Navoiy innovatsiyalar instituti


Sertifikat quyidagicha hollarda



Yüklə 5,94 Mb.
səhifə5/5
tarix12.04.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#105126
1   2   3   4   5
QIMMATLI QOG\'OZLAR

Sertifikat quyidagicha hollarda
ishlatiladi:
Texnologik innovatsiyalar moliya bozorining turli jabhalarida ijobiy natijalari bilan namoyon bo‘lishi bilan birgalikda, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish amaliyotiga quyidagi uchta muhim yo‘nalishda ijobiy bo‘lmagan ta’sir ko‘rsatadi: birinchidan, raqamli texnologiyalar vositachilikni, yirik kompaniyalarning moliyalashtirishni jamoatchilik mablag‘lari hisobidan amalga oshirishga bo‘lgan ehtiyojini tobora kamaytiradi. Ikkinchidan, birjalar ikkilamchi savdo va hatto listing uchun platforma sifatida tobora chetga surilmoqda. Uchinchidan, birja brokerdilerlarining mutaxassislar va birja brokerlari kabi an’anaviy ustunligi qimmatli qog‘ozlar savdosi uchun joy va likvidlikni tobora ko‘proq ta’minlovchi moliyaviy vositachilarning yangi avlodiga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi
Hozirgi vaqtda raqamlashtirish G‘arb iqtisodiyoti va moliya bozorining muhim va ajralmas qismidir. Ichki fond bozoriga tobora ko‘proq joriy etilayotgan yangi progressiv texnologiyalar, globallashuv yangi moliyaviy vositalarning shakllanishiga olib keldi. Ichki qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasi bugungi kunda aniq rivojlanish yo‘liga ega. Investorlar uchun axborot texnologiyalariga asoslangan zamonaviy istiqbollar mavjud, koʻplab kompaniyalar oʻz qimmatli qogʻozlarini joylashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan Gʻarb moliya bozorlariga chiqish imkoniga ega boʻldi va oʻz navbatida, xususiy investorlar qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish imkoniyatiga ega boʻldi. Qimmatli qog‘ozlar bozorini raqamlashtirish uning ishtirokchilari faoliyati jarayonida yuzaga keladigan ko‘plab muammolarni, jumladan, internet rivojlanishi bilan tobora keng ko‘lamli bo‘lib borayotgan firibgarliklar va boshqa moliyaviy xavf-xatarlar bilan bog‘liq masalalarni hal qilishi mumkin. O‘zbekiston sharoitida ham qimmatli qog‘ozlar bozorini huquqiy tartibga solishni raqamlashtirish borasida qator islohotlar amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq 2021 — 2023- yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi [4]. Ushbu Dasturda qimmatli qog‘ozlar bozoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish yo‘li bilan kapital bozorini rivojlantirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:
Yagona dasturiy texnik kompleks (YaDTK) faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, rivojlantirish hamda uning zaxira markazini tashkil etish; fond bozorida bitimlarni onlayn tartibda amalga oshirish imkonini beruvchi mobil ilovalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish; O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari yoki norezidentlari bo‘lgan mijozlar uchun ularning shaxsiy ishtirokisiz depo hisobvaraqlarini masofadan turib ochish imkoniyatini yaratish; investitsiya vositachilari bilan shartnoma tuzish paytida ularning shaxsiy ma’lumotlarini olish maqsadida “O‘z mijozingni bil” (KYC) va “Daromadni legallashtirishga qarshi kurashish” (AML) tizimlariga muvofiq mijozlarni tekshirish usullarini joriy qilish; Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi tomonidan Milliy raqamlash agentligi funksiyasini bajarish va xalqaro ISO standartlarini joriy qilish; Moliya vazirligiga o‘z nazorat funksiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi YaDTKning dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va ishga tushirish.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishda texnologiyalarning qo‘llanilishi qator ijobiy natijalar olib kelishi e’tirof etilsa-da, ushbu sohada raqamlashtirishning keng miqyosda joriy etilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar mavjud. Masalan, fuqarolarda ishonchsizlik hissining mavjudligi. Hamma ham raqamli texnologiyalarga o‘tishga tayyor emas, chunki bu nima ekanligini ko‘pchilik tushunmaydi va bunda aholining umumiy moliyaviy savodxonligini oshirish zarur. Yana bir muhim muammo – raqamli qonunchilikning yo‘qligi. Yaqin o‘tmishgacha raqamli iqtisodiyotning ijobiy tomoni shundan iborat ediki, ushbu soha biror-bir qonunchilik hujjatli bilan cheklanmagan, ya’ni me’yoriy-huquqiy baza yo‘q edi, u hech qanday tarzda tartibga solinmagan edi. Ushbu holat o‘zining ijobiy jihatlari bilan birga qo‘shimcha xavfxatarlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishni raqamlashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy bazani shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston sharoitida qimmatli qog‘ozlar bozorini huquqiy tartibga solishda, avvalo, raqamli qimmatli qog‘ozlarga doir qonunchilik bazasini shakllantirib, uni xalqaro va xorijiy tajriba talablari darajasida takomillashtirish, shuningdek, joriy holatda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishni raqamlashtirish sohasida quyidagilarni amalga oshirish taklif etiladi: qimmatli qog‘ozlar savdosiga oid bitimlar tuzilishini ta’minlovchi yagona dasturiy ta’minot yaratish; raqamli iqtisodiyot sharoitida SupTech va RegTech tartibga solish tizimlarini joriy etish; qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni litsenziyalash tartibtaomillariga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali soddalashtirilgan litsenziyalash, ruxsat berish tizimini yaratish.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə