Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


O‘zbek tilini o‘qitish orqali o‘quvchilar tafakkurining o‘sishiga erishish prinsipi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə23/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

O‘zbek tilini o‘qitish orqali o‘quvchilar tafakkurining o‘sishiga erishish prinsipi. Ona tili darslari o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini o‘stirishda yaxshi imkoniyatlarga ega. Tafakkur voqelikning ongli aks etish jarayoni, inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali fikr vujudga keladi. Fikrlash faoliyati esa nutq holatida namoyon bo‘ladi. Demak, o‘quvchi o‘z tafakkurini rivojlantirmay turib, og‘zaki va yozma nutqni egallay olmaydi.
Tafakkur kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, guruhlash kabilarda namoyon bo‘ladi.
Tafakkur mustaqil aqliy faoliyat mahsulidir. O‘quvchi til hodisalari yuzasidan mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatmas ekan, unda mantiqiy tafakkurning rivojlanishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Ijodiy izlanish va ijodiy fikrlash o‘quvchida ijodiy tafakkurni yuzaga keltiradi. Ijodiy tafakkur esa o‘quvchilarda noma’lum bo‘lgan til hodisalarining mohiyatini bilib olishga yordamlashadi; egallangan bilimlarning puxtaligini ta’minlaydi; o‘quv materialiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi.
O‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishda ularga beriladigan savol va topshiriqlarning ahamiyati benihoya katta. O‘qituvchi savol va topshiriqlarni darslikdan olishi yoki uni o‘zi tuzishi mumkin. Tafakkurni rivojlantirish aqliy faoliyat usullari (kuzatish, qiyoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi)ni to‘g‘ri ishga solish bilan chambarchas bog‘langan.
Ona tili kursi bo‘limlari orasidagi bog‘lanish va boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqani ta’minlash prinsipi. Ona tili o‘qitish samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri mavzulararo, bo‘limlararo, sinflararo, fanlararo bog‘lanishdir.
Ona tili o‘qituvchisi mavzular va bo‘limlarning bog‘lanishi, aloqasini aniq belgilashi va o‘qitish jarayonida unga amal qilishi lozim. V sinfda «Leksika» bo‘limi o‘rganilar ekan, u so‘z yasalishi va grammatika bilan, fonetika so‘z yasalishi va morfologiya bilan uzviy bog‘lanadi So‘z yasalishi esa leksika bilan ham, morfologiya bilan ham chambarchas bog‘langan. Chunki so‘z yasash natijasida yangi leksik ma’noli so‘zlar hosil bo‘ladi, yangi yasalgan har bir so‘z ma’lum so‘z turkumi sifatida shakllanadi.
Maktab ona tili kursining turli bo‘limlari orasidagi o‘zaro bog‘lanishga amal qilish o‘qituvchiga o‘tilganlarni samarali, mukammal takrorlash va mustahkamlash imkonini beradi. Chunonchi, o‘quvchi mustaqil so‘zlarni o‘rganar ekan, bunday so‘zlarning sintaktik vazifalarini, sintaksisni o‘rganishda esa so‘z turkumlari haqidagi ma’lumotlarni takrorlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ona tili fani ichidagi bog‘lanish ikki xil ko‘rinishga ega:

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə