Navoiy viloyati Xatirchi tumani 16 -umumiy o‘rta ta’lim maktabining ustav I


-bob. Moliyalashtirish, mol-mulki va vositalari



Yüklə 304 Kb.
səhifə7/8
tarix10.10.2023
ölçüsü304 Kb.
#126623
1   2   3   4   5   6   7   8
16-maktab namunaviy Ustavi

7-bob. Moliyalashtirish, mol-mulki va vositalari

65. Maktablarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


Maktablar mazkur ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish davlat ta’lim muassasalarining asosiy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
maktablarni moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari quyidagilardan iborat:
binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga berish hisobidan tushgan mablag‘lar;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning beg‘araz xayriya mablag‘lari.
66. Maktablar o‘z mulkiga, xo‘jalik yurituvidagi yoki operativ boshqaruvidagi mulkka ega bo‘ladi.
maktabning operativ boshqaruvida yoki xo‘jalik yurituvida bo‘lgan obyektlarning (binolar, inshootlar, qurilayotgan binolar va inshootlarning, o‘quv
va ijtimoiy infratuzilmalar) asossiz xususiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Maktab qayta tashkil etilgan hollarda ularning mol-mulki yangi tashkil etilgan maktabga huquqiy vorislik asosida o‘tkaziladi.
67. Maktab faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
68. Maktabga byudjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larni jalb etish byudjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmasligi lozim.
69. Maktab o‘z Ustavida belgilangan maqsadlarga muvofiq qo‘shimcha mablag‘ topish huquqiga ega.
70. Maktablar shtatidagi xodimlar soni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining namunaviy shtatlariga muvofiq belgilanadi.
71. Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk umumiy o‘rta ta’lim muassasasining mol-mulki tarkibiga kiritiladi.
72. Maktabning mol-mulki va pul mablag‘lari sarflanishi uchun bevosita direktor javobgar hisoblanadi.
73. Maktab tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy va statistik hisobot yuritiladi.
74. Maktab xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish hamda ish haqiga ustamalar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


Yüklə 304 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə