Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


Ona tili o‘qitishda o‘quvchilarni til hodisalarini ajratishga o‘rgatish prinsipi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə25/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

Ona tili o‘qitishda o‘quvchilarni til hodisalarini ajratishga o‘rgatish prinsipi. Til hodisalarini ajratish maktab «Ona tili» o‘quv fanida qo‘llaniladigan atamalarning ma’nosini tushunishdan tortib, o‘rganilayotgan til materiallarini kuzatish yoki o‘zaro qiyoslash asosida o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash, mustaqil ravishda umumlashmalar hosil qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Ma’lumki, har bir ona tili mashg‘ulotida o‘quvchilar muayyan atamaga duch keladi. Masalan, «Fonetika» bo‘limi o‘rganilar ekan, tovush, harf, unli, undosh, jarangli tovush, jarangsiz tovush, bo‘g‘in, urg‘u kabi zaruriy atamalar bilan ish ko‘radi. Agar o‘quvchi bu atamalarning ma’nosini tushunmasa, bo‘lim ular tomonidan o‘zlashtirilgan deb bo‘lmaydi.
Til hodisalarini ajrata olmaslik ko‘p hollarda ularni aralashtirib qo‘llashga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘quvchilar barmoq, sarg‘ish, ishlash kabi so‘zlar tarkibidagi -moq, -ish, -sh qo‘shimchalariga qarab, uni harakat nomi deb atashadi. Ayniqsa, kelishik bilan egalik, turlanish bilan tuslanish, morfologik tahlil bilan sintaktik tahlil kabilarda ularni farqlay olmaslik holatlari ko‘p uchraydi. Buning uchun oldin o‘rganilgan atama bilan keyin o‘rganiladigan atama orasida musgahkam zanjir hosil qilinmog‘i lozim. Zero, bilimlar xalqalardan tashkil topgan bir butun zanjirdir.
Til hodisalarini ajratish, ayniqsa, matn ustida ishlash jarayonida ko‘proq kerak bo‘ladi. Chunki o‘quvchi tanlangan matndan u yoki bu til hodisani ajratishi, uning mohiyatini sharhlashi, shu asosda umumlashmalar hosil qilishi lozim.
Ona tili o‘qitishda mahalliy sheva sharoiti va ta’sirini nazarda tutish prinsipi. Ma’lumki, o‘zbek tili o‘zining sheva qatlami jihatidan xilma-xil va juda murakkabdir. O‘zbek milliy tili boshqa qardosh turkiy tillarga nisbatan juda sersheva hisoblanadi. Professor V.V.Reshetov tasnifiga ko‘ra, o‘zbek xalqi qatlamida tarixiy-lingvistik jihatdan bir-biridan ajraladigan (farq qiladigan) uch dialekt birligi bor: 1) qipchoq; 2) o‘g‘iz; 3) qarluq–chigil–uyg‘ur. Bu yirik dialektlarning har biri, ayniqsa, qarluq–chigil–uyg‘ur lahjasi, o‘z navbatida, bir necha ayrim mayda bo‘laklarga bo‘linadi.
Dialektlar fonetik xususiyatlari jihatidan ota, ona, boradi kabi so‘zlarni ata, ana, baradi kabi aytuvchi a-lovchi shevalar va yer, yel deguvchi y-lovchilar hamda djer, djil deb aytuvchi dj-lovchi shevalarga bo‘linadi. Bu sheva vakillarining barchasi millat jihatdan o‘zbekdir. Ana shu dialekt va shevalar Respublikamiz hududida (va undan tashqarida) yashovchi o‘zbeklar uchun aloqa vositasi (sheva nutqi) bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbek dialektlaridagi mana shu xilma-xillik o‘quvchilar nutqiga ta’sir yetmay iloji yo‘q.
O‘zbek xalq shevalaridagi fonetik har xilliklar, ko‘p hollarda, o‘zbek adabiy tilida so‘zlarning orfoepik qoidalar asosida talaffuz etishga mone’lik qiladi. Bu orfoepik xatolar orfografik xatolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, qipchoq dialektiga mansub o‘quvchilarning ko‘pchiligi so‘z boshida adabiy tildagi y o‘rniga j talaffuz qilishadi (yo‘qjo‘q, yigitjigit); u, i unlilari bilan boshlangan ayrim so‘zlarning oldiga j ni qo‘shib aytishadi (uzumjuzum, iliqjiliq); so‘zning o‘rtasida yoki oxirida kelgan g‘ tovushini v bilan almashtiradi (to‘g‘riuvri, tog‘ tov), p, k tovushlarini b, g bilan almashtirib aytishadi (qop qab, ko‘k ko‘g) va h.k., bu esa o‘quvchilarda orfoepik va orfografik savodxonlikni ta’minlashni birmuncha qiyinlashtiradi.
O‘zbek dialektlari morfologik jihatdan ham adabiy til me’yorlaridan ma’lum darajada farq qiladi. Masalan, qipchoq dialektiga mansub o‘quvchilar tomonidan qaratqich kelishigining qo‘shimchasi –ning, -ni, -ding, -ting shaklida qo‘llash hollariga tez-tez duch kelamiz.
O‘zbek dialektlarining leksik jihatdan ham adabiy tildan farq qiladigan ko‘p tomonlari borki, ular dialektal xatolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘zbek adabiy tilidagi do‘ppi so‘zi Toshkentda to‘ppi, Samarqandda qalpoq, Shaxrixonda qalpoq, Buxoroda kalapo‘sh; tovoq so‘zi esa Toshkentda lagan, Andijonda tovoq, Buxoroda tabaq, Shaxrixonda tavoq shaklida aytiladi.
O‘zbek adabiy tilining me’yorlari bilan xalq shevalari o‘rtasidagi bunday farqlar ona tili o‘qituvchisidan mahalliy dialekt sharoiti va ta’sirining oldini olish yuzasidan doimiy ish olib borishni talab qiladi.
O‘qituvchi o‘quvchilar nutqidagi dialektal xatolarning oldini olish va bartaraf etish uchun qator ish usullaridan foydalanishi mumkin. Masalan, talaffuzi qiyin bo‘lgan so‘zlarning dialektal shakli bilan adabiy-orfoepik shaklini qiyoslash, so‘zlarni adabiy til me’yorlariga muvofiq talaffuz etish, o‘quvchilar nutqini magnitofon lentasiga yozib olib, qayta eshittirish orqali ularning xatolarini aniqlash va tuzatish, mustaqil ravishda dialektal lug‘at tuzish kabi topshiriqlardan foydalansa bo‘ladi.
Ta’lim prinsiplari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, ularga qat’iy amal qilish dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni puxta bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini tobora kengaytirishga juda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə