Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/26
tarix30.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#166470
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
KATALITIK RIFORMING. 
Katalitik riforming – benzinlari detonatsiya xususiyatini oshirish va arenlarni, 
asosan benzol, toluol va ksilollarni olish uchun qo`llaniladi. Bu jarayon yuqori 
temperaturada (500
0
C) va bosimda (1,5-4MPa) bifunktsional katalizatorlarda olib 
boriladi. Bifunktsional katalizator kislotali va gidrirlash, degidrogenlash xossasiga 
ega. Kislota funktsiyasini oksid alyuminiy bajarsa, gidrogenlash va degidrogenlash 
fraktsiyasi 8 gr metallari, asosan Pt bajaradi. 
Alyuminiy oksidi katalizatorni kislotali fraktsiyasini bajaradi. U katalizatorni 
izomerizatsiya, gidrokreking, degidrotsiklizatsiya reaktsiyalarida aktivligini 
belgilaydi. Sanoatda benzin fraktsiyalarini oktan sonini oshirish uchun riforming 
jarayoni qo`llaniladi. Jarayon vodorodli (70-90%) muhitda, 490-520
0
C, 1,5–4 MPa 
bosimda va xajmiy tezligi 1-2 ch sirkulyatsiya qilinayotgan vodorodni reaktsiyaga 
kirishayotgan xom ashyoga nisbati 1000-1800, riforming uchun C
7
(85-105
0
C) 
fraktsiya, C
8
(105-140
0
C), C
9
(85-180
0
C) olinadi. 
Jarayonni qattiq rejimda olib borilganda riforming tarkibida 70% aren bo`ladi. 
Bularning: benzol 3%, toluol 22%, ksilol 35%, arenlar C
9
-C
10
=9,5%. 
Riforming jarayonida sifati past benzindan yuqori oktan sonli benzin 
komponenti olinadi, bu jarayonda asosan aromatik uglevodorodlar hosil bo`ladi, 
parafin uglevodorodlari izomerlanishga uchraydi. 
AVT qurilmalarida neftdan benzin olinadi. (16-20%). Bu benzinlarnioktan 
soni 45-55 ga teng. Riformingdan so`ng oktan soni 80-90 (m.m) yoki 90-100 (i.m) 
gacha ko`tariladi. 
Riforming jarayonining ikkinchi vazifasi – benzin fraktsiyalaridan aromatik 
uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol, etilbenzol) olishdir. Bu jarayonda tan narxi 
arzon bo`lgan vodorod qo`shimcha mahsulot sifatida hosil bo`ladi. Vodorod 
gidrogenlash jarayonlar uchun zarur qo`shimcha mahsulotdir. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə