Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan


 Qatlam energiyasi manbaalari



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/43
tarix29.11.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#141573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan

1.3. Qatlam energiyasi manbaalari
Uyumdan neftning er yuziga chiqishini ta’minlovchi energiya
manbalariga, chekka va ostki suvlar ta’siri, neft, suv, gaz va ular joylashgan tog’-
jinslarining qayishqoqlik energiyasi, gaz do’ppisi bosimi energiyasi va
suyuqlikning og’irlik kuchi energiyalarini misol qilib olish mumkin. Neft uyumini
ishlatishda ta’sir qiladigan energiya manbaiga qarab uyumning ishlash usullari: suv
bosimi, gaz bosimi, erigan gaz va grvitasion rejimlarga bo’linadi. Suv bosimi va
gaz bosimi rejimida ishlayotgan uyumlarda maxsulotni siqib chiqarish tabiiy
energiyalar ta’sirida konni ishlatishning dastlabki davrlarida yuz beradi. Oxirgi
ikki rejim- qatlam energiyasi so’nish rejimlari ishlatishning so’ngi davrlarida
kuzatiladi. Qatlam energiyalarining yana bir eng katta manbaidan biri bu tog’
jinslari suyuqliklarning tarangligidan kengayish energiyasi bo’lib, birinchi usul
(suv taziyiqi ) ga ko’shimcha tarang suv-taziyiqi usuli ham mavjud. YUqorida
ko’rsatilgan barcha usullar alohida tarzda juda kam hollarda uchraydi. Ko’p
hollarda bir vaqtning o’zida bir yoki bir necha usullar birgalikda kuzatiladi.
Uyumni ishlatish rejimi unga ta’sir qiluvchi kuchlarining o’zgarishi, kollektor
xossalarini o’zgarishi, neft va suv xossalarining o’zgarishi, ishlash tavsifini
o’zgarishi va uyumga sun’iy ta’sir etish usullariga qarab uzlo’qsiz o’zgarib boradi.
Nazorat savollari
.
1. Neft koni deganda nimani tushinasiz?
2. Konlarni sanoat miqiyosida umumiy baholash ko’rsatgich larini sanab
o’ting?
3. Suv bosimi tizimi deganda nimani tushinasiz?


4. Boshlang’ich qatlam bosimi qanday aniqlanadi?
5. Suv bosimi tizimi turlarini ayting?
6. Bosimlar farqi deganda nimani tushinasiz?
7. Qatlam energiya manbalarini aytib uting?
8. Konni ishlash rejimlarini sanab o’ting?
9. Tarang suv taziyqi rejimini tushintiring?
10. Uyumga ta’sir etish usullarini sanab o’ting?

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə