“Navoiyshunoslik” 5120100-Filologiyava tillarni o’qitish: o’zbek tili


Soqiynoma janridagi asar Navoiyning qaysi devoniga kiritilgan?



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə31/37
tarix28.03.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#84797
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
5 Navoiyshunoslik 5120100 Filologiya (2)

Soqiynoma janridagi asar Navoiyning qaysi devoniga kiritilgan?

“G’aroyib us-sig’ar” devoniga;

“Favoyid ul-kibar” devoniga;

Devoni Foniyga;

“Navodir ush-shabob” devoniga.

№ 105 Manba: Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018. Qiyinlik darajasi – 1.

Falakdin sipohi fano oshurub,

Sipohilik ichra o’zun yoshurub.

Jamol ichra tong boshi nohiddek,

Kamol ichra tush vaqti xurshiddek –

Navoiyning masnaviy janridagi asaridan olingan ushbu baytlar kim haqida?

Abdurahmon Jomiy haqida;

Pahlavon Muhammad haqida;

Shayxim Suhayliy haqida;

Sayid Hasan Ardasher haqida.
106 Manba: Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018. Qiyinlik darajasi – 2

Navoiyning fard janriga masub asarlari uning qaysi devoniga kiritilgan?

“G’aroyib us-sig’ar”;

“Navodir ush-shabob”;

“Badoe’ ul-vasat”;

“Favoyid ul-kibar”.

107 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 3.

Ey husnunga zarroti jahon ichra tajallo,

mazhar sanga ashyo,

Sen lutf bila kavnu makon ichida mavlo

olam sanga mavlo

mazkur bayt Navoiyning qaysi janrga mansub she’ridan olingan va 2-misradagi “mavlo” so’zlari qanday ma’noda ishlatilgan?

Masnaviy, “xoja, xomiy va qul” ma’nolarini anglatadi;

Mustazod, “xoja” va “ozod qilingan qul” ma’nolarida;

G’azal, “xoja” ma’nosini anglatadi;

Tuyuq, “ozod qilingan qul” ma’nosida;

108 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2

Bordim bu sahar dayri fano sari urub gom,

maxmuri shabona,

Tortar edi har lahza sabuh ahli ichib jom,

noqusi mug’ona –

mazkur bayt Navoiyning qaysi janrga mansub she’ridan olingan va “gom” so’zi qanday ma’noni anglatadi?

Mustazod, “qadam”;

Qit’a, “oyoq”;

Masnaviy, “og’iz”;

Ruboiy, “maqsad”.

109 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 1.

Navoiyning masnaviy janriga mansub asari kimga maktub tarzida yozilgan?

Abdurahmon Jomiyga;

Pahlavon Muhammadga;

Shayxim Suhayliyga;

Sayid Hasan Ardasherga.


110 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi -3.

Odatda soqiynoma janriga mansub asarlarda qo’llaniladigan va asarning mazmun-mundarijasiga imo-ishora qilish uchun xizmat qiladigan she’riy san’at qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

Talmeh;

Tashbeh;

Ishtiqoq;

Baroati iste’lol.

№111 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2.

Mutribo, sen dog’i ohange tuz

Lahnida rangi Husayni ko’rguz.

Ham Husayni so’zidin rangi g’arib,

Ham g’aribi damidin bayti ajib –

Mazkur baytdar Navoiyning qaysi janrga mansub asaridan olingan va unda qanday badiiy san’atlar mavjud?

Qasida, baroati iste’lol, talmeh, iyhom;

Masnaviy, talmeh;

Soqiynoma, baroati iste’lol, talmeh;

ruboiy, baroati iste’lol, talmeh.

№ 112 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 3.

Ul biri gulshani umrumda tazarv,

Bu biri bog’i hayotim aro sarv.

Ul yigitlar safining zebosi,

Bu yigitlik fanining donosi –

Mazkur baytlar Navoiyning qaysi janrdagi asaridan olingan va shoir kimlarning ta’rifini keltirgan?

Soqiynoma, Mirzobek va Mir Darvesh;

Masnaviy, Sayid Hasan Ardasher

Ruboiy, Mirzobek va Mir Darvesh;

to’g’ri javob yo’q.

113 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2.

Qit’a janriga mansub she’rlar Navoiyning qaysi devonlariga kiritilgan?

“G’aroyib us-sig’ar”, “Navodir ush-shabob”;

“Badoe’ ul vasat”, “Favoyid ul-kibar”;

“Badoe’ ul-bidoya”, “Navodir un-nihoya”;

A va V javoblar to’g’ri.

114 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2.

Ey Navoiy, kishiga berma ko’ngul,

Agar ul hurdurur, yo’qsa pariy.

Vasli naf’i buki, chekkaysen jon,

O’lturur, lek firoqi zarari –

Mazkur she’r janri to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:

Qit’a;


Ruboiy;

Tuyuq;


To’rtlik.

№ 115 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2.

Yaraqon bo’ldimu dehqoni qazo,

Za’faron ekti yoshim arig’ig’a.

Ul pariy qildi ko’zum sari vatan,

Boqmang, ahbob, ko’zum sarig’ig’a –

Mazkur qit’a mavzusi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:

Diniy-tasavvufiy;

Axloqiy-ta’limiy;

Hasbi hol;

Ijtimoiy.

№ 116 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 1.

Qarilar xotiri nozukdur, ey tifl,

Shikastidin qilib vahm, o’lma gustoh:

Unuttungmuki, atfol o’ynag’anda,

Sinar oz mayl ko’rgandin quruq shoh –

Mazkur she’r qaysi janrda bitilgan undagi “tifl” va “atfol” so’zlari vositasida qanday san’at yuzaga kelgan?

Ruboiy, tajnis;

qit’a, ishtiqoq;

qit’a, tanosub;

tuyuq, irsoli masal;

№ 117 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2.

Debon bergan kishi erdur valekin

Demay berganga erlik bil musallam.

Ne deb, ne bersa bil ani xotun,

Debon bermasni xotundin dag’i kam –

Mazkur she’r janri va mavzusi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.

Qit’a, axloqiy-ta’limiy;

Ruboiy, diniy-tasavvufiy;

G’azal, hamd;

Qit’a, hasbi hol.

№ 118 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2.

Navoiyning turkiy tildagi ruboiylari uning qaysi devonlaridan o’rin olgan?

“G’aroyib us-sig’ar”;

“Navodir ush-shabob”;

“Badoe’ ul-vasat”;

“Favoyid ul-kibar”.

119 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2.

Subhanollohi xoliqi z-ul-majdu alo

Kim, andin erur to’la xalo birla malo.

Gar mehr aning misli degaylar uqalo,

Mehr ollida zarra yanglig’ o’lg’ay masalo –

Mazkur she’r janri va mavzusi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:

Qit’a, diniy-tasavvufiy;

Qit’a, axloqiy-ta’limiy;

Ruboiy, diniy-tasavvufiy;

To’g’ri javob yo’q.

№ 120 D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 2.

“Sittai zaruriya” turkumidagi qasidalar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:

“Ruh ul-quds”, “Ayn ul-hayot”, “Minhoj un-najot”;

V. “Tuhfatul-afkor”, “Qut ul-qulub”, “Nasim ul-huld;

“Nasim ul-huld”, “Hiloliya”, “Fusuli arba’a”;

A va V javoblar to’g’ri.

121 D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 2.

Navoiyning to’rt faslga bag’ishlangan forsiy tildagi qasidalar turkumi qanday nomlanadi?

“Sittai zaruriya”;

“Fusuli arba’a”;

“Ruh ul-quds”;

“Nasim ul-huld”.

122 D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 2.

Ushshoq aro, yo rabki, Navoiyg’a maqome

Bergilki, sening hamdinga bo’lsun tili go’yo –

Mazkur bayt shoirning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan va qanday she’riy san’atlar qo’llangan?

Oshiqona g’azal, iyhom, tanosub;

Orifona g’azal, ishtiqoq, irsoli masal;

Hamd g’azal, iyhom, tanosub;

Na’t g’azal, tanosub, iyhom.

№123 D.Yusupova. O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti. Toshkent: Tamaddun, 2016.Qiyinlik darajasi – 3.

Muhtoj sening dargahinga xusravu darvesh,

Parvarda sening ne’matinga johilu dono –

Mazkur bayt Navoiyning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan va unda qanday she’riy san’atlar qo’llangan?

Oshiqona g’azal, iyhom;

Orifona g’azal, ishtiqoq;

Hamd g’azal, tazod;

Na’t g’azal, tanosub.

№ 124 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2.

Kun shakli yuzung sajdasidin bo’ldi mushakkal,

Tun turrasi qahring elidin bo’ldi mutarro –

Mazkur bayt Navoiyning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan va unda qanday she’riy san’at qo’llangan?

Hamd g’azal, ishtiqoq;

Orifona g’azal, ishtiqoq;

Oshiqona g’azal, tazod;

Na’t g’azal, tanosub.

№ 125 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2

Qachonkim zohir etsang “tanzi’ ul-mulk”,

Skandarning bo’lub mag’lubi Doro –

Mazkur bayt Navoiyning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan va unda qanday she’riy san’atlar qo’llangan?

Orifona g’azal, iqtibos, talmeh;

Na’t g’azal, iqtibos, tajohuli orifona;

Oshiqona g’azal, iqtibos, tazod;

Hamd g’azal, iqtibos, talmeh.

№ 126 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2.

Yuz eshigining tufrog’ig’a surta olg’aymenmu deb,

Charx qasridin quyosh har kun tushar olam aro –

Bayti Navoiyning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan?

Orifona;


Na’t;

Oshiqona;

Hamd;

№ 127 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2.



Bir dilovardur ko’ngulkim, g’am sipohi qalbida,

Ohi novak, toza dog’idur qizil qalqon anga –

Mazkur bayt Navoiyning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan va unda qanday she’riy san’atlar qo’llangan?

Orifona g’azal, iqtibos, talmeh;

Na’t g’azal, iqtibos, tajohuli orifona;

Oshiqona g’azal, tanosub, iyhom;

Hamd g’azal, iqtibos, talmeh.

№ 128 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2.

Parim bo’lsa, uchub qochsam ulustin to qanotim bor,

Qanotim kuysa uchmoqdin, yugursam to hayotim bor –

Bayt manbasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:

“G’aroyib us-sig’ar”;

“Navodir ush-shabob”;

“ Badoe’ ul-vasat”;

“Favoyid ul-kibar”.

№ 129 Manba: Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018. Qiyinlik darajasi – 1.

Tuyuq janridagi she’rlar Navoiyning qaysi devonidan o’rin olgan?

“G’aroyib us-sig’ar”;

“Navodir ush-shabob”;

“ Badoe’ ul-vasat”;

“Favoyid ul-kibar”.

№ 130 Manba: Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018. Qiyinlik darajasi – 2.

Soqiyo, pahlaviy oyin may tut,

Pahlaviy lahn ila ko’nglumni ovut.

Pahlavonona ketur sog’ari jarf,

Quyubon maydin anga bahri shigarf –

Mazkur baytlar kim haqida va Navoiyning qaysi janrdagi asaridan olingan?

Soqiynoma, Mirzobek va Mir Darvesh;

Masnaviy, Sayid Hasan Ardasher

Ruboiy, Mirzobek va Mir Darvesh;

To’g’ri javob yo’q.

№ 131 Manba: Sh.Sirojiddinov va b. “Navoiyshunoslik”, Toshkent, Tamaddun, 2018. Qiyinlik darajasi – 2.

Otashin la’le, ki toji xusravonro zevar ast,

Axgare bahri xayoli xom puxtan dar sar ast –

Mazkur bayt Navoiy forsiy qasidalaridan qaysi birining matla’i hisoblanadi va u kimning qasidasiga tatabbu’ tarzida yozilgan?

“Tuhfatul-afkor”, Xusrav Dehlaviyning “Daryoyi abror” qasidasiga javoban;

“Ayn ul-hayot”, Jomiyning “Lujjat ul-asror” qasidasiga javoban;

“Nasim ul-xuld”, Jomiyning “Jilo ur-ruh” qasidasiga javoban;

“Qut ul-qulub”, Xusrav Dehlaviyning “Mir’ot us-safo” qasidasiga javoban.

№132 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2,

Uylansa birav toriy o’lub nakbat anga,

Makkoraki, qaltabon surar shahvat anga.

Zisht ersa gar eldin yoshurur rahmat anga,

Xo’b ersa gar elga ko’rguzur la’nat anga –

Mazkur she’r janri va mavzusi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping:

Qit’a, diniy-tasavvufiy;

Qit’a, axloqiy-ta’limiy,

Ruboiy, axloqiy ta’limiy;

To’g’ri javob yo’q.

133 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2.

Erur chun olam ichra joh foniy, yaxshi ot boqiy,

Bas el komin ravo ayla o’zungni komron ko’rgach –

Ushbu baytda qo’llangan she’riy san’atlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:

Tazod, talmeh, tashbeh;

Tazod, ishtiqoq;

Tazod, irsoli masal;

Tazod, tajohuli orifona.

№134 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2.

Orifona g’azallar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping

“Birovga musallam tariqi tasavvuf...”, “Gar fano rasmini tilar ersang mazbut...”, “Chu solik aylar esa azm vodiyi tavhid...”;

“Ul malaksiymoki, solmish husnidin olamg’a o’t...”, “Kimsa hargiz ko’rmadi chun ahli davrondin vafo...”, “Bir kichik yoshliq nigore topmisham nozukkina...”;

“Dahr sudidin tama’ uzkim...”, “ Ne xush bo’lg’ay ikovlan mast bo’lsaq vasl bog’inda...”, “Lablarinkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila...”;

“Ey ko’ngul, er-ko’k asosin asru bebunyod bil...”, “Husni ortar yuzda zulfin anbarafshon aylagach...”, “Dahr elidin naf agar yo’qtur...”.

№ 135 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 1.

Jamoling partavidin sham’ o’ti gar gulsiton ermas,

Nedin parvona o’t ichra o’zin solur Xaliloso –

Mazrur baytda “Xaliloso” so’zi orqali qaysi payg’ambarga ishora qilingan?

Muso;


Iso;

Lut;


Ibrohim.

№ 136 Manba: Ma’ruzalar matni. Qiyinlik darajasi – 2.




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə