Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə5/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

Kaliy (K) - o‘simlikning uglevod va oqsil almashinuvida eng muhim fiziologik rol o‘ynaydi, azotning ammiakli formada o‘zlashtirilish sharoitlarini yaxshilaydi. O‘simlikni kaliy bilan oziqlantirish - o‘simlikning alohida organlarini rivojlanishi uchun kuchli omil hisoblanadi. Kaliy hujayra sharbatida shakar to‘planishiga imkon yaratadi, bu esa o‘simlikning qishga chidamliligini oshiradi, tomir taramlarini rivojlanishi, hujayralarni qalinlashishiga imkon beradi. Undan tashqari, poyaning mustahkamligini oshishiga olib keladi va ularni yotib qolishga chidamliligini oshiradi.
Kaliy kartoshka tugunaklarida kraxmal miqdorini, qand lavlagi ildizlarida shakar miqdorini oshiradi. Kaliy don, sabzavot ekinlari, paxta tolasi, kanop va zig‘ir tolasining sifati va turli mevalar (uzum, shaftoli, apelsin va olmalar)ning ta’mini yaxshilaydi. Kaliyning etishmasligi uning sifatiga salbiy ta’sir etadi. Kaliy etishmaganda, o‘simlik zamburug‘ kasalligiga tezda chalinadi. Kaliy ortiqchasi hosilning ko‘payishiga olib keladi.
Oltingugurt (S) -aminokislotalar - sistin va metionin tarkibiga kiradi, oqsil almashinuvchi va oksidlanish - qaytarilish jarayonlarida katta ahamiyatga ega. Oltingugurt - xlorofill hosil bo‘lishiga ijobiy ta’sir qiladi, dukkakli ekinlar ildizlarida tugunaklar hosil bo‘lishiga va atmosfera azotini o‘zlashtiradigan tugunaklar bakteriyasini hosil bo‘lishiga yordam beradi. Oltingugurt ayrim o‘simlik yog‘lari tarkibiga kiradi. O‘simliklarda oltingugurtning etishmasligi moda almashish jarayoni va oqsil sintezini buzadi, xlorozni keltirib chiqaradi. Bu hosildorlikni va o‘simlik sifatini pasaytiradi.
Oltingugurt tuproqqa atmosferadan va o‘g‘itlar (NH4)2SO4 superfosfat va boshqalar bilan kelib tushadi. Oltingugurt aniq etishmaganda, u tuproqqa bevosita beriladi. Oltingugurt birikmalari sho‘rxok erlarni melioratsiyasida ularni gipslash yo‘li bilan qo‘llaniladi.
Kalsiy (Ca) - o‘simliklarning uglevodli va oqsilli almashishida qatnashadi, o‘simlik ildizlarining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, kalsiysiz o‘simlikning ildiz hujayralari emiriladi. Beda, lavlagiga ohakli o‘g‘itlar ijobiy ta’sir qilsa, choy butasi, mosh va boshqalarga salbiy ta’sir qiladi.
Kalsiy o‘simlikning me’yoriy oziqlanishi uchun zarurdir. Uni ko‘p yillik dukkakli o‘tlar eng jadal iste’mol qiladi. Kalsiy nordon tuproqni ohaklashtirish uchun ishlatiladi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə