Navoiy viloyati Xatirchi tumani 16 -umumiy o‘rta ta’lim maktabining ustav I



Yüklə 304 Kb.
səhifə8/8
tarix10.10.2023
ölçüsü304 Kb.
#126623
1   2   3   4   5   6   7   8
16-maktab namunaviy Ustavi

8-bob. Yakuniy qoidalar

75. Maktablarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘ysunuvida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan, tumanlar va shaharlar bo‘ysunuvida tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlariga faoliyati tugatilgan maktab o‘quvchilarini ota-onalarning roziligi bilan yashash manziliga yaqin bo‘lgan hududdagi boshqa maktablarga o‘tkazish hamda pedagog va boshqa xodimlarni ishga joylashtirish majburiyati yuklatiladi.
76. Maktablar faoliyatining ochiqligi va shaffofligi Internet jahon tarmog‘ida rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladigan maktab faoliyati to‘g‘risidagi ochiq axborot resurslari bilan ta’minlanadi.
maktab rasmiy veb-saytlarida quyidagilarni joylashtiradi:
ta’lim tashkilotining ustavi;
ta’lim berish tillari haqida ma’lumot;
davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari;
ta’lim faoliyatining moddiy-texnika ta’minoti haqida ma’lumot;
maktabning reytingi;
ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikat;
pedagoglar va ta’lim oluvchilarning soni, shuningdek pedagoglarning ilmiy salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumot.
maktablarning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladigan axborotning ishonchligini ta’minlash uchun maktab direktorlari shaxsan javobgardir.
77. Pedagogik kengash qarori bilan ajratilgan umumiy soatlar doirasida o‘quv rejalariga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
78. Maktabning xalqaro hamkorligi Vazirlik ko‘rsatmasi bilan xalqaro
va xorijiy tashkilotlar bilan pedagogik tajriba almashish, pedagog xodimlarning malaka oshirishi hamda stajirovka o‘tashi shaklida amalga oshiriladi.
79. Maktab o‘quvchilarning ota-onalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa ta’lim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan uzviy aloqada faoliyat ko‘rsatadi.
80. Maktabda ularning ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlar, jumladan siyosiy partiyalar va harakatlar tashkil etilishiga va faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
81. Maktab tugatilgan taqdirda uning pul mablag‘lari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash bo‘yicha to‘lovlar chegirilgan holda, qonun hujjatlariga va maktabning amaldagi Ustaviga muvofiq foydalaniladi.
82. Maktabning amaldagi Ustavini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan kelishilgan holda qayta amalga oshiriladi.
83. Mazkur Ustav talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

Mazkur Ustav maktab Pedagogik kengashining 2023-yil 28-sentabrdagi 2–sonli qarori bilan ma’qullangan.




Pedagogik kengash raisi _________ F.A.Ro‘ziyeva
(imzo, muhr)



Yüklə 304 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə