Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


Ona tili o‘qitishda onglilik, faollik va mustaqillik prinsiplari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə19/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

Ona tili o‘qitishda onglilik, faollik va mustaqillik prinsiplari. Didaktik adabiyotlarda onglilik deganda o‘rganilayotgan mavzuga oid axborot mazmunini asosli egallash, xulosa va umumlashmalarni chuqur va atroflicha fahmlash, mavzu yuzasidan bilimlarni sistemali va to‘g‘ri bayon qilish, egallangan bilimlarning ishonch va e’tiqodga aylanishi, o‘rganilgan bilimlardan turmushda mustaqil foydalana olish tushuniladi. Bu prinsip til hodisalarining mohiyatini anglab, tushunib, ongli o‘zlashtirishni talab qiladi.
Onglilik prinsipi o‘quvchida ona tili o‘qitishning asosiy maqsadini to‘g‘ri anglash, mavzularni ongli egallash, bilimlarni o‘rganish va o‘zlashtirish, mustahkamlash kabi xususiyatlarni tarbiyalaydi.
Ona tili materiallarining ongli o‘zlashtirilishini ta’minlash o‘qituvchi oldiga qator talablar qo‘yadi. Bu talablar:
a) o‘quv materialining bolalar yosh xususiyati va bilim saviyasiga mos tushishi, ularning o‘quv imkoniyatlariga to‘g‘ri kelishi;
b) o‘rganiladigan materialni o‘rganilgan materiallar bilan uzviy bog‘lash;
v) grammatik tushunchalar yuzasidan bolalarning fikrlash faoliyatini yuzaga keltirish; zaruriyat tug‘ilganda ana shu tushunchalarni qisqa va tushunarli izholash;
g) misollarning aniq va hayotiy bo‘lishi, o‘quvchilar topgan misollardan unumli foydalanish;
d) mashqlarning qiziqarliligi va xilma-xilligiga erishish;
e) darsni ma’lum bir sistemada olib borish;
yo) tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurol va texnik vositalardan unumli foydalanish kabilar bo‘lib hisoblanadi.
Onglilik ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faollik ko‘rsatishi bilan chambarchas bog‘langan. Chunki ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirmay turib, o‘quv materialining ongli o‘zlashtirilishiga erishib bo‘lmaydi. O‘quvchi dars jarayonida ongli ravishda o‘zlashtirgan bilimlardangina amaliy faoliyatda bemalol foydalanishi mumkin.
Ta’limda faollik va mustaqillik o‘zaro uzviy bog‘langan didaktik kategoriyalardir. Har qanday faollik asosida aqliy faoliyat yotadi. Ammo bu «faollik» va «mustaqillik» bir xil tushunchadir degan fikrga olib kelmasligi kerak. «Faollik» «mustaqillik» tushunchasiga nisbatan ancha keng ma’noga ega. Faollik deganda biz o‘quvchining ham o‘qish, ham mehnat, ham ijtimoiy topshiriqlarni bajarish jarayonidagi faoliyatini nazarda tutamiz. O‘quv faolligi umumiy faollikning ajralmas qismi bo‘lib, u bilimlarni egallash, bilishga qaratilgan faoliyatdir. Demak, bilish faolligi bola faoliyatining mahsuli bo‘lib, bilimlarni egallashda faol ishtirok etish, kuchaytirilgan faoliyat ko‘rsatish demakdir.
«Faollik» va «faollashtirish» ham bir tushuncha emas. Faollik shaxsning bilimlarni puxta egallash, o‘z ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan muhim qobiliyatidir. Faollashtirish esa muayyan faoliyat jarayonida shaxsning aqli, hissiyoti va irodasini kuchaytirish, takomillashtirish orqali uning ish qobiliyatini oshirish demakdir.
Кo‘pgina pedagogik adabiyotlarda: «Agar o‘qituvchi materialni tushunarli bayon qilib bersa, ko‘rgazmali qurollar hamda texnik vositalardan foydalansa, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ish olib borsa, o‘quv jarayoni faollashib, ta’lim samarali bo‘ladi»,– degan fikr ilgari suriladi. Faollik mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatish orqali ta’minlanadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə