Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə17/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

2.3. FOSFATLI MINERALLAR


Tabiatda 120 dan ortik turdagi fosfatli minerallar uchraydi. Apatit guruhidagi minerallar, ulardan eng asosiysi - ftorapatit Сa5F(Р04)3 eng keng tarqalgan va sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan mineral hisoblanadi (2.1 - jadval).
Apatitning fosfatli guruhlariga yoki apatitlarga Сa10K2(РO4)6 umumiy formulaga ega bo‘lgan 42 zarrachadan iborat bo‘lgan elementar kristall yacheykali minerallar kiradi (Bu yerda K - ftor, xlor yoki gidroksil).
Apatitdagi kalqiyning bir kismi Qk, Va, Mp, Mp, Fe, shuningdek uch valentli nodir elementlarning ishqoriy metallar bilan birgalikdagi atomlari bilan almashgan holatda bo‘ladi. Apatitning kristall panjarasida kalsiyga nisbatan katta atom massaga ega bo‘lgan kationlarning kirishi mineraldagi Р2O5 miqdorining, masalan ftoranatit Сa5F(РО4)3 dagiga nisbatan kamayishiga olib keladi. Masalan, Mineralda o‘rtacha 2,7% СrО va 1,5% nodir elementlar oksidlarining yig’indisi bo’lsa (nodir elementlarning urtacha atom massasi 160), undagi Р2O5 miqdori toza apatitdagi 42,2% urniga 40,7% bo‘adi
2.1 - jadval.
Apatit guruhi fosfatlarining tarkibi



Minerallar

Miqdori

%

СaO

SO2

Р

Р2O5

СaO

F (С1)

SO2

Р2O5 OG.K.

Р2O5 OG.K.

Р2O5OG.Q.

1

Ftorapatit Сa5(РО4)3F

42,23

55,64

3,77

-

1,32

-

0,09

2

Xlorapatit Сa5(РО4)3Cl

40,91

55,72

6,81

-

1,39

-

-

3

Gidroksilapati Сa5(РО4)3

42,40

55,88

-

-

1,32

-

-

4



Karbonatapatit
Сa10Р5CO23 (OН)2

35,97

56,79

-

4,46

1,59

0,12

-

5

Frankolit Ca10P502C0,8O23,2F1,8

37,14

56,46

3,44

3,54

1,52

0,09

0,09

6



Kurskit
Ca10P4,8C1,2O22,8F2(OH)1,2

34,52

56,86



3,85

5,35

1,64

0,16

0,11

.
Boshqa apatit minerallari ftorning o‘rnini OH-, xlor olishi yoki fosfor o‘rnini uglerod olishi natijasida hosil bo‘lgan maxsulotlar sifatida qaralishi mumkin. Shunday minerallar ham borki, unda ularda fosforning bir qismi kremniy va oltingugurt bilan almashgan bo‘ladi.
Fizik xossalari. Fosfatli minerallarning fizik xossasi kristall panjarada hosil buluvchi ionlar zaryadining kattadigi va ular tuzilishining ixchamligi bilan aniqlanadi. Ftorapatit uzining tuzilishiga ko‘ra, ikki molekula Сa5(РO4)3F dan iborat fazoviy guruhga egadir:
Bunday tuzilish ftorapatit molekulasining termodinamik mustax.kamligi bilan izoxlanadi. Ftorapatit kristall panjarasining energiyasi -5300 kkal/mol tengdir, ftorapatit kristallarining solishtirma sirt energiyasi -1520 erg/sm2 (NaС1 uchun 160 erg/sm2) ni tashkil etadi.
Ftorapatit fazoviy tuzilishining bunday ifodalanishi ftorning asosiy valentlikdan tashqari qo‘shimcha valentlikni ham namoyon etishini ko‘rsatadi. Shunday qilib, ftorapatitni markaziy atomi ftor bo‘lgan ichki kompleks tuz deb qaralishi mumkin.
Apatitning turli izomorf ko‘rinishlari geksagonal singoniyali kristallanadi. Ftorapatit yashil, sarg‘ish-yashil rangda, qisman ko‘k, pushti yoki safsar ranglar aralashgan yarim shaffof donachalar hosil qiladi. U 1660°C haroratda (xlorapatit esa 1530°C haroratda) suyuqlanadi. Apatitning zichligi 3,41-3,68 g/sm3 oralig‘ida bo‘ladi, qattiqligi esa mos darajasi bo‘yicha 5 ga tengdir.
Apatit suvda va 2% li limon kislota eritmasida amalda erimaydi, mineral kislotalarda parchalanadi. 3 mm o‘lchamli yirik donachalar shaklidagi karbonatli ko‘rinishlari - kurskit, frankolit va karbonatapatit 3% li НС1 eritmasida 1 soat mobaynida deyarli to‘la eriydi.
Ftorapatitni suv bug‘i ishtirokida 1400-1550°C haroratgacha qizdirilganda gidroksilapatitga, u esa tetrakalqiyfosfat 4СaO*Р2O5 (limon kislotada eriydi) va trikalsiyfosfat Сa3(РO4)3 ga aylanadi. Trikalsiyfosfat ikki xil allotropik shaklda mavjud bo‘ladi: a-modifikatsiya yuqori haroratda barqaror, 1700°C da suyuqlanadi, limon kislotada eriydi; β- modifikatsiya past haroratda barqaror, limon kislotada erimaydi. a-modifikatsiya 1100°C gacha sovutilganda β-modifikatsiyaga o‘tadi. Сa3(pO4)3 ni tez sovutilganda past (15-20°C) haroratda ham stabil holatdagi a-modifikatsiya shakli saqlanib qoladi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə