Neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti


II BOB. Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə5/12
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ashirmetov F

II BOB. Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi.




    1. Yuksak qisqichbaqasimonlar (Malacostraca) kenja sinfi.


Qisqichbaqasimonlar jabraoyoqlilar, sefalokaridlar, jag‘oyoqlilar, yuksak qisqichbaqasimonlar, chig‘anoqli qisqichbaqasimonlar kenja sinfariga bo‘linadi.
Jabraoyoqli qisqichbaqasimonlar (Branchiapoda) kenja sinfi. Jabraoyoqlilar - tuban tuzilgan qisqichbaqasimonlar. Tana bo‘g‘imlari deyarli gomonom tuzilgan.
Boshi ko‘krak bilan qo‘shilmagan; tanasidagi bo‘g‘imlar soni doimiy emas. Bargga o‘xshash ko‘krak oyoqlari harakatlanish, nafas olish va oziqni og‘izga haydash vazifasini bajaradi. Qon aylanish, jinsiy sistemasi boshqa qisqichbaqalarga nisbatan birmuncha sodda tuzilgan. Ko‘pchilik turlari chuchuk suvda, ayrim turlari dengizlarda erkin hayot kechiradi. Sinf jabraoyoqlilar va bargoyoqlilar turkumlariga bo‘linadi.
Jabraoyoqlilar (Anostraca) turkumi. Jabraoyoqlilar - tana bo‘g‘imlari gomonom bo‘ lgan eng tuban tuzilgan qisqichbaqalar. Tanasi bosh, ko‘krak va qorin bo‘limlariga bo‘linadi. Boshining oldingi qismida antennulalar, antennalar, yagona nauplius ko‘zi va bir juft fasetkali ko‘zlari; keyingi qismida ikki juft erkin joylashgan jag‘lari bo‘ladi. Bosh qalqoni rivojlanmagan. Ko‘kragi 11-19 bo‘g‘imdan iborat. Har bir bo‘g‘imida bir juftdan ikki shoxli bargsimon oyoqlari joylashgan. Ko‘krak oyoqlari bir xil tuzilgan. Oyoqlar tashqi tomonida 1-2 ta nafas olish, bitta suzish va ichki tomonida suvni og‘izga yo‘naltiradigan 6 ta o‘simtasi bor. Ko‘krak oyoqlari navbat bilan oldindan orqaga silkinib, qisqichbaqani oldinga suradi. Oyoqlar qorin tomonga egilganida esa suv oqimi og‘izga yo‘naladi. Suvdagi mayda organizmlar va chirindi moddalar og‘izda tutib qolinib, ichakka o‘tkaziladi.
Jabraoyoqlilar urug‘langan tuxumlarni suvga qoyadi. Tuxumlari tashqi muhit ta‘siriga juda chidamli, qurib qolgan suv havzalarida ham 3—4 yilgacha o‘z hayotchanligini yo‘qotmaydi. Jabraoyoqlilarning 180 ga yaqin turi bor. Ko‘ pchilik turlari chuchuk suv havzalarida yashaydi. Tanasi uzunligi 2 sm dan oshmaydi. Yomg‘irdan yoki erigan qordan keyin hosil bo‘ladigan ko‘lmak suvlarda chalqanchasiga suzib yurgan branxipus (Branchipus)ni uchratish mumkin.
Sho‘r suvli ko‘llarda artemiya Artemia salina keng tarqalgan. Uning ko‘payishi va hayoti boshqa jabraoyoqlilardan farq qiladi. Artemiyalar ko‘pincha urug‘lanmasdan partenogenetik yoki nauplius lichinkasi tug‘ib ko‘payishi mumkin. Suvning sho‘rlanish darajasi artemiyaning tashqi tuzilishiga ta‘sir qiladi. Nisbatan kam sho‘rlangan suvlarda artemiya qorin bo‘ limining uchki qismida furka - ayrisi va uni qoplab turuvchi qillar juda yaxshi rivojlangan. O‘ta sho‘rlangan suvlarda esa furka va uning qillari rivojlanmaydi. Artemiyalar hayvonot dunyosida juda kam uchraydigan poliploidlik xususiyatiga ega. Ularning individlari orasida -di, -tri, - tetra, -penta va hatto oktoploid shakllari ham bo‘ladi. Artemiya qulay sharoit bo‘lganida juda tez ko‘payib, bir m3 suvda 13,6 g gacha biomassa hosil qilishi mumkin. Ular osyotrsimon baliqlarning asosiy oziqasi hisoblanadi. Baliq urchitiladigan xo‘jaliklarda artemiyalar maxsus hovuzlarda ko‘paytiriladi. Tuxumlari suv tanqisligiga juda chidamli bo‘lganidan ularni qopchalarga joylab pochta orqali ham jo‘natish mumkin.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə