Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə15/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

Tayanch so‘zlar


Mineral o‘g‘itlar, melioratsiya, organogen, zolli, elementlar, mikro, makro, suniy o‘g‘itlar, organik o‘g‘itlar, bakterial o‘g‘itlar, fiziologik, (davlat standartlari DST), texnik shart (TSh), fizik - kimyoviy, mexanik.
Sinov savollar

  1. Qanday elementlarga organogen, zolli, mikro va makro elementlar deyiladi.

  2. Qaysi elementlar asosiy ozuqo moddalar hisoblanadi.

  3. Qanday elementlarga mikroelementlar deyiladi.

  4. 1t ammiak selitradagi azot qancha go‘ng tarkibida bo‘ladi.

  5. O‘g‘itlarni kelib chiqishi, agregat holati va ozuqa moddalarga ko‘ra klassifikatsiyalang.

  6. O‘g‘itlar ozuqa moddalarni konsentratsiyasi bo‘yicha necha turga bo‘linadi.

  7. Mineral o‘g‘itlarni asosiy fizik - kimyoviy va mexanik xossalarini ayting.

  8. Mineral o‘g‘itlar deb nimaga aytiladi?

  9. Mineral o’g’itlarning afzalliklari va kamchiliklari haqida ayting.

10.Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish sohalari haqida ayting.

II BOB. Fosfat xom ashyolari va ularga ishlov berish usullari.

2.1. FOSFOR ELEMENTI

Fosfor elementi asosan uch xil: rangsiz (oq yoki sariq), binafsha (qizil) va qora rangdagi allotropik shakl o‘zgarishlarini namoyon qiladi. Fosforning 11 ta modifikatsiyasi ma’lum bo‘lib, qora fosforni e’tiborga olinmasa ularning tuzilishi kam o‘rganilgan. Ularning ko‘pchiligi oq va pushti modifikatsiyalarining uygunlashishidan kelib chiqadi.


Oq fosfor - rangsiz modifikatsiyaning keng tarqalgan shaklidir. U fosfor bug‘larini intensiv kondensatsiyalash natijasida hosil qilinadi va uning tarkibida ma’lum miqdordagi oq va yorqin sariq rangdagi oraliq maxsulotlar bo‘ladi. Yorug‘lik nuri ta’sirida u qisman qizil modifikatsiyaga aylanadi.
Oq fosforning ikki xil shakli ma’lumdir: kubsimon singoniyadagi kristallardan iborat bo‘lgan a - shaklining zichligi 1,828 g/sm3 bo‘lib, 44,1°C da suyuqlanadi; rombik yoki monoklinik singoniyadagi kristallardan iborat bo‘lgan r - shaklining zichligi 1,88 g/sm dir.
Texnik maxsulot sifatidagi fosfor - 1,83 g/sm3 zichlikka ega bo‘lgan kukunsimon moddadir. Uning rangi tarkibidagi qo‘shimchalarning miqdori va xususiyatiga qarab, sariq rangdan qora ko‘ngirgacha bo‘lishi mumkin.
Fosfor suvda deyarli erimaydi (100 g suvda 0,003 g eriydi), etil spirtida, dietil efirida, benzolda va glitserinda oz (100 g da 0,17 g) va suyuq xolatdagi ammiakda, sulfit angidridda, uglerod sulfidda (100 g da 880 g) hamda fosforning uch valentli galogenli birikmalarida yaxshi eriydi. Uni uglerod sulfiddagi eritmasidan rombik dodekaedr ko‘rinishdagi kristallar holatida ajratib olinishi mumkin. Oq fosfor hattoki nam holatida ham havoda osonlik bilan yonib, sarg‘ish-oq alanga hosil qiladi. Hosil bo‘lgan oq tutun tarkibida asosan fosfat angidrid, shuningdek ma’lum miqdordagi fosforning boshqa oksidlari va fosfat kislotalari bo‘ladi. Qizdirish, ishqalanish, kisish kabi ta’sirlar natijasida fosforning o‘z-o‘zidan alangalanishini oldini olish maqsadida uni suv ostida saqlanadi. Fosfor o‘z nomiga ko‘ra qorongu joyda ushlaniladi. Uning nomi yunoncha «fos» - yorug‘lik, «foros» - tashuvchi ma’nosini anglatadi. Fosforessir aynan fosfor bug‘lariga xosdir. Oq fosforning 25°C dagi bug‘ bosimi 0,043 mm.sim.ust. ga teng. 800°C haroratgacha fosfor molekulalari to‘rt atomli (P4), undan yuqori haroratda esa ikki atomli (P2) bo‘ladi. Oq fosfor kuchli qaytaruvchi bo‘lib, u galogenlar, metallar, bir qator kislota va tuzlar eritmalari bilan shiddatli ta’sirlashadi. Oq fosfor qattiq holatda ham, bug‘ xolatida ham kuchli zaharli moddadir. U ayniqsa nafas olish organlari va terini juda tez shikastlantiradi. Texnik oq fosforni suyuqlantirilib hosil qilingan suyuq fosfor qizg‘ish tovlanuvchi sariq rangga ega bo‘ladi. Erimaydigan qo‘shimchalarning bo‘lishi hisobiga suyuqlik to‘q rangga kiradi. Suyuq fosforni suv bilan to‘yintirilishi hisobiga uning zichligi kam miqdorda, qovushqoqligi esa sezilarli darajada o‘zgaradi.
Oq fosfor havosiz joyda 270-300°C haroratda qizdirilganda amorf holatdagi qizil fosforga aylanadi. Qizil fosfor olinish usuliga bog‘liq holatda 2,0-2,4 g/sm3 zichlikka va 585-600°C suyuqlanish haroratiga ega bo‘ladi.
Oq fosfordan farqlangan holda qizil fosfor unchalik aktiv emas. Odatdagi sharoitda havoda yonmaydi va fosforessirlanmaydi; zaxarli emas va uglerod sulfidda erimaydi. Lekin texnik maxsulotning turgunligi kam bo‘lganligi va katalizator bo‘la oladigan qo‘shimchalar (temir, mis va boshqa moddalar) bilan ifloslanganligi sababli sekin bo‘lsada suv bug‘lari va xavo kislorodi bilan ta’sirlashadi. Bunda uning harorati ortib boradi va jarayon tezlashadi. Shuning uchun ko‘p miqdordagi kizil fosfor saqlanish paytida o‘z-o‘zidan yonishi mumkin.
Juda yuqori (10-15 ming atm) bosimda va 200-300°C haroratda oq fosfor qattiq xolatdagi fosforning turg‘unligi ortgan va aktivligi kamaygan formasi qora fosforga aylanadi. Yuqoridagi sharoitda qora fosforning zichligi 2,69 g/sm3 bo‘lgan rombik tuzilishli kristall modifikatsiyasi hosil bo‘ladi. Bosim va haroratning belgilangan chegaradan ortishi natijasida esa zichligi 2,25 g/sm bo‘lgan amorf xolatdagi qora fosfor hosil bo‘lishiga olib keladi.
Qora fosfor deyarli suvda erimaydi, havo kislorodi va suv bug‘i ta’sir qilmaydi. Uni ochiq havoda saqlash mumkin. U alangada qiyinchilik bilan yondiriladi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə