Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E


-jadval Tuproqdan hosil bilan chiqib ketadigan ta’sir etuvchi moddalar. (kg/ga)



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə8/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

1.1-jadval
Tuproqdan hosil bilan chiqib ketadigan ta’sir etuvchi moddalar. (kg/ga)





Ta’sir etuvchi
moddalar

Hosildorlik

Qishki bug‘doy 30 s/ga

Shakar lavlagi 270 s/ga

Jo‘xori ko‘k poyasi
600 s/ga

1

N2

112

166

150

2

P2O5

39

42

70

3

K2O

77

157

200



1.2-jadval
Hosildorlikni tuproqga fosfor, azot va kaliy solish hisobiga, oshirilishi.





Kultura va
maxsulot turi

1 t solingan o‘g‘it xisobiga (N, P2O5,K2O) hosildorlikni o‘sishi, T

N2

P2O5

K2O

1

Paxta

10-14

5-6

2

2

Shakar lavlagi

120-160

50-55

40-50

3

Bug‘doy

12-15

7-8

3-4



1.3-jadval
Hosilni, o‘g‘it qo‘llash hisobiga o‘zgarishi (s/ga).



Kultura va maxsulot turi

O‘g‘itsiz

O‘g‘it bilan

1

Paxta

8-9

27-30

2

Bug‘doy

7-8

20-40

3

Shakarqamish

100-120

200-500

Mineral o‘g‘itlardan foydalanilganda paxta va boshqa texnika ekinlarining hosili tobora ortmoqda. Masalan, 1930 yilda O‘rta Osiyo respublikalarida har gektar yerdan 7 - 8 s paxta olingan bo‘lsa, hozirga paytga kelib, gektaridan o‘rta xisobda 29,2 s hosil olinmoqda. Tuproqga solingan har 1 kg fosfor qo‘shimcha 6 - 7 kg paxta, 50 - 60 kg kartoshka, har 1 kg azot esa qushimcha ravishda 15 - 20 kg paxta va 150 kg kartoshka olish imkonini bermoqda.


Mineral o‘g‘itlar ekinning hosildorligini oshirishi bilan birgalikda maxsulotlar sifatini ham yaxshilaydi: dondagi oqsil va kartoshkadagi kraxmal miqdorlarini ko‘paytiradi, paxta tolasining pishiqligini oshiradi.
Hosildorlikni oshirishdagi omillarni baholashda: AQSH da 50% gacha. Fransiyada 50 - 70% gacha qo‘shimcha hosil olish o‘g‘itlar hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga qo‘ra, hosildorlikning oshirishdagi o‘g‘itlarning ulushi MDX, mamlakatlarining qoratuproqli mintaqalarida 40 - 50% ga, noqoratuproqli mintaqalarida 60 - 75% ga O‘rta Osiyoda, hususan, O‘zbekiston Respublikasi xududidagi unumdor tuproqlarda 50 - 60% ga to‘g‘ri keladi.

1.2. O‘G‘ITLAR KLASSIFIKATSIYASI


O‘g‘itlar kelib chiqishiga ko‘ra, noorganik - mineral, organik, organo - mineral va bakterial turlariga klassifikatsiyalanadi. Ular qattiq, suyuq va suspenziyali xolatda bo‘lishi mumkin.
Mineral o‘g‘itlar (yoki sun’iy o‘g‘itlar): Ularni sanoatda - ishlab chiqariladi: noorganik xom ashyolarni kimyoviy yoki mexanik qayta ishlash (masalan, agrokimyoviy rudalar - fosforitlar, kaliyli tuzlar, dolomitlar va hokazolarni maydalash) orqali tayyorlanadigan noorganik maxsulotlardan hosil qilinadi. Xom ashyo sifatida xizmat qiladigan havo azotidan yoki tarkibida o‘simliklar uchun ozuqa bo‘ladigan moddalar tutgan ayrim kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarining oraliq mahsulotlaridan olingan moddalar ham mineral o‘g‘itlar qatoriga kiradi. Masalan, ammoniy sulfat - kokslash pechi gazlari yoki kaprolaktam ishlab chiqarishning oraliq maxsulotlaridan olinadi. Fosfor tutgan rudalardan metallarni suyuqlatirib olinishida fosforli o‘g‘itlar sifatida qo‘llaniladigan tomashlaklardan ham olinadi. Xom ashyoni kimyoviy qayta ishlash natijasida olinadigan mineral o‘g‘itlar ta’sir etuvchi moddalarning yuqori konsentratsiyaliligi bilan ajralib turadi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə