Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/26
tarix30.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#166470
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Arenlarni gidrogenlash 
Umuman benzol halqasi boshqa to`yinmagan uglevodorodlarga nisbatan 
qiyinroq gidrogenlanadi:
Benzolni gomoglari nisbatan osonroq gidrogenlanadi. 
Benzolni yon boshida to`yinmagan zanjiri bo`lsa, nikel katalizatorida zanjir 
va halqa to`yinadi, mis katalizatorida esa faqat zanjirdagi qo`shbog’ to`yinadi. 
Ko`p halqali arenlar benzolga nisbatan tezroq to`yinadi. Halqalarni soni 
kamayib borishi bilan gidrogenlash reaksiyasi sekinlashib boradi. To`yingan 
halqalar ochilishi mumkin. 
 
Alkenlarni parchalanishi
Alkenlar katalizatorlarning kislotali markazlarida karbkationga o`tadi; 
izomerlanishi mumkin va R - qoidasiga muvofiq parchalanadi. Shu bilan bir vaqtda 
parchalangan bo`laklar va oldingi alkenlar vodorod bilan to`yinadi. Agarda 
katalizatorning kislota xususiyati yuqori bo`lsa, quyi molekulali va izomerlangan 
uglevodorodlar ko`proq hosil bo`ladi, aksincha kislota xususiyati pastroq bo`lsa, 
parchalanish reaksiyasi kamroq bo`lib, asosan yuqori molekulali alkanlar hosil 
bo`ladi. 
Alkanlarni parchalanishi
Alkanlar to`yingan birikmalardir. Shu sababli alkanlar oldin parchalanib 
to`yinmagan kichik uglevodorod molekulalari, izomerlangan molekulalari hosil 


bo`ladi. So`ngra vodorod bilan to`yinish sodir bo`ladi. Termodinamik qonunlarga 
muvofiq alkandan metan uzilib chiqishi mumkim. Lekin gidrokreking jarayonida 
katalizatorlarning xususiyatiga qarab metandan og’irroq uglevodorodl.ar hosil 
bo`ladi. Umuman gidrokreking reaksiyasini katalitik kreking va gidrogenlash 
reaksiyalarining yig’indisi deb qabul qilsak bo`ladi. 
Gidrokreking ikki funksiyali katalizatorlar ishtirokida bir necha bosqichda 
boradi. Boshlab katalizatorning gidrogenlash - degidrogenlash aktiv markazlarida 
alkanlar degidrogenlash bo`lib alken hosil bo`ladi (oz miqdorda). Keyin alkenlar 
katalizatorning kislota aktiv markazida karbkationga o`tadi va karbkationlar 
zanjirli karbkation mexanizmi bo`yicha alkanlarni parchalaydi (katalitik kreking 
o`xshash). Bu reaksiyalar gidrokreking sharoitida tez va ko`p bo`ladi. SHu sababli 
gidrokreking vaqtida ko`proq yengil mahsulotlar hosil bo`ladi. Polimerlanish va 
zichlanish reaksiyalari aytarlik sodir bo`lmaydi. Reaksiya zonasida etarli miqdorda 
vodorod aylanib turadi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə