyolari, ishlatilish ko’lami, o’g’itlar ishlab chiqarish nazariyasi, uskuna va qurilmalari hamda ularning ishlash prinsiplari, O’zbekistonda o’g’itlar ishlab chiqarish bo’yicha olib borilgan va yaratilgan texnologiyalar bo`yicha nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog'lash, amaliy ko'nikma va malakalarini yanada mustahkamlash hamda ularni «Mineral o‘g‘itlar islab chigarish nazariyasi va texnologik hisoblari” faniga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga yo'naltirilgan. O’quv qo’llanma 16 bobdan iborat bo`lib, har bir bobdan keyin topshiriqlari va bir nechta mustaqil mavzular, ko’plab ilovalar keltirilgan.
Talabalarga yengillik bo’lishi uchun o’quv qo’llanmada keltirilgan har bir bob ishiga sinov savollari va ohirida glossariy, test savollari, hamda doimiy fizik kattaliklar ham berilgan bo’lib, ularning mustaqil ishlashi va fanni muvafaqqiyatli o’zlashtirishlariga amaliy yordam beradi.
O’quv qo’llanmadan “5A320401 – Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” mutaxassisligi magistrlari, 5320400 – Kimyoviy texnologiya ta’lim yo’nalishlari bakalavr talabalari, hamda kimyo sanoati va qishloq xo’jaligining muxandis-texnik xodimlari va doktorantlari qo‘llanma sifatida foydalanishi mumkin.
Xotima.
O'quv qo’llanmaning sifatini yaxshilash uchun qaratilgan taklif va tanqidiy fikr-mulohazalar tashakkurlik bilan qabul qilinadi.
Bizning manzilimiz: 100011, Navoiy, G‘alaba shox ko‘chasi, 27 uy. NDKI, «Kimyoviy texnologiya» kafedrasi.
Mualliflar



Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə