Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


Ona tili o‘qitishda ko‘rgazmalilik prinsipi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə20/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

Ona tili o‘qitishda ko‘rgazmalilik prinsipi. Bilimlarni qabul qilish va o‘zlashtirishda barcha sezgi a’zolarining faoliyatini to‘g‘ri uyushtirish katta ahamiyatga ega. Sezgi a’zolari qanchalik ko‘p ishtirok qilsa, bilish shuncha osonlashadi.
Кo‘rgazmalilik ona tili o‘qitishning muhim qonuniyati sanaladi. Chunki bu fanning tabiati ko‘rgazmalilikni ko‘proq talab etadi. Tildagi mavhum tushunchalarning mohiyatini anglash bu prinsipdan keng foydalanishni taqozo etadi. O‘quvchi ko‘rish orqali narsa-hodisa, ularning tildagi ifodasi xususida aniq tushunchaga ega bo‘ladi.
Кo‘rgazmalilik prinsipiga ko‘ra til hodisalarini o‘rganish, kuzatish, sezishdan boshlanadi. Bola turli nutq tovushlari, so‘zlar, gaplarni talaffuz etish, eshitish, yozish, ko‘rish orqali sezadi. Кuzatish vositasida bolalar ongida til hodisalari to‘g‘risida hissiy aniq tasavvur hosil bo‘ladi. O‘qituvchi bolalarni til hodisalarini sezishdan ularning mohiyatini anglashga, til hodisalarini tasavvur etishdan grammatik tushunchalarni atroflicha o‘zlashtirishga qarab olib boradi.
Кo‘rgazmali material muhim axborot manbayi hamdir. Chunki o‘quvchi darslik, o‘qituvchining bayoni, gazeta va jurnallardan qanday axborot olsa, ko‘rgazmali materialdan ham shunday ma’lumot olishi mumkin.
Ona tili darslarida tabiiy yoki aniq buyumlardan (predmetlarning asl namunasi: masalan, anor, olma, bino maketi va h.k.), grafik materiallar (chizma, jadval kabi)dan; tasviriy san’at, musiqa, kino, televideniya kabi vositalardan foydalaniladi. Ona tili mashg‘ulotlarida televizor, epidiaskop, filmoskop, magnitofon kabi texnik vositalardan foydalanish dars samaradorligiga juda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu vositalar til hodisalarini tushunishga, ona tilidan egallangan nazariy bilimlarni mustahkamlashga, uni amaliy ko‘nikmaga aylantirishga yordam beradi. Ayniqsa, tasviriy san’at namunalari, o‘quv filmlari, diafilmlar va diapozitivlar o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishda muhim vosita sanaladi. Shuni nazarda tutib, ona tili o‘qituvchisi til kabinetini shu vositalar bilan ta’minlash chorasini ko‘rishi, ayniqsa, rasmli albomlar tashkil etishi, rasmli tarqatma materiallarini ko‘paytirishi lozim.
Кo‘rgazmali qurollardan barcha turdagi darslarda va darsning barcha bosqichlarida unumli foydalansa bo‘ladi. O‘quv materialini mustahkamlash va takrorlash jarayonida ko‘proq reproduktiv xarakterdagi ko‘rgazmali qurollardan foydalansak, yangi bilimlar berishda izlanuvchanlikni talab qiladigan ko‘rgazmali qurollar ishga solinadi. Demak, ko‘rgazmalilik prinsipini amalga oshirish orqali o‘quvchilarning qayta xotiralashga asoslangan faoliyatini ham, qisman izlanuvchanlik faoliyatini ham, ijodiy faoliyatni ham uyushtirish mumkin.
Кo‘rgazmali qurol me’yorida qo‘llanilishi lozim. Haddan tashqari ortiqcha ko‘rgazmali vosita o‘quvchilarni toliqtiradi; fikrni asosiy masaladan chetlashishga olib keladi; o‘quv materiali uchun ajratilgan vaqtning etishmasligiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə