Navoiy davlat pedagogika instituti


§ 2.3. TURLI YOSH GURUHLAR



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə28/42
tarix20.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#128764
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
DISSERTATSIYA M Do\'smatova

§ 2.3. TURLI YOSH GURUHLARNING FAOLIYAT MARKAZLARI MAVZULARINI LOYIHALASHTIRISH
Har bir yosh davri yashalgan yosh, organizm biologik sistemalarining yetilish darajasi, ularning vazifalari, shu bilan birga odamning hayotiy tajribasi, bilimlarining hajmi, faoliyat turlari va mazmuni bilan belgilanadi. Yosh kattalashgan sari ruhiy faoliyat boyib boraveradi, shu bilan birga teskari jarayon ham ro‘y beradi, shu sababli har bir yosh uchun shaxsning sensor, aqliy, hissiy, irodaviy, sababiy tomonlari kabi xususiyatlar xosdir, ular orasidagi o‘zaro aloqa o‘zgaradi, bu esa rivojlanishning umumiy darajasiga, xulq-atvomi tartibga solishga ta’sir ko‘rsatadi. Yosh bilan birga faoliyatning yetakchi turi ham o‘zgaradi. Biroq shaxsning ruhiy rivojlanish darajasi faqat yashalgan yillar natijasi emas: har qanday yoshda, ayniqsa, bolalikda tarbiya va ta’lim sistemasi, shaxsning faoliyati va faolligi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Yosh bilan bog‘liq rivojlanish muddatlarida o‘ziga xos siljishlar ham bo‘lishi mumkin.
Yosh xususiyatlari faqat aqlgagina emas, shu bilan birga his, iroda, sababga ham taalluqli bo‘ladi: hayotning dastlabki yillarida bolalarning xulq-atvori asosan bevosita his-tuyg‘ular bilan tartibga solinadi, lekin shu yoshdayoq irodani tarbiyalashni boshlash, ularga umumiy qabul qilingan normalar va qoidalami tushunishni o‘rgatib borish kerak. Bolalami har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash uchun ularning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini bilish, bu ishni ilk yoshdan boshlab amalga oshirish zarur. Ilk yoshdagi bolalami tarbiyalash sistemasi yosh avlod umumiy ta’lim-tarbiya tayyorgarligining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Maktabgacha o‘rta yoshda bola organizmining takomillashishi davom etadi: 3 yoshdan 5 yoshgacha bolaning o‘sish sur’ati avvalgi yosh davriga nisbatan birmuncha susayadi, lekin 5 yoshdan 8 yoshgacha yana kuchayadi. Umumiy o‘sish va tana og‘irligining oshishi bilan bir vaqtda bolaning barcha asosiy to‘qimalari va organlari anatomik o‘zgarishlari va funksional rivojlanishi ro‘y beradi. Asta-sekin skelet qotib boradi, muskullar hajmi oshadi, bola organizmining ishlash qobiliyati kuchayadi. Shu bilan birga asab hujayralari tez charchaydi va madori quriydi. 6—7 yoshga kelib bola yurish, yugurish, sakrash, arqonga osilib chiqish, uloqtirish va hatto chang‘ida yurish, konkida uchishdek murakkab harakat turlarini muvaffaqiyatli egallaydi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə