Neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə8/12
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143805
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Ashirmetov F

Moylovoyoqlilar (Cirripedia) turkumi. Moylovoyoqlilar suv ostidagi toshlar, qoyalar, kit, akula, krablar terisi, mollyuskalar chig‘anog‘i, kemalarning suvosti qismiga yopishib o‘troq hayot kechiradi. O‘troq yashash ta‘sirida ularning tashqi ko‘rinishi keskin o‘zgargan. Tanasi alohida plastinkalardan hosil bo‘lgan chig‘anoq bilan qoplangan. Oyoqlari uzun va ikki shoxli moylovlarga aylangan. Antennulalari va bosh qismi o‘zgarib, yopishuv organini hosil qiladi. Uarning chig‘anog‘i tomini hosil qiladigan plastinkalari surilib ochilish xususiyatiga ega. Chig‘anoqdan "moylovoyoqlar" deb ataladigan ko‘krak oyoqlari chiqib, bir meyorda silkinishi natijasida og‘iz teshigiga mayda oziq zarrachalari tushadi. Utroq
yashash ta‘sirida moylovoyoqlilarning tana tuzilishi ham birmuncha soddalashgan. Ko‘pchilik moylovoyoqlilar - germafrodit hayvonlar. Ayrim jinsli turlarining erkaklari ancha mayda bo‘lib, urg‘ochilari terisi ostida yashaydi. Ba‘zi bir yirik germafrodit turlarining erkaklari ham saqlanib qolgan. Erkaklarining tana o‘simtalari va skeleti yo‘qolib ketgan. Moylovoyoqlilar dengizda har xil chuqurlikda hayot kechiradi. Dengiz o‘rdakchalari - Lepas va dengiz yong‘oqchalari Balanus deyarli barcha dengizlarda uchraydi.
Ayrim mo‘ ylovoyoqlilar o‘troq yashashdan parazit yashashga o‘tgan. Parazitlik hayot ular tanasining tuzilishiga har xil ta‘sir qilgan. Kuchli ixtisoslashgan parazitlar tanasi juda soddalashgan, turkum, sinf va hatto bo‘g‘imoyoqlilar tipi uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni yo‘ qotgan. Faqat lichinkasining tuzilishini o‘rganish orqali ularni moylovoyoqlilar turkumiga mansub ekanligini aniqlash mumkin. Bu jihatdan ayniqsa o‘noyoqli qisqichbaqasimonlar paraziti sakkulina va peltogaster (Peltogaster) diqqatga sazovordir.
Sakkulina krablar qorin qismiga yopishib yashaydi. Uning xaltaga o‘xshash tanasida bo‘g‘imlar yoki o‘simtalar bo‘lmaydi. Parazit kuchli shoxlangan poyacha yordamida krab tanasiga yopishib oladi. Poyacha xitin qoplag‘ichni teshib o‘tib, krab tanasida juda kup marta shoxlanadi. Shoxlar oyoqlarining uchki qismigacha yetib boradi. Shoxchalar yordamida sakkulina o‘z xo‘jayini tana suyuqdigini so‘rib oladi. Parazit tanasida faqat bitta nerv gangliysi va germafrodit jinsiy organlari bor. Boshqa ichki organlar yo‘qolib ketgan. Sakkulina qoygan tuxumdan nauplius lichinka chiqadi. U boshqa moylovoyoqlilar singari siprissimon lichinkaga ayla- nadi. Lichinka krab tanasiga yopishib olgandan so‘ng ko‘krak va qorin qismini yo‘qotib, hujayralar to‘plami holida xo‘jayini tanasiga o‘tib oladi. Parazit ancha yiriklashgandan so‘ng xo‘jayini xitin qoplag‘ichini qorin tomondan yorib kirib, xaltaga o‘xshash tanasining bir qismini tashqariga chiqarib oladi. Moylovoyoqlilar, ayniqsa dengiz yong‘oqchalari kemalarning suvosti qismiga yopishib, ularning og‘irligini oshiradi va tezligini kamaytiradi. Kema suvosti qismining 1 m2 yuzasida bir yil davomida 10-12 kg dengiz yong‘oqchalari to‘planishi mumkin. Yoqilg‘i sarfining oshishi va kemani tozalash uchun ketgan xarajatlar hisoblab chiqilganda
dengiz yong‘oqchalari har yili AQSh savdo flotiga 120 mln. dollardan ortiq zarar keltirishi aniqlangan. Bundan tashqari, qisqichbaqalar suvosti inshootlariga yopishib olib, ularni ham ishdan chiqaradi. Dengiz o‘rdakchalari va yong‘oqchalarining lichinkalari barcha plankton organizmlar qatorida semga, seld va boshqa planktonxo‘ r baliqlar uchun oziq bo‘ladi.
Bo'g'imoyoqlilardan trilobitasimonlar quyi kembriy qatlamlaridan boshlab uchraydi. Ordovik va silur davrida B. quruqlikka chiqishgan. B.ning tanasi va oyoqlari bo'g'imlariga bo'lingan (B. nomi ham ana shundan olingan ), ikki tomonlama simmetriyali. Tanasi qattiq xitin kutikula bilan qoplangan. Xitin qoplog'ich tashqi skelet funksiyasini ham bajaradi, unga ichki tomondan muskullar birikadi.Tana bo'g'imlari geteronom, ya'ni ularning shakli va kattaligi har xil bo'ladi. B. tanasi, odatda, bosh, ko'krak va qorin bo'limlaridan iborat. Lekin ba'zan tananing turli bo'limlari o'zaro har xil tarzda birikib ketishi mumkin.B.ning bosh bo'limi bosh bo'lagi – akrondan va 4 tana bo'g'imlarning qoshilishidan hosil bo'ladi. Ko'krak va qorin bo'limlardagi bo'g'imlar har xil sitematik guruhlarda bir xil bo'lmaydi.B. tanasidagi har bir bo'g'im dastlab bir juftdan nayga oxshash o'simtaga ega bo'lgan, keyinchalik bu o'simtalar jag'lar, yurish oyoqlari, suzgich organlar, so'rg'ichlar, o'rgimchak bezlari va boshqa organlarga aylangan yoki yo'qolib ketgan. Bo'g'imoyoqlilar jabra, traxeya yoki o'pka orqali nafas oladi.
Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, bir juft bosh nerv tugunlari, ya‘ni bosh miya, halqumni aylanib o‘tuvchi nerv tomiri — qonnektiva va qorin nerv zanjiridan iborat. Odatda bosh miya prototserebrum, deytotserebrum, tritotserebrum bo‘limlarga bo‘ linadi. Bo‘g‘imoyoqlilar boshqa umurtqasiz hayvonlardan nerv sistemasi va sezgi organlarining ancha murakkab tuzilganligi va murakkab turq-atvori bilan farq qiladi. Ko‘zlari bitta linzali oddiy va Ko‘p linzali murakkab, ya‘ni fasetkali bo‘ lishi mumkin. Ularda ovoz chiqarish, eshitish, hid bilish, muvozanat saqlash va tuyg‘u organlari rivojlangan. Yuksak qisqichbaqasimonlarning ko‘ krak va qorin bo‘g‘imlari soni doimiy, qorin bo‘limida oyoqlar rivojlangan. Ularning boshi 4, ko‘ kragi 8, qorin bo‘limi esa 6-7 bo‘g‘imdan
iborat. Qorin bo‘limi telson bilan tugaydi. Bir qancha qisqichbaqasimonlarda akron, 4 ta bosh va bitta ko‘krak bo‘g‘imlari birikib murakkab boshko’krak, ya‘ni bosh kapsulasini hosil qiladi. Boshqa vakillarida bosh bo‘ limiga prototsefalon deb ataladigan akron va antennal bo‘g‘imlar kiradi. Oshqozon chaynovchi va filtrlovchi bo‘lmalardan iborat. Hazm bezlari, yuragi va qon tomirlari yaxshi rivojlangan. Voyaga yetgan davrida ayiruv organlari antennal bezlardan iborat. Urg‘ochisining jinsiy teshigi oltinchi, erkaginiki sakkizinchi ko‘krak oyoqlarining asosiy bo‘g‘imida joylashgan.Yuksak qisqichbaqalarning 14000 dan ortiqroq turi 14 turkumga ajratiladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə