Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə25/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

Tayanch so‘zlar.
Fosforit, ftorappatit, trikalsiy fosfat, fosfor besh oksidi, dolomit, kalsit, kalsiy oksidi, mineral, qo‘shimcha oksidlar, dikalsiy fosfat.
Sinov savollari.

  1. Fosforit o‘g‘itlar ishlab chiqarishdagi qanday xom ashyo ishlatiladi?

  2. Qanday fosforitlarni bilasiz?

  3. Fosforitlarga qanday talablar qo‘yiladi?

  4. Fosforitlarga kislotali ishlov berishda qanday reaksiyalar ketadi?

  5. Retrografiya nima?

  6. Karbonatlar kislotali parchalash jarayoniga qanday ta’sir etadi?

  7. CaSO4-H3PO4-H2O diagramma politermasidagi turg‘un soxalarni ko‘rsating.

  8. Fosforitlarda qanday ozuqa elementlari mavjud va ulardan qanday sohalarda foydalaniladi?

  9. Markaziy qizilqum fosforitlarining tarkibi haqida ayting.

  10. Fosforitlarni boyitish deganda nimani tushunasi?





III BOB. Superfosfat


Superfosfatni nisbatan yuqori konsentratsiyali qo‘shaloq superfosfatdan farqlash maqsadida oddiy superfosfat deb ham ataladi. Tabiiy fosforlar (apatit konsentrata yoki fosforit uni) ni sulfat kislota bilan parchalash orqali superfosfat olinadi. Sulfat kislota miqdori tabiiy fosfatdagi kalsiyni to‘la bog‘lashga ketadigan miqdorga nisbatan shunday hisobda kam olinadiki, buning natijasida quyidagi tenglama bo‘yicha monokalsiyfosfat va kalsiy sulfatning aralashmasi hosil bo‘ladi:
2Сa5(РO4)3F + 7Н2SO4 + 3Н2O = 3Сa(Н2РO4)22O + 7СaSO4 + 2НF.
Superfosfat ishlab chiqarishda fosfatli xom ashyo va sulfat kislotaning aralashtirilishidan dastlab suspenziya hosil bo‘ladi, unda kimyoviy reaksiyalar va kristallanish jarayonining sodir bo‘lishi tufayli u asta-sekin quyiladi va yaxlit massa holatida qotadi. Uning maydalanishidan hosil kilingan superfosfat -xom ashyoga karab sarig‘, kul rang kukun yoki donador maxsulotdir. U bir necha qattiq faza va ularga shimilgan suyuq fazadan iboratdir. Qattiq fazada kalsiy (asosan monokalsiyfosfat), magniy, temir, alyuminiy fosfatlari, СaSО4*0.5Н2O (apatit konsentratini qayta ishlashda esa shuningdek СaSO4), boshlang‘ich fosfat tarkibiga kiruvchi parchalanmagan mineral qoldiqlari, kremnegel SiO2*nH2O va boshqalar bo‘ladi. Qattiq fazaning miqdori 65-72% ni, shu jumladan 50-55% СaSO4 (va SrSO4) ni tashkil etadi. Suyuq faza esa monokalsiyfosfatga to‘yingan va tarkibida Mg2+, Fe3+, F+, SiF4, va boshqa ionlar bo‘lgan fosfat kislotaning suvli eritmasidan iboratdir.
Superfosfat ishlab chiqarishdagi asosiy bosqichlar: apatit konsentrati yoki fosforit unini sulfat kislotasi bilan qorishtirish va hosil qilingan suspenziyani kameralarda pishitish (etiltirish) dan iboratdir. Uning batamom pishitilishi kimyoviy sexlarda maxsulotni saklashda to‘la amalga oshadi. Xom ashyolar aralashtirgichlaridan va superfosfat kamerasidan chiqadigan ftorli gazlar - ftor tutgan boshqa maxsulotlarga aylantiriladi.
Kukunsimon superfosfat gigroskopikdir va suyuq fazadan monokalsiyfosfatning kristallanishi natijasida kuchli yopishqoq bo‘lib qoladi. Sovutilgan va etarli darajada pishitalgan superfosfatda kristallanish tugallanganligi uchun epishkokligi kam bo‘ladi. Neytrallangan va donadorlangan superfosfat deyarli yopishib kolmaydi.
Xozirgi paytda konsentrlangan fosforli va murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish juda tez suratlarda rivojlanayotganligi sababli mineral o‘g‘itlarning dunyodagi assortimentida oddiy superfosfatning nisbiy ulushi kamayib bormoqda.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə