"Navro 'z" bayramini о 'tkazish ssenariysi



Yüklə 47,68 Kb.
səhifə5/13
tarix16.03.2023
ölçüsü47,68 Kb.
#102616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Navro \'z bayramini î \'tkazish ssenariysi

Mashhura: Abdulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarida keltirilishicha,
Jamshid (qadimgi Eron shohlaridan biri) temir eritib, qurol yasashni, ip yigirib, kiyim tikishni, uy, hammomlar qurishni ixtiro qildi, so`ng kishilarni o`z qobilayati, hunariga qarab guruhlarga ajratadi. Nihoyat, bir kuni taxt yasatib unda osmonga ko`tariladi, bu farvardinning birinchi kuni edi. Hamma juda baxtiyor shu kuni yangi yil boshi bo`lib, an`anaga aylanib qoladi. (“Farvariddin” pahlaviycha so`z bo`lib, u hamal burjiga oiddir, ya`ni bahorning birinchi oyi 21-martdan 22-aprelgacha bo`lgan davrdir.)
Shahodat: Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar ” kitobida quyidagilarni yozgan: “ U kunni “Navro`z” deb atashning sababi Jamshid podshoh bo`lgach, majusiylar dinini yangiladi va bu kun “Navro`z” – “Yangi kun” deb ataldi”.
Ashurov Sh: Sharqning buyuk donishmandi, falakkiyot bilimdoni Umar Xayyom o`zining “Navro`znoma” asarida “Navro`z” so`zi birinchi marta Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi (er.avv. III-II asrlar) “Avesto”da tilga olinganligini qayd etadi. Navro`z bayram sifatida tilga olingan “Avesto”da inson hayotining mazmuni 3 ma`noda mujassam topmog`i lozimligi ham qayd etilgan. Bular – ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu amallardir.
Shavqiddin: Navro`z kunida bir soat bor: shu soat Feruz (baxt falag) ruhlarni maxluqotlarni yaratishga haydaydi. U kunning eng saodatli soatlari quyosh soatlari. Uning tongida yorug`lik imkoni boricha yerga yaqinlashadi, odamlar unga qarash bilan o`zlarini baxtli sanaydilar.
Akmal: Biz ko`hna tarix sahifalariga Navro`zni Izlab sayir etar ekanmiz, nigohimiz XII asrning mashhur tilshunos olimi M.Koshg`ariyning “Devonu lug`ati turk” sahifalariga tushadi. Chunki jahonga mashhur bu asarida Navro`zni insonlar qalbidan joy olgan qo`shiqlarni talqin etadi.
Rasul: Tarix, zamonlar, asrlar guvohki, Navro`z ezgulik, poklik, muhabbat timsolida ulug`lanib, nihonlanib kelinmoqda. Hamisha shoirlar Navro`zni maxf etib keladilar.
Tongni uyg`otib,
Dilga so`z keldi.
Dilni kuylatib ,
Gul Navro`z keldi.
1-boshlovchi (Sarvinoz): Qoyil agar Navro`z haqida ta`riflar yodlanadigan bo`lsa unda Lutfiy, “Gul va Navro`z” dostonni yozib mamlakatga osoyishtalik, mehnatkash xalqqa farovon, baxtli, saodatli hayot tilardi.
2-boshlovchi (Umid): Alisher Navoiy Navro`zni samimiy sevgida, Farhod-u Shirinlarning, Layli-yu Majnunlarning otash qalbida izladi.
1-boshlovchi (Sarvinoz): Xullas, Navro`z Beruniydan Durbekka qadar, Navoiydan Nasimiygacha, Zulfiya, Abdulla Oripov, boringki, qaysi bir ijod ahlini oling, Navro`zni tarannum etmagan bo`lsa.
2-boshlovchi (Umid): O`rtoqjon, keling, endi navbatni xalq qo`shiqlariga beraylik.
2 – shart “Raqs”
2 – shartda o`quvchilar sumalak raqsini ijro etib beradilar.
3 – shart “Milliy udum va o`yinlar ”
Aytishuv(qizlar va yigitlar o`rtasida).
Yigitlar (Umid): Anor ekan joyning ichin o`ydim-o`ydim,
Qizlar ziyofati uchun serka so`ydim.
Sen esimga tushganingda dol bo`yida,
Ichib turgan choyimni yerga qo`ydim.
Qizlar (Sarvinoz): Kun isisa, suv bo`yida salqinlaymiz,
Betni yuvsak, oydek bo`lib yarqillaymiz.
Navbahorda o`lan degan ko`p bo`ladi,
To`ylab yursak siz chechanga yaqinlaymiz…
Yigit va qizlar aytishuvi avliga chiqqan mahal sahnada Bahoroy va Navro`zjonlar paydo bo`ladi.
Abdurasulov Sh: To`xtanglar, biz tomon kelayotgan kim bo`ldi?
Mashhura: Iye, tanimadingmi, ular har gal qarshi oladiganimiz Bahoroy va Navro`zjonlar-ku!
Hamma: Xush kelibsan ,Bahoroy, Xush kelibsan, Navro`zjon.
Bahoroy: Mana men go`zal bahor,
Yetib keldim sizlarga.
Jon kiritdim daraxtlaru,
G`unchalar,ildizlarga.
Oppoq o`rik gullarim bilan,
Iliq quyosh nurlarim bilan.
Yashillanib,goh olovlanib,
Kamalekdek ming xil tovlanib
Mehmon bo`lib keldim sizlarga.
Navro`zjon: Assalomu aleykum beg`ubor qalblari o`yin kulguga, qo`shig`u raqsga, san`atga ixlosmand, xadrli yoshlar! Mana o`lkamizda so`lim bahor. Hammayoqda go`zallik, yangilanish,yasharish. Yoshu-qari,barcha-barchaning qalbida shodlik,beg`uborlik. Yurtimizning har bir go`shasida, har bir mahalla, xonadonida baxtiyorlik, quvonch, sho`x kuy va qo`shiqlar avjida.
Bahoroy:Nimasini aytasiz. Hazrat Alisher Navoiy aytganidek,Har tuning qadr o`lubon,Har kuning o`lsun Navro`z! Azizlar, biz sizning Navro`zni, bahodirni maxf etuvchi qo`shiq va raqslaringizni miriqib tomosha qildik, endi xalqimizning Navro`zga oid qanday milliy an`ana va udumlarni bilasiz?
Sarvinoz:Navro`zda o`tganlarni xotirlaydilar.
Shahodat: Navro`zda qarindosh-urug`larnikiga boriladi.
Mashhura: Navro`zda qariyalarga bayram taomlari jo`natiladi.
Rasul: Navro`zda g`iybat qilinmaydi.
Shavqiddin: Navro`zda otni ,itni urmaydilar.
Sherzod: Navro`zda bug`doy undirilib, sumalak pishiriladi.
Ashrov Sh: Navro`zda yangi liboslar kiyiladi.
Abdurasulov Sh: Navro`zda yaxshi niyyatlar qilinadi.
Umid: Navro`zda ko`cha va dalalar tozalanadi.
1-boshlovchi (Sarvinoz): do`stlarim kelinglar, Navro`zda o`ynaladigan o`yinlarni o`ynaymiz. 
Qizlar:kim oladi-yo, kim oladi deb o`rtaga ro`molchani tashlaydilar.
Keyin Rasul va Akmal men olaman-o shuginaniyo deb,ikkovlari ham yengiladi.Shunda polvon bobo bolalar bilan so`rashib, ro`molchani oladi va bolalar polvon boboni maxtashadi.
Polvon bobo: Qani,men bilan kim sinashadi?
O`zbek kurashi polvonlaridan biri (Shavqiddin): Mana,biz bor deydi va u boboni hurmatini qilib, yengilib beradi va bobo ketadi.
Navro`zjon: Ofarin bolajonlar,siz rostanam o`z milliy urf-odatlringizni qadrlar ekansiz.
Bahoroy: Navro`z shunday bir xalq bayramiki, u faqat hamma davralardan shodiyonalargina, farovonliklargina, baxt-iqbolga daxldor onlarnigina saralab oladi, o`ziga singdiradi,doimo boyib boradi. Shu bois ham Navro`zga to`ylar ulanib ketadi.
Shunda bolalar Navro`zjon va Bahoroy bilan xayrlashadilar.
Qizlar (Sarvinoz): Balli, yigitlar, endi bizga ruxsat. Bugun biz mahallamiz faxri-onaxonimiz Rizvon buvinikiga Navro`zning shoh taomi sumalak pishirmoqchi edik.
Yigitlar (Umid): Ho-o,shunday ketari yo`q,biz sizlarga bayram uchun shuncha ntomosha ko`rsatdi, siz ham biz uchun biror sovg`a tayyorladingizmi? 
Qizlar Navro`zga xos bo`lgan milliy laparlardan “Yallama-yorim”ni, xalq qo`shiqlaridan “Do`ppi tikdim”ni ijro etib, raqsga tushib beradilar. So`ng yigitlardan ruxsat so`rab uyga ketadila.
Sherzod:Qizlar sumalakka ketdi,endi biz nima qilamiz?
Rasul:Biz ham ketamiz.
Shavqiddin:qayoqqa?
Umid: Ko`pkariga.Unda mening bobom ishtirok etadi.
1-boshlovchi (Sarvinoz): Kelinglar, endi Navro`zni qutlab,dasturga yakun yasaylik.
Hamma:Poyi qadamlari, qutlug` mehmonim,
Navro`zing muborak, O`zbekistonim.
************************************************

Yüklə 47,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə