Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə10/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

Murakkab o‘g‘itlar - tarkibida kamida ikkita ozuqa elementi tutgan o‘g‘itlar hisoblanadi. Ikkilamchi komplekslar o‘g‘itlar (masalan, azot - fosforli, azot - kaliyli, fosfor - kaliyli) va uchlamchi kompleks o‘g‘itlar (masalan, azot - fosfor - kaliyli) turlarga bo‘linadi. Murakkab o‘g‘itlar tarkibida shuningdek mikroelementlar, pestitsid va o‘stiruvchi moddalar qo‘shimchalari ham bo‘lishi mumkin.
Murakkab o‘g‘itlar ularni ishlab chiqarish xususiyatiga ko‘ra guruhlanadi:
Aralash o‘g‘itlar: turli kukunsimon yoki donadorlangan tayyor o‘g‘itlarni mexanik usulda aralashtirish yo’li bilan olinadi;
Murakkab - aralash donadorlangan o‘g‘itlar: aralashtirish jarayonida kukunsimon tayyor o‘g‘itlarni suyuq reagentlar (ammiakli suv, fosfat yoki sulfat kislota va boshqalar) qo‘shish bilan aralashtirilish orqali olinadi;
Murakkab o‘g‘itlar: yagona texnologik jarayonda xom ashyoni qayta ishlash orqali olinadi.
Bilvosita foydalaniladigan o‘g‘itlar - o‘g‘itlardan foydalanish sharoitini yaxshilash maqsadida tuproqqa kimyoviy, fizik va mikrobiologik ta’sir etish uchun qo‘llaniladi, masalan, tuproq kislotaliligini neytrallash uchun maydalangan oxaktosh, dolomit yoki so‘ndirilgan oxak qo‘llaniladi; sho‘rroq tuproqlar melioratsiyasi uchun gips ishlatiladi, shu bilan bir vaqtda u kalsiy manbai hisoblanadi; tuproq kislotaliligini (fosforli o‘g‘it bilan solinadigan fosfor birikmalarining eruvchanligini oshirish maqsadida) oshirish uchun natriy bisulfit ishlatiladi.
O‘g‘itlar fiziologik xususiyatlariga ko‘ra: kislotali, fiziologik ishqoriy va fiziologik neytral turlariga bo‘linadi. Fiziologik kislotali o‘g‘itlarga o‘simliklar asosan kationlarni o‘zlashtiradigan o‘g‘itlar kiradi, anionlar esa tuproq eritmasini kislotaliligini oshiradi, masalan, ammoniy sulfat, ammoniy nitrat, kaliy xlorid, kaliy sulfat va boshqalar. Fiziologik kislotali o‘g‘itlarga ammoniyli azotli o‘g‘itlar, shuningdek karbamid ham kirishi mumkin. Nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar ta’sirida ammiak nitrat kislotagacha oksidlanishi natijasida tuproq kislotaliligi ortadi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə