Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E


Ammiakli selitra ishlab chiqarish



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə62/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

Ammiakli selitra ishlab chiqarish

Nitrat kislotasini ammiak gazi bilan neytrallash natijasida ammoniy nitrat, ya’ni ammiakli selitra hosil qilinadi:


3(g) + НNO3(s) =NН4NO3(k) + 144,9 kj
Bu geterogen sistema ekzotermik jarayon bo‘lib, katta tezlik bilan boradi va ko‘p miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi. Sanoatda bu issiqlikdan reaksiya natijasida hosil qilingan eritmaning konsentratsiyasini oshirishda unumli foydalaniladi.
47-60% li nitrat kislotasini ammiak gazi bilan neytrallash natijasida ammoniy nitrat eritmasi hosil bo‘ladi. Bu eritmani bug‘latishda neytrallanish issiqligidan foydalaniladi. Bunda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori nitrat kislotasining konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsional ravishda bog‘liq bo‘ladi (7.2.-rasm). Olinadigan eritmadagi ammoniy nitrat miqdori reaksiya uchun olingan nitrat kislotasi konsentratsiyasiga proporsional o‘zgaradi hamda neytrallanish issiqligidan foydalanilganda uning eritmadagi miqdori oshib boradi (7.3 - rasm).





7.2. rasm. Nitrat kislotasini gaz holidagi ammiak bilan neytrallash issiqligi - (atmosfera bosimi va 18°С da)

7.3-rasm. Eritmadagi NН4NO3 miqdorining reaksiya uchun olingan НNO3- konsentratsiyasiga bog‘liqligi (700 С)

1 - reaksiya issiqligidan foydalanilganda (issiqlik yo‘qotilishi 3% atrofida);


2 - issiqlikdan foydalanilmagan holda.

Reaksiya muhitidan issiqlikni chiqarib turish faqatgina undan unumli foydalanishgina emas, balki reaksiyadan unumli foydalanish uchun ham zarurdir.


Chunki, issiqlik oshib borgan sayin nitrat kislotasi va ammoniy nitratning parchalanish jarayonlari sodir bo‘lib, azotning yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Bu esa issiqlikdan neytrallash jarayonida foydalanishni murakkablashtiradi. Natijada yangi texnologik sharoit va jihozlarni yaratish majburiyatini tug‘diradi. Ilk bora ma’lum bo‘lgan usullarda reaksiya issiqligidan foydalanilmas va ammoniy nitrat eritmasi suvli sovutgich orqali o‘tib, neytrallash jihozi (reaktor) va ammiak yutgich (absorber) oralig‘ida aylanar edi. Keyinchalik bu usul o‘rnini boshqasi egalladi, ya’ni eritma neytrallash jihozidan vakuum-bug‘latgichga beriladigan bo‘ldi. Bu usulda neytrallash 180-200°С harorat va 0,35-0,6 MPa bosimda olib boriladi. Bug‘latish esa atmosfera bosimida yoki undan pastroq bosimda o‘tkaziladi. Bunda hosil bo‘lgan bug‘ bug‘latiladigan ammoniy nitrat eritmasining konsentratsiyasini 75-80% dan 95-99% gacha vakuum-jihozida bug‘latish uchun ishlatiladi. Bu usullarning barchasi eritmani reaksiya muhitida qaynab ketishdan saqlaydi.
Bizda qo‘llaniladigan usullarda reaksiya issiqligidan foydalanishda neytrallash jihozining o‘zi ishlatiladi. Bunda neytrallanish bilan bir paytda eritma qaynaydi va bug‘lanadi.
Bunday jihozni neytrallanish issiqligidan foydalanuvchi (NIF) deb ataladi (7.4 -rasm).
Ilgarilari sanoatda 47-57% li nitrat kislotasi ishlab chiqarilar edi. NIF da neytrallash natijasida 62-83% NН4NO3 eritmasi olinar va undan 98,7% li ammoniy nitrat suyuqlanmasini hosil qilish uchun uch bosqichli vacuum bug‘latgichdan foydalanilgan. Bu jarayonda NIF da hosil bo‘lgan bug‘ va qo‘shimcha bug‘dan samarali foydalanilgan.
Suyuqlanmani donadorlash jarayoni esa diametri 12-16 m va balandligi 30-35 m bo‘lgan kislotabardosh g‘isht bilan qoplangan, sovuq havoning qarama-qarshi oqimidan foydalanuvchi temir-betonli minorada amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 450-600 tonna ammiakli selitra bo‘lgan, eskirgan bunday qurilmalar hozirda ham ayrim korxonalarda ishlatilmoqda.
XX asrning oltmishinchi yillaridan boshlab 58-60% li nitrat kislotasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Sutkasiga 1360-1575 tonna mahsulot ishlab chiqariladigan ammiakli selitra (AS) qurilmalari ishlab kelmoqda.
Bunday qurilmalar AS-67, AS - 72 va AS-72M (takomillashgan) yuqori texnik darajada ishlangan, avtomatlashgan, samarali usul va sharoitlar barpo qilingan bo‘lib, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Ular jihozlarining joylashishi, tuzilishi, texnologik tartibi bilan o‘zaro farqlanadi.
AS-67 qurilmasida sulfat qo‘shimcha (eritmaga sulfat kislota) qo‘shish, AS-72 da - sulfat-fosfat qo‘shimcha qo‘shish va AS-72M da esa magnezial (magniy nitrat) qo‘shish bilan amalga oshiriladi.
Texnologiyada asosiy jihoz NIF hisoblanadi (7.4-rasm). NIF -72 OZX18N11 va 12XN10T markali zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, ikkita silindrik qismdan: ostki reaktor qismi (f= 1,6 m) va ustki seperatsiya qismi (F= 3,8 m) dan iborat. Umumiy balandligi 10 m ni tashkil etadi.



Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə