Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan


-ma’ruza Mavzu: Neft va gaz uyumlariga ta’sir etish usullari texnikasi va



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/43
tarix29.11.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#141573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan

2-ma’ruza
Mavzu: Neft va gaz uyumlariga ta’sir etish usullari texnikasi va
 texnologiyasi.
Reja:
2.1.Uyumga chegara orti va chegara ichki qismida suv haydash.
2.2.Uyumning yuqori qismiga gaz yoki havo haydash.
2.1. Uyumga chegara orti va chegara ichki qismida suv haydash.
Uyumdan neft qazib olish sur’atini oshirish va uning oxirgi neft
beraoluvchanligini oshirish maqsadida qatlamga suv, gaz yoki havo haydab
qatlam bosimini tiklab turish usullaridan foydalaniladi.
Ko’p hollarda qatlam bosimini ushlab turish maqsadida uyumning
chegara ortki qismiga suv haydash usuli qo’llaniladi. Ayrim hollarda chegara
ortidan suv haydash usuli, chegara ichi yoki markazdan o’choq usulida suv
haydash usullari bilan to’ldiriladi. CHegara orti va chegara ichki qismidan suv
haydash natijasida uyumga qo’shimcha energiya bilan ta’sir qilinadi va uyumni
yuqori sur’at bilan ishlashiga yordam beradi.
Gaz do’ppili neft uyumi yoki tog’-jinslari katta burchak ostida tushgan
uyumlarning yuqori qismiga gaz haydash, unda bosimni ushlab turish va quduq
debitini o’zgarishsiz ushlab turish yoki oshirish uchun imkon yaratadi.
Qatlam energiyasini saqlash maqsadida qatlamga sun’iy ta’sir etish
uchun uyumni ishlatishni dastlabki davrlaridan ishchi agent haydaladi. Bu
qatlam bosimini yuqori darajada ushlab turish, ya’ni boshlang’ich qatlam
bosimga yaqinroq, quduqni yuqori debitliligini va shu bilan birgalikda neft
beraoluvchanlik koeffisientini yuqori bo’lishini ta’minlaydi.
Uyumga chegara ortidan suv haydashda qatlamga suv tashqi neftlilik
chegarasida joylashtirilgan maxsus haydovchi quduqlarda amalga oshiriladi. (1-
rasm)
1-rasm.CHegara ortki qismidan suv haydash tarxi.
1-neft quduqlari; 2-haydovchi quduqlar;3-nazoratchi quduqlar;4-ichki
neftlilik chegarasi;
CHegara ortki qismidan suv haydash yaxshi o’tkazuvchan, tektonik
buzilishlari bo’lmagan qum yoki qumtoshlardan tuzilgan qatlamlarda yaxshi natija
beradi. Ohaktoshlardan tuzilgan qatlamlarda chegara ortidan suv haydash hamma
vakt ham samarali chiqmaydi. CHunki, qatlamning ayrim qismlari bir-biri bilan
teshiklar yoki yoriqlar bilan boglanmagan bo’lishi mumkin.
Ayrim hollarda chegara qismidagi tog’ jinslari yaxshi o’tkazmas


bo’lsa, uxolda haydovchi quduqlar o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lgan neftli
qatlam ichiga joylashtiriladi. Qatlamga suv haydashning bunday usulini
chegra ichki qismidan suv haydash usuli deb ataladi.
Haydovchi quduq chizig’ida hosil qilingan yuqori bosim yaqin
chiziqda joylashgan ikki-uch quduqqa faol ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun
chegara ortidan suv haydash qo’llanilayotgan katta neft uyumlarini ishlatishning
dastlabki davrlarida ikki-uch tashqi qator ishlatish quvurlari burgulanib, markaziy
qismda burgilanmaydi.
YUqorida aytib o’tilgan chegara ortidan suv haydash neft uyumini ishlatish
tizimida tashqi qator quduqlarini suv bosgandan keyin markazdan quduq kaziladi.
Uyumni bunday ishlatish tartibi qatlam energiyasidan maksimal foydalanish
imkonini beradi. Bu usulning kamchiligi markaziy qismdagi quduqlar
konservasiyada turadi, uyumning ishlash vaktini uzaytiradi. SHuning uchun
chegara orti va chegara ichki qismidan suv xaydab ishlatish usuli uncha katta
bo’lmagan uyumlarda, ya’ni xar bir haydash chizig’iga ikki, uch ko’p bo’lsa to’rt
qator quduq joylashadigan uyumlarda yaxshi samara beradi.
Qatlamga sun’iy ta’sir etish usullari bilan neft konini ishlatishni
jadallashtirish uchun chegara ichki qismi bilan chegara ortki qismiga suv xaydab
ishlatishning bir nechta turlaridan foydalaniladi.
Bunday jadallashtirishning eng ko’p tarqalgan usuli uyumni sun’iy
«kesish» usuli, ya’ni suv xaydab uyumni bir necha bo’laklarga bo’lib, xar bir
bo’lakni aloxida ishlatish usulidir.
2-rasm.CHegara ichki qismidan suv haydash tarxi.
CHegara ichki qismiga suv haydashni dastlabki davrlarida, suv
uyumning neftli qismiga haydaladi. Qatlamga suvning uzlo’qsiz xaydalishi
natijasida haydovchi quduqlar chizig’i bo’ylab suv vali yokui to’sini hosil kilinib,
qatlam kesiladi.
Ayrim hollarda ishlatishni jadallashtirish maqsadida chegara tashqi
yoki chegara ichki qismi va uyum markazidan suv haydash usulidan foydalaniladi.
Markazdan suv haydashda maydon markazidan haydovchi quduqlar batariya (3-
rasm a.). yoki xalqali qator (3-rasm b.) ko’rinishda kaziladi. Neft uyumi teshilgan
qismi va tog’-jinsi o’tkazuvchanligi pasayganda chegara ichki qismi markazidan
suv haydashning boshqa turlaridan foydalanish ham mumkin. Markaz bo’ylab suv
haydashning yana bir usuli bu o’qi bo’ylab suv haydash usulidir.
3- rasm. Markazdan suv haydash tarxi:
a– o’chok usulida suv haydash;
 
b – chegara ichki qismidan xalqali suv
haydash; e – o’k bo’ylab suv haydash;
Uyumda o’rtacha qatlam bosimini ushlab turish uchun qatlamga


xaydalayotgan suvning miqdori kazib olinayotgan suyuqlik va gaz miqdoriga teng
bo’lishi kerak.
Ko’p hollarda neftni gazga to’yinish bosimidan yuqori bo’lgan qatlam
bosimli konlardan olingan 1 tonna yo’ldosh gaz bilan olingan neft 1,4-1,6 m
3
xajmni egallaydi. Bu shuni ko’rsatadiki, qatlamdan olingan 1 tonna neft (er yuzida
o’lchangani bo’yicha) o’rtacha 1,4-1,6 m
3
suv haydash kerak bo’ladi. Fakat shu
xoldagina qatlamdan olinayotgan neft va gaz o’rni to’ldiriladi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, olinayotgan suyuqlik va gaz xajmiga teng
miqdorda suv xaydalsada qatlam bosimini o’zgarishsiz ushlab kolishni imkoniyati
bo’lmaydi. Bu shundan dalolat beradiki, neft qatlamiga xaydalayotgan suv katta
karshilish ta’sirida qatlamni suvli qismga ketadi. CHegara ichki qismidan suv
haydashda ham suv maxsuldor bo’lmagan qatlamlarga o’tib ketishi kuzatiladi.
Qatlamga suv haydashda taxminan 15-20 % xaydalayotgan suv yo’kotiladi.
SHuni ta’kidlash joizki xar bir tonna kazib olingan neft o’rniga 1,6-2,0 m
3
xajmgacha suv xaydalsa, qatlam bosimini ushlab turish mumkin ekan. Agar qatlam
bosimini nafakat ushlash balki, ko’tarish kerak bo’ladigan bo’lsa, undan ham
ko’prok suv haydash zarur bo’ladi.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə