Nemis va fransuz tili


I Bob didaktik strategiya



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə2/8
tarix01.06.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#88508
1   2   3   4   5   6   7   8
Ergashov Sardorbek

I Bob didaktik strategiya
1.1 O`quv materiallarini didaktik jihatdan qayta ishlash

«INTYEGRASIYA» bu fanlar, o'quv predmetlar, bir o'quv predmetining bo'limlari, har xil o'quv predmetlar mavzulari o'rtasidagi tabiiy o'zaro bog'lanishdir.


M.N.Berulava fikri bo'yicha ta'lim muzmunining tuzilmasi quyidagicha: tendensiyalar (bilimlar integrasiyasi, o'quv vositalar integrasiyasi, umulashtirilgan ko'nikma va malakalar integrasiyasi o'quv jarayoni shakllari integrasiyasi); yo'nalishlar (fan ichidagi, fanlararo, fandan tashqari); turlari (bidissiplinar (ikkita fan o'rtasidagi), multidissiplinar (bir necha fan o'rtasidagi)); tiplari (umummetodologik, umumfan, bir fanga tegishli); darajalari (umumnazariy, o'quv fan, o'quv ma'lumoti); shakli (to'liq – integrativ kurslar, qisman – integrativ darslar va blok darajasida – integrativ bloklar).

O'zbekiston Respublikasida boshlang'ich ta'lim, tasviriy san'at, tabiatshunoslik bo'yicha integrativ dasturlar yaratilgan.


So'ngi izlanishlar natijalari shuni ko'rsatadiki, integrasiya har bir o'quv predmet mazmunini tushunarli bo'lishini ta'minlaydi; o'ta murakkab yoki ikkinchi darajali bo'lgan materialni ta'lim mazmunidan chiqarib tashlanishiga imkoniyat yaratadi; har xil o'quv predmetlarning o'qitilishida bilimlarni takrorlanishi oldi olinganligi ta'limga ajratilgan vaqtning samaraliroq ishlatilishiga olib keladi; darsning har bir bosqichida o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi; har xil fanlarni o'rganish jarayonida olingan bilimlarni bitta tizimga birlashtirishga xizmat qiladi, bu esa o'z o'rnida dunyoning yaxlit tasavvurini shakllanishiga olib keladi; o'quv rejasini ko'p predmetliligini bartaraf qilib, nazoratni osonlashtiradi; ta'limga bo'lgan motivasiyani o'zgartiradi; ta'limning zamonaviy tashkiliy shakllarini qo'lash uchun qulay imkoniyat yaratadi; shaxsni erkin rivojlanishi uchun sharoitlarni shakllantiradi.
Talabalarda haqiqiy ilmiy dunyoqarashning shakllanishiga barcha ijtimoiy va tabiiy hodisalarni o'zaro bog'liqlikda ko'rib chiqilishi, o'rganilishi orqali erishiladi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə