Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə7/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

K2O

1

Bahorgi bug‘doy

27-30

11-12

22

2

Kuzgi bug‘doy

35

10-13

24-33

3

Kuzgi arpa

24

10

29

4

Makkajo‘xori (don)

24

7

33

5

Don-dukkakli




16

20

6

Kartoshka (tugunaklari)

5

1,5

7

7

Qand lavlagi

5

1,4

5,5

8

Ozuqaviy ildiz mevali o‘simliklar

5

1,4

5,5

9

Sabzavotlar

2,5

1,0

3,3

10

Paxta (tolasi)

45

15

45

11

Kanop (tolasi)

200

62

100

12

Zig‘ir (tolasi)

80

26

80

Ulardan 16 tasi: orgonogenlar deb ataladigan - uglerod, kislorod, vodorod, azot; zolli elementlar deb ataladigan - fosfor, kaliy, kalsiy, magniy va oltingugurt; mikroelementlar deb ataladigan - bor, molibden, mis, rux, kobalt, marganes va temir o‘simliklarning hayot faoliyati davomida muhim ahamiyatga egadir. Bir element o‘rnini boshqasi bosa olmaydi, chunki ularning har bir o‘simliklarda o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. O‘simliklar va tuproq tarkibiga boshqa elementlar ham, masalan, kremniy, natriy, xlor va boshqalar kirishi mumkin. Ammo bu yoki boshqa elementlarning bo‘lishi o‘simliklar xayoti uchun muhim ahamiyat kasb etmaydi. Yashil o‘simliklarga atmosferadan keluvchi asosiy elementlar uglerod, kislorod va vodorod hisoblanadi. Bu elementlarning ulushi o‘simlikning quruq massasiga nisbatan 93,5% ni tashkil etadi, shu jumladan uglerodga - 45%, kislorodga - 42% va vodorodga - 6,5% to‘g‘ri keladi.


O‘simlikning me’yorida o‘sishi va rivojlanishi uchun uni yetarli miqdordagi ozuqa moddalari bilan ta’minlanishi kerak. O‘simliklar uchun azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt va temir asosiy ozuqa moddalari hisoblanadi. O‘simliklardagi bu elementlar miqdori yuzdan bir ulush foizdan bir necha foizgacha bo‘ladi va makroelementlar deyiladi. O‘simliklarga bulardan tashqari, bor, molibden, mis, marganes, rux va boshqa shular kabi bir qator o‘simlik va tuproqda mingdan bir ulush foizda bo‘ladigan moddalar zarurdir. Ularni mikroelementlar deyiladi.
O‘simliklarning xayotiy faoliyatida uglerod, kislorod va vodoroddan keyin azot fosfor va kaliy ham muxim ahamiyatga egadir. Bunday elementlar tutgan o‘simliklarning ozuqa maxsulotlari kishloq ho‘jaligida asosiy mineral o‘g‘itlar nomi bilan yuritiladi.
Fosfor, azot va kaliy o‘simlik uchun eng zarur ozuqa moddalardir. O‘simlik bu elementlarni tuproqdan oladi, tuproqda bu moddalar miqdori yildan - yilga kamayib, tuproqning unumdorligi pasayib boradi, bu ekinning hosildorligiga salbiy ta’sir etadi. Tuproqning unumdorligini oshirish uchun yerni yetarli darajada o‘g‘itlanishi kerak.
Go‘ng - organiq o‘g‘itlardan eng foydaligi hisoblanadi. Go‘ng tarkibida uning har tonnasida 5 kg azot, 2,5 kg fosfat angidrid va 6 kg kaliy oksid bo‘ladi. Tuproqni ozuqa moddalari bilan yetarlicha ta’minlashi uchun gektariga 20 t dan 40 t gacha go‘ng solinishi lozim. Organiq o‘g‘itlar qishloq ho‘jaligining kun sayin o‘sib borayotgan talabini qondira olmaydi, chunki go‘ng va boshqa organiq o‘g‘itlar tarkibidagi ozuqa moddalari mineral o‘g‘itlardagiga nisbatan bir necha barobar kamdir. Masalai, 1 t go‘ng tarkibida 5 kg azot bo‘lsa, 1 t ammiakli selitrada 350 kg azot bo‘ladi.
Lekin, mineral o‘g‘itlarni bilgan holda, me’yorida ishlatilishi kerak. Tuproqni o‘g‘itlashtirishning o‘zigina hosildorlikni oshirishning yagona sharti bo‘lib hisoblanmaydi. Buning uchun tuproqning sifatini yaxshilanishi, ekinni belgilangan vaqtda sug‘orilishi, turli kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish lozimdir.



Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə