Neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə9/12
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143805
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Ashirmetov F

Tengoyoqlilar (Isopoda) turkumi. Tanasi yassi, boshida yirik fasetkali ko‘zlari joylashgan. Karapaks qalqoni bo‘lmaydi. Ko‘krak oyoqlari bir xil uzunlikda, bir shoxli bo‘ladi. Qorin bo‘limi ko‘ kragiga nisbatan ancha qisqa, uning bir necha yoki hamma bo‘g‘imlari telson bilan birikkan. 5 juft oldingi qorinoyoqlari asosiy kalta bo‘g‘imdan va ikkita kengaygan bargsimon yupqa qobiqli jabra varaqchalaridan iborat. Bu varaqlar kitob varaqlari singari ustma-ust taxlangan bo‘ladi. Varaqlarni qorin oyoqlari ekzopoditidan hosil bo‘lgan qalin xitin qopqoqcha yopib turadi. Varaqlar qobig‘i orqali suvda erigan kislorod qonga o‘tadi. Shu sababdan tengoyoqlilarning yuragi ham qorin bo‘limida joylashgan.
Tengoyoqlilar nafas olish organining o‘ziga xos tuzilishi ularni quruqlik muhitiga oson moslanishiga imkon beradi. Quruqlikda hayot kechiradigan ko‘pchilik Oniscoidea kenja turkumi vakillari ham qorinoyoqlari yordamida nafas oladi. Ular xuddi suv tengoyoqlilari singari jabralarini qoplab olgan suv pardasida erigan kislorod bilan nafas oladi. Bir qancha zaxkashlar xitin qoplag‘ichi sirtida har xil o‘ smalar murakkab suv o‘tkazuvchi naylar sistemasini hosil qiladi. Zaxkash shudring tomchisiga tegib ketganida ham suv kapillyar kuch ta‘sirida tanaga shimilib, qorin oyoqlaridagi jabralarga boradi. Uchinchi xil zaxkashlar esa jabralarini anal teshigidan chiqadigan suyuqlik bilan ho‘llab turadi. Ayrim zaxkashlar atmosfera havosi bilan nafas oladi. Bunday zaxkashlarning qorinoyoqlari ichida maxsus bo‘shliq bo‘ladi. Bu bo‘shliq tashqi muhit bian ingichka teshik orqali
bog‘langan. Bo‘shliqdan tana ichiga shoxlangan uchi berk naylar ketadi. Traxeyalarga o‘xshash bu sistema ―soxta traxeyalar‖ deyiladi.
Tengoyoqlilar tuxumlari urg‘ochi hayvonlar ko‘ krak xaltasida rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi ko‘krak oyoqlarining kuchsiz rivojlanganligi bilan voyaga yetgan davridan farq qiladi.
Tengoyoqlilar dengiz va chuchuk suv havzalarida hamda quruqlikda yashashga moslashgan 4500 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ularning asosiy qismi dengiz bentosi tarkibiga kiradi. Bir qancha turlari planktonda uchraydi. Dengizlar, sho‘ r suvli ko‘llara va daryolarning quyi oqimida uzunligi 10 sm keladigan dengiz suvaragi (Nesidothes entomon) uchraydi. Hovuz, ko‘ l va tinch oqar suvlarda suv xo‘tikchalari Asellidae oilasi vakillari ko‘p uchraydi. Quruqlikda esa zaxkashlar (Oniscoidea kenja turkumi) keng tarqalgan.
Tengoyoqlilar orasida (Oniscoidea) ayniqsa, katta amaliy ahamiyatga ega. O‘rta Osiyo cho‘ llarida keng tarqalgan Hemilepistus cristatus tuproqda 60-100 sm chuqurlikda in quradi. Inning ichida harorat qishda birmuncha iliq, yozda salqin, namlik doimo bir xil bo‘ladi. Ayrim tengoyoqlilar baliqlar terisida va boshqa qisqichbaqasimonlar jabra bo‘ shlig‘ida parazitlik qiladi.
Zaxkashlar inlarida oila bo‘lib yashaydi. Indan faqat kechqurunlari va ertalab chiqadi; qishda esa karaxt holatga o‘tadi. Zaxkashlar o‘ simlik qoldiqlari bilan oziqlanib, tuproq hosildorligini oshirishda yordam beradi. Ular in qazib, tuproq qatlamlarini aralashtiradi; tuproqqa suv shimilishi va havo o‘tishini yaxshilaydi. Shu sababdan ular ini atrofida o‘simlik yaxshi o‘sadi. Zaxkashlarning tuproq hosil qilishdagi faoliyatini yomg‘ir chuvalchanglari bilan tenglashtirish mumkin. Sernam sug‘oriladigan maydonlarda va issiqxonalarda keng tarqalgan Hemilepistus zachvatkini zaxkashi o‘simliklarga birmuncha ziyon keltiradi.
Har xil oyoqlilar, ya‘ni yonlab suzarlar (Amphipoda) turkumi. Yonlab suzarlarning tanasi ikki yon tomondan siqilgan; tuzilishi tengoyoqlilarga birmuncha o‘xshash bo‘ladi. Bosh bo‘limi birinchi, ba‘zan ikkinchi ko‘ krak bo‘g‘imi bilan qo‘shilib ketgan. Fasetkali ko‘zlari va ikki juft moylovlari yaxshi rivojlangan, og‘iz organi chaynovchi tipda bo‘ladi. Bosh qalqoni ostida muvozanat organi joylashgan.
Ko‘krak oyoqlari 7 juft bo‘lib, bir-biridan birmuncha farq qiladi. Shu sababdan ularga har xil oyoqlilar nomi berilgan.
Yonlab suzarlarning qorin bo‘limi olti bo‘g‘imdan iborat; qorinoyoqlari yaxshi rivojlangan. Uch juft ikki shoxli oldingi qorin oyoqlari tukchalar bilan qoplangan bo‘lib, suzish uchun xizmat qiladi. Keyingi 2 juft qorin oyoqlari ham ikki shoxli, lekin ular orqa tomonga egilgan. Bu oyoqlar telson bilan birga sakrovchi oyoqlar - uropodlarni hosil qiladi. Ko‘payish davrida urg‘ochilarining ko‘krak qismida tuxum xaltasi hosil bo‘ladi. Xaltadagi tuxumlar ichida embrionlar rivojlanadi. Yosh nasli voyaga yetgan davriga o‘xshash bo‘ladi. Yonlab suzarlarga 4500 dan ortiq tur kiradi. Ko‘pchilik turlari dengizlarda suv tubidagi loyqada yoki naysimon inlarda yashaydi. Ayrim turlari planktonda hayot kechiradi. Chuchuk suvli ko‘ llarda ko‘l yonlab suzari Gammarus lacustris , oqar suvlarda G.balanicus keng tarqalgan. Yonlab suzarlar ko‘pchilik ovlanadigan baliqlarning asosiy ozig‘i hisoblanadi. Suv havzalarida baliqchilikni rivojlantirish uchun yonlab suzarlarni ko‘paytirish ayniqsa muhim ahamiyatga ega.

O. Mavlonov, SH. Xurramov, X Eshova. ―Umurtqasizlar zoologiyasi Toshkent-2006 y.


O. Mavlonov, SH. Xurramov, Z. Norboev―Umurtqasizlar zoologiyasi Toshkent-2002 y.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə