Neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə3/12
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ashirmetov F

Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, bir juft bosh nerv tugunlari, ya‘ni bosh miya, halqumni aylanib o‘tuvchi nerv tomiri — qonnektiva va qorin nerv zanjiridan iborat. Odatda bosh miya prototserebrum, deytotserebrum, tritotserebrum bo‘limlarga bo‘ linadi. Bo‘g‘imoyoqlilar boshqa umurtqasiz hayvonlardan nerv sistemasi va sezgi organlarining ancha murakkab tuzilganligi va murakkab turq-atvori bilan farq qiladi. Ko‘zlari bitta linzali oddiy va ko‘p linzali murakkab, ya‘ni fasetkali bo‘ lishi mumkin. Ularda ovoz chiqarish, eshitish, hid bilish, muvozanat saqlash va tuyg‘u organlari rivojlangan. Bo‘g‘imoyoqlilar juda xilma-xil va murakkab reflekslar hosil qiladi. Ularda ko‘payish va nasli to‘g‘risida g‘amxo‘ rlik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan juda
murakkab shartsiz tug‘ma reflekslar ham rivojlangan. Oliy bo‘g‘imoyoqlilarning hayoti davomida turli xil shartli reflekslar ko‘nikmalar ham oson hosil bo‘ladi.
Ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilar- ayrim jinsli. Ular faqat jinsiy urug‘lanish ba′zan urug‘lanmasdan partenogenez jinsiy ko‘payadi. Azaldan suvda yashaydigan bo‘g‘imoyoqlilarda urug‘lanish tashqi, quruqlik bo‘ imoyoqlilarida ichki bo‘ladi. Ayrim vakillari tuxum qoymasdan tirik bola tug‘adi. Ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilar ancha murakkab o‘zgarishlar orqali metamorfoz rivojlanadi. To‘liq metamorfoz rivojlanishda tuxumdan chiqqan nasl voyaga yetgan davriga o‘xshash bo‘lmasa qurt deyiladi. Bo‘g’imoyoqlilarning sariq moddaga boy bo‘lgan tuxumlaridan chiqqan yosh nasli voyaga yetgan davriga o‘xshash bo‘ladi.
Bo‘g‘imoyoqlilar faqat tullab o‘ sadi. Tullash o‘sayotgan hayvon uchun tor kelib qolgan eski po‘stning yorilib, hayvon tanasidan tushib ketishidan iborat. Tullayotgan hayvonda eski kutikula faqat tanasidan emas, balki oyoqlari, og‘iz organlari, nafas yo‘llari, ichagi oldingi va keyingi qismlaridan ham tushib ketadi. Bo‘g‘imoyoqlilar tipi jabra bilan nafas oluvchilar, traxeyalilar, xelitseralilar va trilobitasimonlar kenja tiplariga bo‘ linadi. Jabra bilan nafas oluvchilar (Branchiata) kenja tipi. Jabra bilan nafas oluvchilar azaldan suvda yashovchi hayvonlar hisoblanadi. Ularning jabralari parapodiy o‘simtalarining o‘zgarishidan kelib chiqqan. Bir qancha juda mayda vakillarining jabralari bo‘lmaydi, ular tana yuzasi orqali nafas oladi. Quruqlikda hayot kechirishga moslashgan turlari (zaxkashlar) o‘ziga xos tuzilgan traxeyalar bilan nafas oladi. Bu kenja tipga faqat qisqichbaqasimonlar sinfi kiradi.

1-rasm
Yashash muhiti va tarqalishi. Qisqichbaqasimonlar birlamchi suv hayvonlari hisoblanadi. Asosiy ko‘pchilik turlari suvda yashaydi. Ayniqsa dengizlarda keng tarqalgan. Zaxkashlar, ayrim krablar quruqlikda hayot kechiradi Kalanus, diaptomus, dafniya va sikloplar planktonning 90 foizidan ko‘proq qismini tashkil etadi. Daryo qisqichbaqasi, omar, krab, langustlar suv tubida o‘rmalab hayot kechiradigan bentos hayvonlari hisoblanadi. Moylovoyoqli qisqichbaqasimonlar esa o‘troq hayot kechiradigan bentos hayvonlarga kiradi. Ular orasida parazit hayot kechiradigan turlari ham bor. Qisqichbaqasimolar ko‘pchilik dengiz hayvonlarining asosiy ozig‘i hisoblanadi. Yer yuzida eng yirik hayvon tishsiz kitlar ham plankton qisqichbaqalar bilan oziqlanadi. Krevetkalar, krablar, omarlar, daryo qisqichbaqalari va boshqalar oziq uchun ishlatiladi.


Qisqichbaqasimonlar sinfiga mikroskopik kattalikdan bir necha metrgacha har xil tuzilgan 30 mingga yaqin bo‘g‘imoyoqlilar turi kiradi.
Tashqi tuzilishi. Qisqichbaqasimonlar tanasi ko‘p sonli bo‘g‘imlardan iborat. Eng tuban tuzilgan Qisqichbaqasimonlar tanasi ko‘p sonli bo‘g‘imlardan iborat. Eng tuban tuzilgan vakillarida bo‘g‘imlar bir xil - gomonom tuzilgan; bosh, ko‘krak va qorin bo‘limlarini ajratib bo‘lmaydi. Har bir bo‘g‘imda bir juftdan ikki shoxli o‘simtalar bo‘ladi. O‘simtalar kelib chiqishiga ko‘ra parapodiylarga mos keladi. Ko‘pincha o‘simtalarning faqat bir shoxi rivojlangan. Ikki shoxli o‘simtalarning bo‘lishi ularni boshqa bo‘g‘imoyoqlilar orasida eng tuban tuzilganligini ko‘rsatadi.
Ko‘pchilik turlarida bosh bilan ko‘krak qo‘shilib, yaxlit boshko‘krakni hosil qiladi. Boshi halqali chuvalchanglarning prostomumiga mos keladigan akrondan va to‘rtta tana bo‘g‘imidan tashkil topgan bo‘lib, 5 juft o‘simtalarga ega. Ularning birinchi jufti bir shoxli, ba‘zan ikki shoxli kalta mo‘ ylovlar - antennulalar halqali chuvalchanglarning palpalariga mos keladi. Ikkinchi juft moylovlar - antennalar halqalilarning birinchi tana bo‘g‘imi parapodiylaridan hosil bo‘ladi. Antennalar bir shoxli, ba‘zan ikki shoxli bo‘lib, sezgi yoki harakatlanish (dafniya) funksiyasini bajaradi. Boshning 2, 3 va 4- bo‘g‘imlari o‘simtalari halqali chuvalchanglarning parapodiylaridan kelib chiqqan bo‘lib, bir juft yuqori jag‘lar - mandibulalar, ikki juft pastki jag‘lar - birinchi va ikkinchi juft maksillalardan iboat. Mandibulalar oziqni
maydalash uchun xizmat qiladi. Maxsillalar odatda yupqa va noziq bargchalarga o‘xshash o‘simtalardan iborat. Ularning shoxchalari yo‘qolib ketgan, protopodit bo‘g‘imlarida chaynash o‘simtalari bo‘ladi.
Ko‘krak bo‘g‘imlarining o‘simtalari har xil tuzilgan, ko‘pincha ikki shoxli, bir qancha turlarida (masalan, daryo qisqichbaqasida) ekzopodit shoxchasi yo‘qolib ko‘krak o‘simtalari tuzilishiga ko‘ra har xil vazifani bajarishga ixtisoslashgan. Aksariyat hollarda ular haqiqiy harakat organlari bo‘lib, suzish va o‘rmalash uchun xizmat qiladi. Ko‘pincha oldingi 13 juft ko‘krak oyoqlari oziqni tutib turish va maydalash vazifasini bajaradi. Ular jag‘oyoqlar deb ataladi.
Qisdqichbaqasimonlar ko‘krak va qorin bo‘g‘imlari soni va shakli har xil bo‘ladi. Yuksak qisqichbaqasimonlar ko‘kragi 8, qorin bo‘ limi 6 bo‘g‘imdan, butun tanasi akrondan tashqari 18 bo‘g‘imdan iborat. Qorin bo‘limining oxirgi bo‘g‘imi anal plastinka- telsonni hosil qiladi. Tuban qisqichbaqasimonlar telsonida furka deb atalgan bir juft ayrisi bor. Tuban qisqichbaqasimonlarning tana bo‘g‘imlari erkin, bir-biridan yaxshi ajralib turadi. Oliy qisqichbaqasimonlarda esa bo‘g‘imlar turli darajada qo‘shilib ketadi. Ko‘pincha boshning oxirgi bo‘g‘imi kengayib, boshqalqon- karapaksni hosil qiladi. Daryo qichqichbaqasi va boshqa oily qisqichbaqasimonlar boshko‘krak qalqoni ko‘krak bilan birikib ketgan. Boshko‘krak qalqoni sirtidagi ko‘ndalang chuqurchasi bosh bilan ko‘krak o‘rtasidagi chegarako‘rsatadi. Dafniya kabi chig‘anoqli qisqichbaqasimonlar tanasi yon tomondan siqilgan, boshko’krak qalqoni tanasini ikki yondan o‘rab oladi.
Qisqichbaqasimonlarning tana o‘simtalari soni tana bo‘g‘imlari sonidan kamroq bo‘ ladi. Yuksak qisqichbaqalarning telsonida o‘simtalar rivojlanmagan bo‘lib, 18 tana bo‘g‘imiga 17 juft oyoqlar to‘g‘ri keladi. Tuban qisqichbaqasimonlar qorin bo‘g‘imlarida o‘simtalar bo‘lmaydi. O‘simtalar halqali chuvalchanglarning parapodiylaridan kelib chiqqan, evolyutsiya davomida har xil vazifani bajarishga moslanishi tufayli shakli va tuzilishi o‘zgargan. Odatda qisqichbaqasimonlarning ikki shoxli oyoqlari bir necha xil vazifani bajarishga moslashgan. Masalan, nauplius lichinkalarining oyoqlari harakatlanish bilan birga sezish va chaynash funksiyasini ham bajaradi. Oyoqlari asosida chaynovchi plastinkasi bo‘ladi.

    1. Yüklə 1,07 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə