Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə11/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

Fiziologik ishqoriy o‘g‘itlarga anioni o‘simliklarga assimilyasiyalanadigan o‘g‘itlar kiradi, ulardagi kation esa tuproq muhitini ishqorlashtirgan holda to‘planadi. Masalan, bunday o‘g‘itlarga natriy, kaliy va kalsiy nitratlari kiradi.
Ta’sir etuvchi moddalarning konsentratsiyasi bo‘yicha o‘g‘itlar shartli ravishda quyi konsentratsiyali (oddiy), tarkibida 20 - 25% gacha; konsentrlangan - 30 - 38%; yuqori konsentratsiyali - 60% dan ko‘p va ultra konsentrlangan - 100% dan ko‘p ta’sir etuvchi komponentli turlarga bo‘linadi.
Ta’sir etuvchi modda bo‘yicha mineral o‘g‘itlar: azotli, fosforli, kaliyli va mikroelementli (borli, molibdenli va b.) turlarga bo‘linadi.

1.3. MINERAL O‘G‘ITLARNING ASSORTIMENTI, ASOSIY TARKIBI VA XOSSALARI.


Mineral o‘g‘itlar assortimenti barcha turdagi o‘g‘itlar: azotli, fosforli, kaliyli, mikroo‘g‘itlar, murakkab o‘g‘itlar, ohakli va boshqa materiallarni qamrab oladi.
O‘g‘itlarning muhim sifat ko’rsatkichi ulardagi o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan - ta’sir etuvchi moddalar miqdori hisoblanadi. Asosiy ta’sir etuvchi moddalar azot, fosfor va kaliy birikmalari xisoblanadi. Hozirgi paytda o‘g‘itdagi ularning miqdori azot, fosfor (V) - oksid - fosfat angidrid (P2O5) va kaliy oksid (K2O) hisobida o’lchanadi.
Davlat standartlari (DST) yoki texnik shartlar (TSh) asosida mineral o‘g‘itlardagi bir yoki bir necha ta’sir etuvchi moddalarning minimal miqdori belgilab beriladi. Shu bilan bir qatorda ushbu standartlarda o‘g‘itdagi namlik va o‘g‘itlar tarkibidagi o‘simliklarga zararli, shuningdek fizik - kimyoviy va mexanik xossalari ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir etuvchi qo‘shimchalar miqdori chegaralanadi. Namlikning ortishi o‘g‘itning yopishqoqligini oshiradi va bir butun massa holatida qotib qoladi. Bundan tashqari, namlik o‘g‘it tarkibidagi ozuqa moddalar miqdorini kamaytiruvchi ballans hisoblanadi.Quyida mineral o‘g‘itlar asosiy turlarining assortimeti keltirilgan.
Azotli o‘g‘itlar: qattiq va suyuq xolatda ishlab chiqariladi. Qattiq azotli o‘g‘itlar orasida eng konsentrlangan o‘g‘it - tarkibida 45 - 46% N tutgan karbamid, undan keyin tarkibida 33,6 - 34,6 % N tutgan ammiakli selitra hisoblanadi. Kam konsentratsiyali o‘g‘it - tarkibida 20 - 21% N tutgan ammoniy sulfat nisbatan ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi.
Suyuq azotli o‘g‘itlar orasida eng konsentrlangan o‘g‘it - tarkibida 82% (N2) bo‘lgan suvsiz ammiak hisoblanadi. Kam konsentratsiyali ammiakatlar va azotli eritmalar tarkibida 30 - 36% (N2) va ammiakli suv tarkibida 20 - 21% (N2) bo‘ladi.
Barcha azotli o‘g‘itlar, ular tarkibidagi azotning shakliga qarab, beshta: ammiakli, ammoniyli, nitratli, ammoniyli - nitratli, amidli guruhlarga bo‘linadi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə