Nazariy qism



Yüklə 5,05 Mb.
səhifə1/18
tarix28.11.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#135359
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bug\'latish




Mundarija
Kirish

  1. Nazariy qism..............................................................................................................7

    1. Bug`latish jarayoni....................................................................................7

    2. Bug`latgichlar tuzilishi va ishlash prinsiplari..........................................11

    3. Bug’latgichlarnihisoblash tenglamalari............................. ....................25

  2. Texnologik qism......................................................................................................33

2.1. Texnologik sxemaning yozuvi..................................................................33
2.2. Bir korpusli bug’latish qurilmasining texnologik hisobi..........................34
III.Hayot faoliyati xavfsizligi.....................................................................................35
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH
Har bir jarayonni o’rganishda uning statistikasi va kinetikasiga, ya’ni o’rganilayotgan sistemaning muvozanat nisbatlari va jarayon mexanizmiga alohida e’tibor berish zarur.
Ma’lumki kimyo,oziq-ovqat va boshqa sanoatlarda bug’latish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi qurilmalar keng miqyosda qo’llaniladi.
Masalan, tuz, ishqor kabi moddalarning suvli eritmalarini, mineral va organik kislotalar, ko‘p atomli spirtlar, shakar va konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasida tomat, sut va sharbatlarni konsentrlashda bu jarayonsiz texnologiyani tasavvur qilib bo‘lmaydi.
SHu bilan birga, ushbu jarayonni toza erituvchi ishlab chiqarish uchun ham qo‘llasa bo‘ladi.
Qattiq, uchuvchan bo’lmagan yoki uchuvchanligi yomon bo’lgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil bo’lgan bug’larni chiqarib yuborish jarayoniga bug’latish deyiladi.
Odatda, sanoat miqyosida bug’latish jarayoni eritmalarni qaynatish yo’li amalga oshiriladi.
Eritmalarni bug’latishdan maqsad ularning konstentrastiyasini orttirish bo’lib, ya’ni eritmalarni quyuqlashtirishdir. Agarda, quyuqlashtirilgan eritmalardan yana erituvchi chiqarilsa, qattiq moddalar kristallana boshlaydi va kristallar ajralib chiqadi.
Suyultirilgan eritmalar konsentratsiyasini oshirish yoki ulardan erigan moddalarni kristallash usulida ajratib olish uchun bug’latish jarayoni qo’llaniladi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, agar bug’lanish jarayoni qaynash temperaturasidan past, istalgan temperaturada eritma yuzasida sodir bo’lsa, bug’latish esa - qaynash temperaturasidan yuqori temperaturada, eritmaning butun hajmida yuz beradi.
Ushbu jarayonlar bug’latish qurilmasi deb nomlanadigan qurilmalarda amalga oshiriladi. Ma’lumki, uzluksiz va uzlukli bug’latish jarayonlarini tashkil etish mumkin. Uzlukli ishlaydigan qurilmalar, odatda kam miqdorda mahsulot ishlab chiqaradigan texnologiyalarda qo’llaniladi.
Yirik sanoat korxonalarida uzluksiz ishlaydigan bug’latish qurilmalaridan foydalaniladi va ularning issiqlik almashinish yuzalari 600...1000 m2 bo`ladi. Bunday qurilmalarning tejamliligini aniqlovchi asosiy omil bo’lib, undagi bug’ va suv sarfi hisoblanadi.
Bug’latish vakuum, atmosfera va yuqori bosim ostida olib borilishi mumkin.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə