Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


-MAVZU. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA “ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI” MILLIY O‘QUV DASTURNING MAZMUNI



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə37/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

5-MAVZU. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA “ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI” MILLIY O‘QUV DASTURNING MAZMUNI.


Reja:
1. Uzluksiz ta’lim tizimida ona tilini o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasining bosh yo‘nalishi, maqsad, vazifalari, mazmuni, tamoyillari
2. Boshlang‘ich ta’limda Milliy o‘quv dasturining mazmuni, ta’lim turlariaro o‘quv dasturlarining o‘zaro uzviyligi.
3. O‘quvchilarda nutqiy (tinglab tushunish, o‘qib tushunish, so‘zlash, yozish) kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy maqsad va vazifalari.
4. O‘quvchini kreativ fikrlashga, izlanishga o‘rgatish yo‘llari.
Respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimida umumiy o‘rta ta’lim asosiy tayanch bosqich bo‘lib, bu bosqichda o‘zbek tilidan o‘quvchilarga kundalik ijtimoiy hayotda davlat tilida og‘zaki va yozma muloqot olib bora olishlariga qaratilgan tayanch bilimlar beriladi va o‘qitishning kommunikativ-nutqiy tamoyili asosida o‘quvchilarda o‘zbek tili bo‘yicha egallangan bilim va ko‘nikmalarni muloqot faoliyati jarayonida qo‘llash malakasi shakllantiriladi Bugungi kunda ta’limning eng asosiy tayanch bo‘g‘ini hisoblanuvchi umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqildi va “Milliy o‘quv dasturi” deb nomlanishining o‘zi bizga katta umidlar baxsh etmoqda. Shuningdek, o‘zbek tilini o‘qitish metodikasini tubdan isloh qilish, ayniqsa mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millatlar va elatlarga o‘zbek tilini intensiv o‘rgatishni ta’minlaydigan zamonaviy darsliklar yaratish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Shu paytgacha Ona tili va O‘qish fanlari alohida o‘qitilgan. Endi esa ushbu ikki fanni birlashtirgan “Ona tili va o‘qish savodxonligi” deb nomlangan yagona fan dars soati saqlab qolingan holatda tashkil etiladi.

O‘qish fani, asosan, badiiy uslubdagi, mavhum tushunchalarni tashiydigan matnlardan iborat edi. Yangi darslik uchun tanlangan matnlar va she’rlar esa bolaning ijtimoiy hayotga kirishib keta olishida ko‘maklashadigan, ham badiiy, ham informativ, ham ilmiy-ommabop uslubdagi matnlardan iborat. Amaldagi darsliklarda tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun topshiriqlar ajratilmagan bo‘lsa, yangisida bu kompetensiyasini rivojlantirish uchun har bir mavzuga alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan. O‘qib tushunish kompetensiyasini


rivojlantirish uchun ajratilgan topshiriqlar esa, asosan, matnda ochiq ifodalangan ma’lumotlarga, yoki didaktik elementlarga qaratilar edi. Endi esa darslikda o‘qib tushunish kompetensiyasining barcha qismlarini qamrab oladigan savol va topshiriqlar bo‘ladi. Shu paytgacha ona tilini o‘qitishdan maqsad tilning grammatikasini o‘rgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang-barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga ko‘proq urg‘u berilgan. Ahamiyatli tomoni endi o‘qituvchilar uchun “O‘qituvchi kitobi”, o‘quvchilar uchun esa “Mashq daftari” ham bo‘ladi. Eski darsliklar til strukturasini o‘rgatishga qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan ko‘ra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urg‘u berilgan. Ya’ni asosiy e’tibor so‘z, uning ma’nolari, o‘rindoshlari, qo‘llanish o‘rinlari, lug‘at boyligi kabi tomonlarga qaratilgan. Yangi darslikda uyga vazifalar mavjud emas. Nutqiy mavzular asosida izchillikda bir-birini to‘ldiradigan, o‘zi izlanib topishga qaratilgan nostandart mashq va topshiriqlar ishlab chiqilgan. Ma'lum mavzu doirasida assotsiativ tasavvur darajasidan og‘zaki yoki yozma matn yaratish darajasiga olib chiqishga qaratilgan ta'lim mazmuni ishlab chiqilgan. Badiiy matnlar bilan ishlashda muallifning so‘z qo‘llash mahorati amaliy topshiriqlar orqali ochib berilgan.
Uzoq yillar mobaynida o’qitilgan ta’lim tizimining o’zgarishi, eng avvalo, boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan o’zgarishni, yangi ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvni, o’qitish tizimiga yangicha yondashuvni talab qiladi. Buning uchun ustozlar ushbu dasturga o’zlari tayyor bo’lishlari, so’ngra buni o’quvchilarga tadbiq etishlari zarur.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə