Nazorat ishi


Buxgalteriya xodimlarining huquq va majburiyatlari



Yüklə 43,73 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü43,73 Kb.
#137951
1   2   3   4   5
Banklarda buxgalteriya hisobi

4. Buxgalteriya xodimlarining huquq va majburiyatlari.
Bank bosh buxgalterining vazifalari, huquqlari va javobgarligi. Bank bosh
buxgalteri bankda hisob-operatsion ishlarni tashkil etadi, bankning moddiy va
moliyaviy resurslarining to‘la saqlanishini ta’minlaydi. U bank rahbari tomonidan
bosh buxgalter vazifasiga tayinlanadi va vazifasidan bo‘shatiladi. Agar bankning
yuqori bank tashkiloti bo‘lsa, yuqori bank tashkiloti rahbari, buxgalteriya hisobi
boshqarmasi boshlig‘i bilan kelishiladi va Markaziy bank boshqaruvi qoshidagi
Komissiya taqdimotidan o‘tkaziladi.
Har bir bankda xodimlarning lavozim vazifalari ishlab chiqilgan va
tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Bankning bosh buxgalteri “Bank tizimining bosh
buxgalterlari to‘g‘risidagi” Nizom asosida ish olib boradi.
Bank bosh buxgalterining vazifalari. Bosh buxgalter buxgalteriya hisobini
bank hisob siyosatida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar asosida
tashkil etib, quyidagi vazifalarni bajaradi:
– buxgalteriya hisobi ishlarini zamonaviy texnik vositalari va axborot
texnologiyasidan foydalangan holda oqilona tashkil etilishi, buxgalteriya hisobi
hisobvaraqlarida bank operatsiyalarini to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirilishi hamda
foydalanuvchilar uchun ishonchli moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim qilish;
– bankka kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha operatsiyalarning
tegishli hisobvaraqlarida aks ettirilib, kunlik balans tuzilishi va tegishli joyga
topshirilishini tashkil etish;
– mijozlarga hisobvaraqlar ochish va hisobvaraqlarni yopish;
– mijozlardan kelib tushadigan pul hisob-kitob hujjatlarining shakli va
mazmuni bo‘yicha to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ular bo‘yicha operatsiyalarni o‘z
vaqtida o‘tkazilishi;
– ichki bank operatsiyalarining qonuniy bajarilishini va ular ustidan
monitoring o‘rnatish, mablag‘ va qimmatliklar but saqlanishi;
– elektron to‘lov hujjatlarining to‘g‘ri shakllantirilishini ularning asl nusxasi
bilan solishtirish orqali tekshirish;
– bank amaliyot kunini yakunlash va kun oxiriga kunlik balans tuzish;
– hujjatlarining asl va elektron nusxalarini ish kuni oxirigacha yoki keyingi
bank ish kuni ertalab soat 10.00 dan kechiktirmasdan belgilangan tartibda
taxlanishini va arxivga topshirishni ta’minlash;
– o‘z tasarrufida bo‘lgan bank filiallari, sho‘ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlarining buxgalteriya ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilangan tartibda yillik
jamlangan moliyaviy hisobotlar;
– bank daromadlari va xarajatlarini hisoblash usulini qo‘llagan holda Bosh
kitob va hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirilishi;
buxgalteriya hisobi, hisoboti, nazorat va iqtisodiy tahlil masalalari
yuzasidan xodimlarga o‘z vaqtida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish;
– ish haqi fondining to‘g‘ri sarflanishi, mansab maoshlarining to‘g‘ri
belgilanishi, shtatlar, moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.
Bank bosh buxgalterining huquqlari. Bankning barcha hisob-operatsion
apparat xodimlari bosh buxgalterga bo‘ysunadilar. Bosh buxgalter hisoboperatsion apparat xodimlari uchun majburiyatlar belgilab, o‘z vazifalarini bajarish
uchun shart-sharoit yaratadi. Operatsiyalarni bajarish yoki rasmiylashtirish
bo‘yicha buxgalterning ko‘rsatmalarini bajarish barcha bank xodimlari uchun
majburiy hisoblanadi.
Bosh buxgalterning ko‘rsatmalarini bajarmaganligi yoki noto‘g‘ri bajarganligi uchun mukofotdan butunlay, qisman mahrum bo‘lishi, alohida hollarda
jinoiy javobgarlikka tortilish mumkin. Bundan tashqari, bosh buxgalter bank
rahbaridan buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rishni
talab qilish, kassalarda pul qabul qilish, saqlash, ishlatish bo‘yicha o‘rnatilgan
qoidalarni to‘g‘ri bajarish ustidan nazorat qilish, mukofotlar miqdorini ko‘paytirish
yoki kamaytirish bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga ega.
Moddiy javobgar shaxslarni, kassir, ombor mudirini lavozimga tayinlash,
ishdan bo‘shatish va boshqa ishga o‘tkazish masalasi ham bosh buxgalter bilan
kelishib hal qilinadi. Xodimlarga mansab maoshlari, ish haqiga ustamalar belgilash
hamda ularni mukofotlash to‘g‘risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh
buxgalter ko‘rib chiqadi va ularga imzo chekadi.
Bank bosh buxgalteri quyidagi hollarda javobgardir:
– buxgalteriya hisobining noto‘g‘ri olib borilish natijasida hisobotlarda
noto‘g‘ri ma’lumotlar berilishida;
– depozit va boshqa hisobvaraqlar, debitorlar va kreditorlar bo‘yicha
noto‘g‘ri ma’lumotlar berilsa, hisob ishlari o‘z vaqtida olib borilmasa;
– buxgalteriya xodimlarining aybi bilan noto‘g‘ri hisobot berilsa;
– Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari bo‘yicha xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa;
– bank rahbari bilan teng ravishda bankning moliyaviy, xo‘jalik faoliyatini
tashkil qilishda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yilsa, javobgar hisoblanadi.
Umuman, bosh buxgalterlarning intizomiy, moddiy va jinoiy javobgarligi
amaldagi qonunlarga muvofiq belgilanadi.

Yüklə 43,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə