Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə12/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

Fosforli o‘g‘itlar: suvda eriydigan va suvda erimaydigan shakllarda ishlab chiqariladi. Suvda eruvchan fosforli o‘g‘itlarga apatit va fosforitdan olinadigan oddiy superfosfatlar (muvofiq ravishda 20 - 21% P2O5umum va 14 - 15% P2O5 o’zl va qushaloq superfosfatlar (ishlatiladigan xom ashyo va fosfat kislotaga muvofiq ravishda 40 - 50%) P2O5usv) kiradi.
Qiyin eriydigan o‘g‘it - fosforit unining anchagina miqdori tug‘ridan - to‘g‘ri o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Bunday fosforit uni yuqori darajada maydalangan bo‘ladi va undagi P2O5 miqdori katta chegarada o’zgarishi mumkin. Suvda erimaydigan o‘g‘it sifatida o‘g‘itli pretsipitat ham ishlab chiqariladi. Xozirgi paytda suvda erimaydigan o‘g‘itlar qatorida ftorsizlangan fosfatlar, tomas shlaklari ham ishlatilmoqda.
Kaliyli o‘g‘itlar: Asosan suvda eruvchan kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqariladi. Ularga kaliy xlorid, kaliy sulfat, aralash tuzlar va boshqalar kiradi.
Murakkab o‘g‘itlar: Ularga tarkibida ikkita va uchta ozuqa elemeiti bo‘lgan murakkab o‘g‘itlar (ammofos, diammofos, superammofos - S, nitroammofoska, nitrofoska va boshqalar), murakkab - aralash va aralash o‘g‘itlar, shuningdek suyuq murakkab o‘g‘itlar kiradi.

1.4. MINERAL O‘G‘ITLARNING FIZIK - KIMYOVIY VA MEXANIK XOSSALARI.


O‘g‘itlar xossalarini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlariga: gigroskopikligi, yopishuvchanligi, donadorlanish (fraksiyali) tarkibi, zarrachalarning o’rtacha o’lchami, donachalar mustaxkamligi, tabiiy qiyalanish burchagi, nam tortuvchanligi, haqiqiy va to’kma zichligi, aralashmalarning bir jinsliligi va qatlamli tarqalishi (segretsiyasi), elanishi, Tuzli tarkibi, kristall tuzilishi, eruvchanligi, bug‘ bosimi, termodinamik tavsifi kiradi.
Gigroskopiklik: moddaning havodan namlikni yutish xususiyati bilan tavsiflanadi. Gigroskopiklikni keng tarqalgan baholashi - % bilan ifodalashdir. Gigroskopiklik nuqtasi aniqlanadi. Suvda eruvchan tuzlar uchun gigroskopiklik nuqtasi (K) tuzning to‘yingan eritmasi ustidagi suv bug‘ining parsial bosimini xuddi shu haroratdagi bug‘ bilan to‘yintirilgan havodagi suvning bug‘ bosimiga nisbati orqali aniqlanadi:
K = (R/P)*100
Gigroskopiklik nuqtasi moddaning namlik yutmaydigan va yo‘qotmaydigan nisbiy namligiga muvofiq keladi. Cheklangan me’yorda namlik tutgan o‘g‘itning gigroskopiklik nuqtasi havoning yillik o‘rtacha nisbiy namligidan katta bo‘lmaydi.
Moddalarning gigroskopikligini baholash uchun gigroskopiklik koeffitsenti (K) ishlatiladi. Gigroskopiklik koeffitsenti namunaning kritik (maksimal) namligiga to‘g‘ri proporsionaldir:

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə