Nazorat ishi



Yüklə 43,73 Kb.
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü43,73 Kb.
#137951
1   2   3   4   5
Banklarda buxgalteriya hisobi

Bank mas’ul ijrochilarining vazifalari. Hisob operatsion apparatining asosiy
xodimlari – bu mas’ul ijrochilardir. Bank mijozlarining asosiy hisob-kitob va
boshqa operatsiyalarining hisobini yuritish, mijozlar bilan muloqotda bo‘lishi
aynan mas’ul ijrochilarga yuklatilgan. Mas’ul ijrochilar quyidagi vazifalarni
bajaradi:
– biriktirib qo‘yilgan bank mijozlari va xodimlardan qabul qilingan hisobkitob va pul hujjatlariga tegishli ishlov berish;
– taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha pul o‘tkazish yoki pul to‘lash mumkin
yoki mumkin emasligini hisobvaraqlardagi pul mablag‘larining yetarliligi asosida
aniqlash;
– kelib tushgan barcha hisob-kitob hujjatlarini operatsiyalar qonuniyligi
hamda ularning kreditlash va hisob-kitob qilish qoidalariga muvofiqligini
tekshirish;
– akkreditiv, chek, to‘lov topshirig‘i, to‘lov talabnomasi, inkasso topshirig‘i
va boshqa hujjatlarning hamda ularga ilova qilingan tovar transport hujjatlarining
to‘g‘ri rasmiylashtirilganini tekshirish, barcha rekvizitlarning mavjudligini
aniqlash;
– pul chekining nomeri imzolar va muhr namunasi tushirilgan kartochkada
qayd etilgan chek daftarchasining nomeriga to‘g‘ri kelishini tekshirish;
– chek bo‘yicha ish haqi uchun mablag‘larni belgilangan hajm doirasida
berishini nazorat qilish, bu mablag‘lar hisobini yuritish;
– mijozlarning ish haqidan ushlab qolinadigan soliqlar, davlat ijtimoiy
sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar summalarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat
qilish;
– hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha inkasso kartotekasini, o‘z vaqtida
to‘lanmagan hujjatlar kartotekasini yuritish;
– mijozlar va bank operatsiyalari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlardagi
yozuvlarning to‘g‘riligini tekshirish va ulardan ko‘chirmalarni mijozlarga berish
uchun qutilarga joylashtirish;
– operatsion kun davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatish grafigiga amal qilish
va hokazo.
Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi olti bo‘limdan iborat
bo‘lib, ulardan beshtasi balans ichidan hisobvaraqlarni o‘z ichiga oladi, oxirgi
oltinchi bo‘lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat. Bank aktivlari,
passivlari, kapitali, daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobvaraqlar alohida
bo‘limlarga kiritilgan, ya’ni:
I bo‘lim 10000 – Aktivlar
II bo‘lim 20000 – Majburiyatlar
III bo‘lim 30000 – Kapital
IV bo‘lim 40000 – Daromadlar
V bo‘lim 50000 – Xarajatlar
VI bo‘lim 90000 – Ko‘zda tutilmagan holat bo‘yicha
(ya’ni balansdan tashqari) hisobvaraqlar
Barcha hisobvaraqlar shunday tartibda ishlab chiqilganki, bunda
– birinchidan, barcha hisobvaraqlarning asosiy va yordamchi kitoblarda
joylashuvini osonlashtirish;
– ikkinchidan, hisobvaraqlarni guruhlash va klassifikatsiya qilish;
uchinchidan, hisob ishlarini komputerlashtirish;
–to‘rtinchidan, operatsiyalar bo‘yicha yozuvlarni bajarishni tezlashtirishni
ta’minlash mumkinligi hisobga olingan.
Rejadagi hisobvaraqlar Bosh daftar uchun beshta raqamdan iborat qilib
kodlashtirilgan.
Barcha aktivlar 40 ta atrofida asosiy hisobvaraqqa bo‘linadi, har bir asosiy
hisobvaraq ham bir necha subschyotdan iborat. Masalan: 10100 - asosiy
hisobvaraq “Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” deb nomlanadi va quyidagi
subschyotlarni o‘z ichiga oladi:
10101 – aylanma kassadagi naqd pullar;
10102 – zaxiradagi naqd pullar;
10105 – cheklar va boshqa kassa hujjatlari;
10107 – bankomatlardagi naqd pullar;
10109 – yo‘ldagi pullar;
10111 – bank binosidan tashqaridagi kassalardagi naqd pullar.
Huddi shunday misolni «Majburiyatlar» kategoriyasi bo‘yicha ko‘rib
chiqamiz. Bank majburiyatlari “Talab qilib olinguncha saqlanadigan” (muddatsiz)
depozitlardan boshlanadi: ya’ni,
20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, bunda:
2 – majburiyatlar kategoriyasini, 02 esa shu majburiyatlarga tegishli asosiy
hisobvaraqni bildiradi. Ushbu asosiy hisobvaraq bir qancha yordamchi
hisobvaraqlarni (subschyotlarni) o‘z ichiga oladi:
20202 – Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib
olinguncha saqlanadigan depozitlari;
20203 – Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari
mablag‘lari bo‘yicha muddatsiz depozitlari;
20204 – Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan
tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari;
20205 – Budjetdan tashqari fondlarning talab qilinguncha saqlanadigan
depozitlari;
20296 – boshqa talab qilib olinadigan depozitlar.
Demak, 20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar asosiy
hisobvarag‘i bir nechta yordamchi hisobvaraqni o‘z ichiga olar ekan. Yuqorida
sanab o‘tgan depozit hisobvaraqlarining hammasi korxona va tashkilotlarining
hisob-kitob schyotlariga tenglashtirilgan bo‘lib, ular orqali mijozlarining hisobkitob, kassa, kreditni qaytarish va boshqa operatsiyalari o‘tkaziladi.
Hisobvaraqlar rejasining qolgan bo‘limlaridagi hisobvaraqlari ham huddi
shunday tartibda nomerlanadi.
Shunday qilib, banklarda yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarni o‘z ichiga
olgan balans tuziladi, bank boshqaruvchisi va bosh buxgalter unga imzo
qo‘yishlari lozim. Shundan so‘ng, bank ish kuni to‘liq yakunlangan hisoblanadi.
Yüklə 43,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə