Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E


I BOB. MINERAL O‘G‘ITLARNING XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə3/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

I BOB. MINERAL O‘G‘ITLARNING XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI

Qishloq xo‘jaligini jadal suratlarda rivojlantirish va uning mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash butun dunyo bo‘yicha dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Chunki, mineral o‘g‘itlarni har bir tonnasi 5 - 6 ta kishini bir yillik oziq - ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. O‘g‘itlarni ishlab chiqarish va qo‘llashga ketgan sarf - harajatlar qo‘shimcha olinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari qiymati hisobiga 2 - 3 marotaba qoplanadi. Mineral o‘g‘itlarni qo‘llash tufayli qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining o‘rtacha 40 - 50% ga ortishi erishiladi.


Shu sababli O‘zbekistonda ham qishloq xo‘jaligiga xizmat qiladigan kimyo sanoatining yirik tarmog‘i yaratilgan. Uchta AJ: “Maksam - Chirchiq”, “Navoiazot” va “Farg‘onaazot” assortimenti ammiakli selitra (34,5% N2), karbamid (46% N2) va ammoniy sulfatidan (21% N2) tashkil topgan azotli o‘g‘itlarni ishlab chiqaradi. Uchta AJ: Olmaliq «Ammofos - Maksam», «Samarqandkimyo» va «Qo‘qonkimyo» assortimenti ammofos (10% N2 va 46% P2O5), suprefos (8 - 15% N2 va 20 - 24% P2O5), ammoniy sulfatfosfat (15 - 19% N2 va 4 - 23% P2O5), nitrokalsiyfosfat (6% N2 va 16% P2O5) va ammoniylashtirilgan oddiy superfosfat (1,5% N2 va 13,5% P2O5) tashkil topgan fosforli o‘g‘itlarni ishlab chiqaradi. Qizilqum fosforit kombinati fosforli o‘g‘itlar zavodini xom ashyo bilan ta’minlaydi. U «Ammofos - Maksam» zavodida yuqori konsentrlangan fosforli o‘g‘itlar olish uchun yiliga 400 ming t/y. yuvib kuydirilgan fosfokonsentrat (28% P2O5), «Qo‘qonkimyo» zavodida ammoniylashtirilgan oddiy superfosfat olish uchun yiliga 200 ming t/y. yuvib quritilgan fosfokonsentrat (18 - 19% P2O5) va «Samarqandkimyo» zavodida nitrokalsiyfosfat olish uchun yiliga 200 ming t/y. fosforit uni (16 - 18% P2O5) ishlab chiqaradi. Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi kaliy xloridini (60% K2O) ishlab chiqaradi.
2011 yilda O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalari (100% ozuqa komponentlari – N2, P2O5, K2O hisobida) 924,3 ming t/y. azotli, 139,4 ming t/y. fosforli va 108 ming t/y. kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqardi. Respublika qishloq xo‘jaligining 2012 yildagi ehtiyoji esa 761,8 ming t/y. N2, 518,27 ming t/y. P2O5 va 278,12 ming t/y. K2O ni tashkil etdi. Shu yili Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodining ikkinchi navbati qo‘rilishi tugatilmoqda va uning umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 360 ming t/y. K2O ni tashkil qiladi. Demak, endilikda qishloq xo‘jaligining ehtiyoji nafaqat azotli o‘g‘itlar bo‘yicha, balki kaliyli o‘g‘itlar bo‘yicha ham ta’minlanadi.
O‘zbekiston qishloq ho‘jalik ishlab chiqarishining asosiy mahsuloti paxta va dondir. Paxta hosildorligi 3 mln. t/y. bug‘doy esa 5 mln. t/y. dan ortiqroq.
Ma’lumki, har bir tonna paxta har yili erdan 45 kg azot, 15 kg P2O5 va 45 kg K2O har bir tonna bug‘doy esa 35 kg azot, 10 kg P2O5, 24 kg P2O5 o‘zlashtiradi.
Faqat ikkita qishloq xo‘jalik mahsuloti (paxta va don) keltirilgan hosildorlikda xar yili yerdan 310 ming t/y. azot, 115 ming t/y fosfor va 255 ming t/y. kaliy o‘zlashtiradi. Boshqa mahsulotlar ham yerdan o‘zi bilan katta miqdordagi ozuqa elementlarini olib chiqadi.
O‘zbekiston paxtachilik ilmiy - tadqiqot instituti ko‘rsatishicha, o‘g‘itsiz paxta hosildorligi 12 s/ga, Har gektarga 225 kg azot, 150 kg fosfor, 100 kg kaliy ishlatganda va to‘g‘ri agrotexnik qoidalariga amal qilinganda hosildorlik 30 - 35 s/ga yetishi tasdiqlangan. Hozir o‘rtacha paxta hosildorligi 26 s/ga teng.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi rivojlangan agrar mamlakatdir. Mexnatga loyiq axolining 40% qishloq xo‘jaligi bilan band. Paxta va boshoqli don yetishtiridigan asosiy ekinlardir. O‘zbekistonning xozirgi rivojlanish bosqichida 25 milliondan ortiqroq aholini turli xil qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlashga katta e’tibor berilmoqda. Ekinlar hosildorligini oshirish va ularning sifatini yaxshilashda turli o‘g‘itlardan foydalanish asosiy omil hisoblanadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishda mineral o‘g‘itlar asosiy o‘rinda turadi, chunki yetishtiriladigan hosildorlikning deyarli 50% i mineral o‘g‘itdan foydalanish hisobiga olinadi. Shuning uchun mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish muntazam o‘sib boradi. Masalan, dunyo bo‘yicha mineral o‘g‘itlarni qishloq xo‘jaligida ishlatish 1994 - 1995 yillarda 121,8 mln. tonnani tashkil qilgan 1997 - 1998 yillarda esa 134,1 mln. tonnaga yetdi [1]. Xozirgi kunda birgina Xitoy davlatida 40 mln. tonna mineral o‘g‘it ishlab chiqarilmoqda. 1994 - 2000 yillarda ushbu mamlakatda 17 ta azotli va 11 ta fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi zavodlar qurildi. Fosfor xom ashyo zaxiralariga ega bo‘lgan va o‘g‘it ishlab chiqarish sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Belorusiya, Markaziy Osiyoda esa O‘zbekiston Respublikasi kiradi.
Mendeleyev davriy jadvalidagi 40 dan ortiq kimyoviy elementlar o‘simliklarning normal xolatida o‘sishi va rivojlanishi uchun zarurdir. Jumladan, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, oltingugurt va magniy o‘simlikning asosiy oziq moddalari xisoblandi. Tuproq unumdorligini oshirishda va undan olinadigan qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini ko‘tarishda qo‘llaniladigan barcha mineral o‘g‘itlar ichida fosforlisi yetakchi rol o‘ynaydi. Fosforli o‘g‘itlarga bo‘lgan talabni qoplash fosfor xom ashyosini qazib olish va qayta ishlash korxonalarining quvvatini oshirish asosida bajariladi. Ishlab turgan korxona uskuna va qurilmalaridan foydalanib juda qisqa muddatda maxalliy xom ashyo manbalarini qayta ishlab o‘g‘it olish muhim ahamiyatga ega.
Keyingi yillarda respublika qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, ayniqsa fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan ta’minlash keskin kamaydi. Masalan, 2001 yilda Respublikada yetishtiriladigan turli xil qishloq xo‘jalik ekilari uchun ilmiy asoslangan zarur me’yordagi mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talab (100% ozuqa modda hisobida) 997,5 ming tonna azotli, 691,7 ming tonna fosforli va 352,5 ming tonna kaliyli o‘g‘itlarga to‘g‘ri keldi. Bugungi kunda azotli o‘g‘itlarga bo‘lgan talab ehtiyoj 58,8%, fosforga esa 18% bajarilmoqda.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini rivojlantirish uning mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlanishiga bog‘liq. O‘zbekiston kimyo sanoati azotli o‘g‘itlar olish uchun aosiy xom ashyo hisoblangan havo va tabiiy gaz bilan yetarli zahiraga ega bo‘lsa, fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish esa Qozog‘iston Respublikasidan keltiriladigan Qoratog‘ fosforit xom ashyosiga mo‘ljallangan edi. Korxonalarda turli xil fosforli o‘g‘it hajmi 1992 yilga kelib, 1,5 mln. tonnaga qisqardi, so‘ng esa to‘xtatildi.
Mineral o‘g‘itlarsiz esa qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlikka erishish mumkin emas. Qishloq xo‘jaligidagi fosforli o‘g‘itlar tanqisligi muammosini xal etish xozirgi kunning asosiy vazifalari qatoriga kiradi.
Yuzaga kelgan ushbu vaziyatdan chiqishning eng asosiy yo‘llaridan biri respublikamiz hududida joylashgan past sifatli Markaziy Qizilqum xavzasidagi fosforit va sanoat ahamiyatiga ega bo‘lmagan boshqa maxalliy fosforit zahiralaridan oqilona foydalanishdir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan respublika qishloq xo‘jaligining fosforli o‘g‘itlarga bo‘lgan extiyojini ta’minlash maqsadida Qizilqum fosforit kombinati tashkil etildi. 1998 yil 29 maydan boshlab quvvati yiliga 300 ming tonna bo‘lgan fosforit uni ishlab chiqarilmoqda. Keyingi yillarda korxona tarkibida P2O5 27 - 28% bo‘lgan 400 ming tonna termokonsentratni yuqori sifatli fosforli o‘g‘it hisoblangan ammofos ishlab chiqarish uchun yubormoqda.
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida fosforit, toshko‘mir, glaukonit, bentonit, gips va boshqa xom ashyo zaxiralari joylashgan. Guliob fosforitlarining yuz foizli fosfor besh oksidi xisobidagi zahirasi 551 mln tonnani tashkil etadi. U tarkibi jihatidan ma’lum fosforitlardan keskin farq qilib, unda 4-14% fosfor besh oksidi, oz miqdorda magniy, ftor, oltingugurt va mikroelementlar mavjud.
Hozirgi kunda Guliob fosforiti va Qizilqum fosforit kombinatida tarkibida fosfor besh oksidi 12 - 16% va 16 - 19% bo‘lgan fosfat xom ashyosini qayta ishlab o‘g‘itlar olishning unumli usullari bo‘maganligi sababli ushbu fosforitlar foydalanilmay to‘planmoqda.
Donador Qizilqum va Guliob fosforitlari shu kungacha sanoat korxonalarimizda ishlatilib kelingan Qoratog‘ xom ashyosidan o‘zining tarkibi va xossalari bilan keskin farq qiladi. Shuning uchun mahalliy xom ashyolarni qayta ishlash uchun o‘ziga xos unumli texnologik usullarni yaratish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
    1. . TUPROQGA MINERAL O‘G‘ITLAR SOLISHNING ZARURYATI


Kimyolashtirish, kompleks mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, melioratsiya ishlari va tuproqning unumdorligini oshirish borasidagi boshqa tadbirlar qishloq ho‘jaligini yuksaltirishdagi asosiy yo’nalishlardan hisoblanadi.
Qishloq ho‘jaligini izchil va xar tomonlama intesivlashda kimyolashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Kimyolashtirish o‘g‘itlar, o‘simliklarni muxofaza qilishning kimyoviy vositalari, gerbitsidlar, defoliantlar va desikantlardan foydalanishdan iborat.
O‘simlik o‘sish davrida ba’zi elementlarni havodan barg orqali, ba’zilarini tuproqdan oladi. O‘simliklar tarkibiga 70 dan ortiq kimyoviy elementlar kiradi.
Qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l - ko‘l hosil olish garovi - bu ularni to‘liq va yetarlicha oziqlantirishdir. O‘simliklarning hayoti uchun yorug‘lik, issiqlik, suv va ozuqaviy moddalar juda zarurdir. Barcha bu shartlar teng qimmatli va juda keraklidir. O‘simliklarning ozuqaviy moddalarga bo‘lgan ehtiyoji - o‘simlikning turi va bu moddalarning shakllariga bog‘liq bo‘ladi.
O‘simliklar tarkibiga 70 dan ortiq kimyoviy elementlar kiradi, lekin ularning 16 tasi hayot faoliyati uchun juda muhimdir. Chunonchi, shunday elementlar qatoriga organogen deb ataluvchi: uglerod, kislorod, vodorod va azotlar kiradi. Undan tashqari, shu qatorga fosfor, kaliy, kalsiy, magniy va oltingugurt - kul elementlari va bor, molibden, mis, rux, kobalt - mikroelementlar, shuningdek temir va marganetslar kiradi.. Har bir element o‘simlikda o‘z funksiyasini bajaradi va shuning uchun bir elementni ikkinchi element bilan almashtirish mumkin emas. Ko‘m ko‘k (yashil) o‘simlikka atmosferadan o‘tadigan asosiy elementlar - uglerod, kislorod va vodorod hisoblanadi. Bu uch element ulushiga o‘simlikning quruq og‘irligining 93,5% to‘g‘ri keladi: ya’ni uglerod - 45%, kislorod - 42% va vodorod 6,5%.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə