Neft hosil bo’lishi abdurashidov Abror



Yüklə 4,67 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#135379
Abror

O’ZBEKISTON RESPUPLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDADI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI NEFT VA GAZ FAKULTETI KURS ISHI MAVZU:NEFT HOSIL BO’LISHI 35-23 GURUH A.Abdurashidov

NEFT HOSIL BO’LISHI

Abdurashidov Abror

NEFT HOSIL BO’LISHI KIRISH 1-BOB 1 Neft xaqida tushuncha 2 Neft qanday nimalardan paydo bo’ladi 3 Neft turlari 2-BOB 1 neft xususiyatlar 2 O’zbekiston neft sanoatini rivojlanishi XULOSA Neftni foydalari va aholi ehtiyojidagi o’rni FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Akbar Xo’jayev A.M, Genesis nefti, gaza M,1967;Geologiya metodi


Neft (turkcha: neft; forscha: naft),
qoramoy — suyuq yonuvchi qazilma boylik,
organik birikmalarning, asosan,
uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan
iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2—
2,0 km chuqurlikdagi yer osti gumbazlarining
gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum,
qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan.
Chiqarilayotgan neft, asosan, burgʻilangan
quduqlardan olinadi.
Neft oʻta muhim yonilgʻi-energiya manbai
boʻlib, benzin, kerosin dizel yonilgʻisi, mazut,
moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy
xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Neft Qora yoki qoʻngʻir, ba’zan och malla rangli
boʻlib, oʻziga xos hidi bor.
Zinchligi 750-970 kg/m³. Zichligi 20° da 850 kg/m³ dan pastboʻlgan Neftlar yengil,851 –885 kg/m³ —
oʻrtacha ogʻirlikdagi va 885 kg/m³ dan
yuqorilari ogʻir Neft hisoblanadi. Qaynash
temperaturasi 28° dan yuqori. Qotish
temperaturasi —60°dan —26° gacha, 50° dagi
qovushoqligi 1,2—55 mm2/s, solishtirma issiqlik
sigʻimi 1,7—2,1 kJ/(kg. K), yonish issikligi 43,7—
46,2 MJ/kg ga teng. Chaqnash harorati 35—
120°. Organik erituvchilarda eriydi, suvda
erimaydi, lekin suv bilan turgʻun emulsiya hosil
qiladi.
Neft tarkibida parafin, naften va aromatik
uglevodorodlar boʻladi, uglerod 82—87%,
vodorod —11,5—14,5%, oltingugurt 0,1—5,5%ni
tashkil etadi
Bundan tashqari, vanadiy, nikel,
kalsiy, magniy, temir, alyuminiy, kremniy, natriy
kabi 20 dan ortiq elementlar, 5% gacha har xil
aralashmalar — naften kislotalar, asfalt-smola
moddalar, merkaptanlar, vodorod sulfid, tiofen
va tiofanlar, disulfidlar, piridin, piperidin va
boshqa mavjud. Neft tarkibidagi oltingugurt
miqdoriga qarab kam oltingugurtli (0,6%
gacha), oltingugurtli (0,6—1,8%) va koʻp
oltingugurtli (1,8%dan ortiq) sinflarga boʻlinadi.
Ba’zi olimlar Neft ni tabiatdagi kimyoviy
oʻzgarishlar natijasida hosil boʻlgan deb
hisoblaganlar. Bu haqda 2 qarama-qarshi fikr —
anorganik va organik gipotezalar mavjud.
Anorganik gipoteza asoschisi fransuz
kimyogari M. Bertlo (1866) Neft yer qa’rida
karbonat kislotaning ishqoriy metallarga ta’siri
natijasida, shunga oʻxshash, D. I. Mendeleyev
(1877) yer qa’riga sinish zonalari orqali tushgan
suvning uglerodli metall (karbid) larga ta’siri
natijasida hosil boʻlgan, degan fikrni
bildirganlar
20-asr boshlarida esa Neft hosil boʻlishining
organik gipotezasi rivojlanti-rildi va choʻkindi
jinslardagi sapropel (organik balchiq) bilan Neft
uzviy aloqada deb topildi. Bu gipotezaga koʻra,
Neft koʻl va dengiz ostida choʻkindi jinslar bilan
birga choʻkadigan har xil yirik hayvonlar (qad.
ixtiozavrlar, kitlar va hashalotlar)dan tortib
planktonlargacha boʻlgan jonivorlar va oʻsimlik
qoldiqlaridan hosil boʻlgan.
Dengiz va koʻltubida yigʻilgan organik moddaning bir qismi dengiz jonivorlariga oziq boʻlsa, bir qismi suvda
erigan kislorod bilan oksidlanib yoʻqolgan va
organik moddaning juda oz (2—3% gacha)
miqdori dengiz tubida loyqaga aralashib, unga
qoramtir tuye bergan. Loyka ichida organik
modda kislorodsiz muhitda anaerob
bakteriyalar ta’sirida oʻzgargan. Choʻkindi
jinslar tarkibidagi sapropelning bir necha mln.
yillar davomida oʻzgarib
Neft hosil boʻlishi labaratoriya sinovlarida amaliy jihatdan oʻrganilgan. Bunda Yer poʻstining 1200–1500 m
chuqurligidagi organik moddalarning murakkab
molekulalari parchalanib, gazeimon, suyuq va
qattiq uglevodorodlar ajralib chiqishi mumkin.
Undan ham chuqurroq (3000–4000 m)da
jarayon yanada tezlashib, Neft hosil boʻlishining
bosh fazasini vujudga keltirgan va
uglevodorodlar maksimal miqdorda ajralib
chiqqan
Neftli qatlamlar Yer poʻsti tarixining hamma
davrlariga mansub qavatlarida uchraydi, ammo
eng koʻp zaxirasi devon, yura, bur va
toʻrtlamchi davr yotqiziqlarida joylashgan.
Neftli qatlamlar maydoni 1000 km², qalinligi 100
m gacha yetib, bir konda bir necha Neftli
katlam mavjud boʻlishi mumkin
Neft sanoati — ogʻir sanoat sohasi. Neft va
gaz konlarini qidirish, kon quduqlari qazish,
neft va neft bilan aralash chiqadigan gazni
qazib olish, neft gazini qayta ishlash, neftni
quvurlar orqali joʻnatishni oʻz ichiga oladi. Neft
sanoati neft quduqlarini mexanik usulda
qazishga oʻtilgan davrdan (AQSH, 1859)
rivojlana boshladi, deb hisoblanadi. Rossiyada
1-neft qudugʻi Kubanda 1864-yilda qazilgan.
Neft sanoati Kanadada 1862-yildan,
Venesuelada 1917-yildan, Eronda 1908-yildan
paydo boʻlgan.
Oʻzbekistonda Neft chiqarish 1876-yildan
boshlangan. Fargʻonaning Qamishboshi
qishlogʻida tadbirkor D. P. Petrov tomonidan
19-asrning 80-yillari boshida 25 metrgacha
burgʻilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga
10 pud (160 kg) gacha Neft chiqarilgan.
19-asrning 60-yillaridan Neft burgʻi quduqlari
orqali chiqarila boshladi. 1865-yilda AQShda
birinchi marta Neft mexanik usulda (nasos
yordamida) chiqarilgan. Bu usul 1874—95
yillarda Gruziya, Boku va Groz-niydagi konlarda
ham joriy etilgan. Neftni burgʻi quduqlari orqali
chiqarish usuli, asosan, 20-asrning 30-yillariga
kelib ancha takomillashdi.
Oʻzbekistonda dastlabki neft koni 1904-yilda
ochilgan (Fargona vodiysidagi Chimyon neft
konida 278 m chuqurlikdan sutkasiga 130 t neft
olingan). Oʻsha yili Vannovsk (hozirgi Oltiariq)
temir yoʻl stansiyasida neftni kayta ishlash
zavodi ishga tushirildi
Oʻzbekistonda neft sanoatining paydo boʻlishi shu sanadan boshlanadi. Keyinroq Fargona botigʻida
Yorqoʻton, Selroxs konlari ham ochildi,
Chimyon-Vannovsk neft quvuri qurildi, neftni
qayta ishlash zavodi kengaytiriddi. Shu davrda
rus va chet el kapitali neft qazib olish, uni qayta
ishlash, neft mahsulotlarini sotishni toʻla oʻz
nazoratiga oldi. "Santo" — Oʻrta Osiyo neft
savdosi shirkati tashkil etildi. 1913-yilda jami 13
ming t neft qazib olindi. Oktabr toʻntarishidan
keyin neft konlari va neftni qayta ishlash
korxonalari natsionalizatsiya qilinib, neft
konlarini izlash, ishga tushirish ham shoʻrolar
hokimiyati ix-tiyoriga oʻtkaziddi.
Oʻzbekistonga boshqa respublikalardan, ayniqsa, Rossiyadan koʻplab mutaxassislar kela boshladi. Qoʻqon
shahrida "Oʻzbekneft" (1924), Termiz shahrida
"Termizneft" (1936) trestlari tashkil qilindi.
Qoʻqon neft texnikumi (1935) ochildi.
Urushgacha boʻlgan davrda Surxondaryo
viloyatida ham neft konlari ochildi va ishga
tushirildi (1935; Uchqizil, Xavdag). 1940-yilda
mamlakatda neft olinadigan konlar soni 11 taga
yetkazildi.1941—45 yillarda yangi neft konlari (Fargʻona
vodiysida Janubiy Olamushuk, Polvontosh,
Andijon) ochildi va tez fursatda ishga tushirildi.
Oltiariq zavodi kengaytirildi.
Oʻsha davrda respublikada neft sanoatining infratuzilmasi
ham vujudga keldi. 1941-yilda 196 ming t,
1945-yilda 478 ming t neft qazib olindi, 50-
yillardan neft konlarida telemexanizatsiya
vositalari qoʻllanildi, turbinali burgʻilash joriy
qilina boshladi. 1959-yilda Fargʻona vodiysi va
Surxondaryo viloyatidagi 9 neft konining
oʻzidan 1460 ming t dan ziyod neft olindi. Usha
davrda Buxoro-Xiva hududlarida topilgan neft
konlari ishga tushirildi, ularning negizida neft va
gaz qazib olish boshqarmasi tashkil etiddi. 70-
yillar boshidan ayrim neft konlaridagi
zaxiralarning tugashi natijasida neft qazib olish
kamaydi.
Yangi neft konlarini topish uchun
chuqur quduqlar qazish oʻzlashtirildi. Voruxda
5200 m, Gʻumxonada 5670 m, Chust-Popda
5805 m, Mingbuloqda 6006 m oʻta chu kur
neft quduqlari burgʻilandi.
1985-yilda Buxoro-Xiva provinsiyasida yaxshi
tarkibli, neft-gaz kondensatli Koʻkdumaloq koni
ochildi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustakillikka
erishganidan soʻng Neft sanoatini rivojlantirish
masalasi muhim ishga aylandi. 1992-yil 23-
dekabrda neft va gaz sanoati hamda u bilan
bogʻliq barcha korxona, tashkilot, muassasalar
yagona boshqaruvga birlashtirilib,
Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyam tashkil
etildi. 1993-yil Fargʻona botigʻining oʻta chuqur
qatlamlaridan (Mingbuloq tuzilmasidan) neft
otilib chiqdi (qidiruv burgʻilash ishlari davom
etmoqda). Respublika neft sanoati xalq
xoʻjaligining neftga boʻlgan talabini toʻliq
qondirish imkoniyatlariga ega. Ayniqsa,
Koʻkdumaloq koni jadal sur’atlar bilan ishga
tushirildi. 1995-yilda Oʻzbekistonda 7 mln. t ga
yaqin neft va kondensat qazib olindi
1991—2003-yillarda Oʻzbekistonda neft va gaz
kondensatini olish 2,8-marta oshdi (1990-yilda
2,81 mln. t; 1997-yilda 7,9 mln. t) va 1995-yilda
neft importini tugatib, respublikaning neft
mustaqilligini ta’minlashga imkon yaratdi.
2001-yilning yanvariga kelib Oʻzbekistonda 59
kondan neft olindi, 17 ta kon ishlatishga
tayyorlangan va konservatsiyada. 13 ta kon
qidiruv holatida. Neft qazib olish va konlarni
izlab-tekshirish boʻyicha Oʻzbekiston —
Malayziya qoʻshma korxonasi (Oʻz-Maloyl)
(1994) tashkil etildi.
Oʻzbekiston neft mustaqilligiga erishgach, chetdan neft va neft mahsulotlari tashib keltirishga zarurat qolmadi.
2000-yilda Oʻzbekiston Neft sanoatida gaz
kondensata bilan birga 7,53 mln. t neft qazib
olindi.
Neft-kimyo sanoatining rivojlanishi tufayli
hozirgi zamon iqtisodiyotida neftning ahamiyati
ortib bormoqda. Jahonda Neft sanoati AQSH,
Rossiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni,
Eron, Quvayt, Venesuela, Xitoy va boshqa
mamlakatlarda rivojlangan.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə