Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/26
tarix30.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#166470
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Katalizatorlar


Katalizatorlarni asosi sifatida alyuminiy oksidi olinadi. Unga kobalt va 
molibden oksidlari yoki nikel va molibden oksidlari, ba`zan So, Ni va Mo oksidlari 
shimdiriladi. Oksidlarning umumiy miqdori 12-30% mass.gacha. 
Katalizatorlar gidrotozalash sharoitida faqat geteroatomli birikmalarni 
parchalab, (qisman smolasimon moddalarni kam) boshqa uglevodorodlarga 
aytarlik ta`sir etmaydi. 
Katalizatorlarni aktivligini oshirish uchun ularga bir oz miqdorda-1% gacha 
ba`zi bir metalloksidlari qo`shiladi, katalizatorni asosiga esa seolitlar qo`shiladi. 
Katalizatorlarni 
reaktorlarga 
solingandan 
keyin 
ularga 
oltingugurt 
birikmalarini beriladi. Natijada katalizatorlarning oksidlari sulfid shakliga o`tadi. 
Bu xildagi katalizatorlar unumli ishlaydi. 
Katalizator asosini kislotali xossasini ko`tarish maqsadida ularni xlor yoki ftor 
birikmalari bilan ishlanadi. 
Katalizatorlarni aktiv komponenti sifatida VIII guruh metallari (Co, Ni, Rt, 
Rd) oksidlari va VI guruh metallarning ba`zilarini sulfidlari ishlatiladi. 
Katalizatorlarni aktivligini oshirish maqsadida boshqa elemenlarning, shu 
jumladan, nodir-er elementlarining oksidi qo`shiladi. Katalizatorning asosiga esa 
seolitlar qo`shiladi. Katalizatorlarni reaktorga joylagandan so`ng oltingugurt 
birikmalar bilan oksidlarni sulfid formasiga o`tkaziladi. Bu ham katalizatorni 
unumdorlik bilan ishlashini ta`minlaydi. 
Gidrokreking katalizatorini kislota xususiyati yuqori va gidrogenizatsiya etish 
xususiyati pastroq bo`lishi tavsiya etiladi. 
Gidrokreking jarayoni xom ashyoni turiga qarab bir bosqichda va ikki 
bosqichda olib boriladi. 
Vakuum gazoylni (350 - 500°C) gidrokreking etish bir bosqichda olib 
boriladi. Agarda xom ashyoda geteroatom birikmalar ko`p bo`lsa, og’ir vakuum 
gazoylni, katalitik kreking va kokslash jarayonlaridan olingan og’ir gazoyllarni 
ikki bosqichda gidrokreking etiladi. Bunda birinchi bosqichda xom ashyoni 
gidrotozalanadi va ikkinchi bosqichda gidrokrekingga beriladi.


Kataliz xodisasi bir necha umumiy prinsipga ega. 
1. Katalizatorlar saylash (selektiv) xossasiga ega. Xamma kimyoviy 
reaksiyalar uchun umumiy katalizator bo`lmaydi. Ma`lum katalizator ayrim 
reaksiyani yoki reaksiyalar gruxini, agar reaksiya bir qancha yo`nalishlar bilan 
borsa, ma`lum yo`nalishni tezlashtiradi. 
2. Katalizatorlar reaksiya muvozanat konstanta qiymatini o`zgartirmaydi. 
Katalizatorlar nazariy yo`l bilan xisoblab topilgan miqdorga qaraganda, ko`p 
maxsulot xosil qilishga yordam bermaydi. Faqat kerakli maxsulotni qisqa vaqtda 
olishga imkon beradi 
3. Katalizator ta`sirida teskari va to`g’ri reaksiyalarning tezligi bir xilda 
oshadi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə