Nemis va fransuz tili



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə7/8
tarix01.06.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#88508
1   2   3   4   5   6   7   8
Ergashov Sardorbek

Uslubiy jihatlar.
Har bir modul motivasiya bosqichidan boshlanadi.
O'qituvchi ta'lim jarayonini tashkillovchi va boshqaruvchi vazifasini bajaradi, talabalar esa mustaqil tadqiqotchi sifatida faoliyat olib boradilar.
Modulli ta'lim mohiyati talabani unga tklif qilingan individual dastur bo'yicha to'liq yoki qisman mustaqil ishlaydi.
Modulli o'qitish o'qituvchi va talabalarning o'zaro muloqoti shaklini o'zgarishini ham nazarda tutadi. Muloqot modullar orqali yoki har bir talaba bilan alohida muloqot olib boradi. Modullar ta'limning sub'ektli asosga o'tishini ta'minlaydi.
O'qituvchi funksiyalari axborot-nazoratdan maslahat-muvofiqlashtirishgacha o'zgarib turadi.
Texnologiyaning etakchi elementi bo'lib muammoli o'qitish xizmat qiladi, masalan, xatolar asosida o'qitish – xatolarni izlash (biror bir teoremada atayin xatoga yo'l qo'yilgan yoki teorema to'liq berilmagan, masala berilishida ziddiyatlar mavjud va hokazo).
Nazorat va baholash tizimi turli bo'lishi mumkin (baho, reyting).


II. Bob:pedagogik strategiya



    1. Interfaol metodlar

Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatib kelingan. Bunday metod talabalarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so’ndiradi.
Psixologlar tadqiqotlariga ko‘ra 100 % ko‘rsatkichga ega bo‘lgan yangi ma’lumotni taqdim qilishda o‘qituvchi qo‘llayotgan metodga qarab, uning ta’lim oluvchilar tomonidan qabul qilinishi va xotirada saqlanib qolishida quyidagidek farqlarning kuzatilishini aniqlashgan.
1-guruh metodlari.Ma’ruza o‘qish, hikoya qilish, tushuntirish, og‘zaki yo‘riqnomalar berish – 5 %.
2-guruh metodlari.Yangi ma’lumot qayd etib qo‘yilgan matnni o‘qitish – 10 %.
3-guruh metodlari.Ma’lumotga oid rasmlar, chizmalar, jadvallar, xaritalar, diagrammalar, videostasvirlar yoki hajmli modellar ko‘rsatish – 20%.
4-guruh metodlari.Ma’lumotni nutq vositasida bayon etish bilan barobar, unga oid tasviriy materiallarni ko‘rsatish – 30 %.
5-guruh metodlari.O‘quv materiali haqidagi ma’lumotlar yuzasidan o‘qituvchi va talabalar yoki talabalar bilan talabalar o‘rtasida “aqliy hujum” o‘tkazish, suhbat yoki munozaralar tashkil etish – 40 %.
6-guruh metodlari.Birvaqtningo‘zidama’lumotqaydetibqo‘yilgan matnni o‘qitish, uning muhim joylarini yozdirish, ma’lumot asosida suhbat yoki munozaralar tashkil etish – 50 %.
7-usul.Ma’lumotni o‘zlashtirish uchun talabadan ma’lumot qayd etib qo‘yilgan matnni mustaqil tarzda o‘qishini, ma’lumotni tahlil qilishini, uning mazmuni asosida biror narsa yozishini, boshqalar bilan ma’lumotni muhokama qilishini, o‘z fikrlarini himoya qilishini, o‘zlashtirganini namoyish qilishini tashkil etish – 75 %.
8 - u s u l . O‘quv materiali mazmunining talaba tomonidan boshqalar ongiga yetkizilishini, ya’ni boshqalarga o‘qitilishini tashkil etish – 90 %.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar (innovatsion pedagogik texnologiyalar)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko’tarishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormokda. Innavatsion texnologiyalar qo’llanilgan mashg’ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustakil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O’qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o’quv jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan bilimlarini o’zlari tomonidan baholashga kodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustakil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.
Shuning uchun ham, oliy ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o’qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Interfaol ta’lim metodlari va ularning ta’limda qo’llanishiga oid bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va etuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) yangilik kiritish, yangilik demakdir.Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Interfaol (“inter” - bu o’zaro, “act”- harakat qilmoq) - o’zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo’lishni anglatadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, o’qitishning interfaol metodlari -bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo’lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’ladilar, ular biladigan va o’ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman talabalarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida interfaol ta’limni tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qo‘llanilmoqda:
Interfaol metodlar: “Keys-stadi”, “Blits-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat” va boshqalar;
Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama- zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-sxema”, “BBB”, “Yumaloqlangan qor” va boshqalar;
Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “Konseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqalar. Ta’lim jarayoni interfaol metodlar asosida tashkil etilganda ta’lim oluvchilarning intellektual, ijodiy fikrlashlarini rivojlantirish, o‘z fikrini asoslab berishga o‘rganishi, o‘zgalar fikrini tinglay olishi, muammolar yechimini topishga harakat qilishi, ijodiy va axloqiy rivojlanish jarayonlariga samarali ta’sir etadi. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim metodlaridan foydalanganda, avvalo, ushbu metodning mohiyati, undan foydalanish metodikasini bilishi muhimdir.
Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan interfaol metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat o‘qituvchi va talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
 talabaning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;
 talabalarning o’quv jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi;
 talabalarning fanga bo’lgan qiziqishlarini mustakil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;
 o‘qituvchi va talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi.



javob izlash bilan bir qatorda qanday qilib samarali va natijali o’qitish mumkin degan savolga ham javob qidirdilar. Bu esa, pedagogika sohasi olim va amaliyotchilarini o’kuv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni o’qitishni ishlab- chikarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko’rish mumkin, degan fikrga olib keldi. Bunday fikrning tug’ilishi pedagogika fanida pedagogik texnologiya yo’nalishini yuzaga keltirdi.


O’qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday interfaol metodni tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo’lib, bunda talaba larning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film (yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerak bo’lar. Bularning hammasi o’qituvchi va talabalarga bog’liq.
Shu bilan birga o’quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va shiroitni, eng asosiysi, talabalarning imkoniyati va extiyojini va hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqacha aytganda, talabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak.


2.2pedagogik texnologiyalardan foydalanish

“Pedagogik texnologiya” tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjudligiga qaramay, bugungi kunda mutaxassislar orasida ulardan quyidagi uchtasi e’tiborga eng sazovor ta’riflar deb hisoblanib bormoqda:


1. Pedagogik texnologiya – texnik resurslar, inson omili va ularning o‘zaro
ta’sirini hisobga olgan holda o‘z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodi.
Ushbu ta’rif 1998 yilda YuNYeSKO tomonidan berilgan. Unda ta’lim- tarbiyaga xos jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda yangi paydo bo‘lgan axborot texnologiyalarining kuchli ta’sirini hisobga olish lozimligiga e’tibor qaratilgan.
2. Pedagogik texnologiya – ta’lim oluvchi shaxsiga yo‘naltirilgan, demokratik hamda o‘qish natijalarining takrorlanuvchanligini kafolatlaydigan ta’lim jarayonini loyihalash, amalga oshirish va baholashning tizimiy metodidir.
Ushbu ta’rif 2008 yilda bir guruh o‘zbek pedagog olimlari tomonidan ijodiy hamkorlikda ishlab chiqilgan, unda O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga xos pedagogik ruhni ifodalashga harakat qilingan.
3. Pedagogik texnologiya – o‘qish, ta’lim va tarbiyaga oid ijtimoiy talablar, sharoit va ilg‘or psixologik ta’limotlar asosida samarali pedagogik strategiyalarni loyihalash va amalga oshirish haqidagi konsepsiya.
Shunga o‘xshash ta’rif 1995 yilda pedagog olim V.P. Bespalko tomonidan berilgan. Lekin keyingi yillarda o‘quv fani sifatida katta muddatlarda va yirikauditoriyalarda o‘qitib kelinishi natijasida “Pedagogik texnologiya” ning shakllangan mazmuni ta’sirida keskin o‘zgarib, u shu ko‘rinishga keldi.
Oxirgi paytda pedagogik texnologiya bo‘yicha olimlar o‘z fikrlarini bayon etishda ko‘proq oxirgi ta’rifga tayanmoqdalar.
Ushbu ta’rif bo‘yicha pedagogik texnologiya konsepsiyasining:
– o‘rganish ob’ekti bo‘lib ta’lim, tarbiya va o‘qishga oid ij-timoiy talablar va sharoit;
– predmeti bo‘lib pedagogik strategiya (pedagogik jarayon, pe-dagogik tizim, pedagogik vaziyat);
– vositalari bo‘lib pedagogik ta’sir (uning so‘z, tovush, matn, harakatsiz va harakatdagi tasvir, namoyish etish kabi shakllari);
– metodi bo‘lib pedagogik modellashtirish;
– yaratadigan intellektual mahsuloti bo‘lib pedagogik loyiha xizmat qiladi.
Har qanday soha leksikasiga xos bo‘lganidek, pedagogik texnologiyalar haqidagi fan leksikasida ham shunday so‘zlar uchrab turadiki, bir qarashda tanishdek ko‘rinsada, ularning ma’nosi ustida biroz mulohaza yuritib olishga to‘g‘ri keladi.
Masalan, “Pedagogik texnologiya” iborasiga berilgan ta’rifda ishlatilgan so‘zlarga nazar tashlaylik: “pedagogika”, “texnologiya”, “o‘qish”, “ta’lim”, “tarbiya”, “ijtimoiy talab” “ijtimoiy sharoit”, “psixologik ta’limotlar”, “samarali”, “pedagogik strategiya”, “loyihalash”, “konsepsiya”.
Yuqoridagi so‘zlar “Pedagogik texnologiya” konsepsiyasi tomonidan quyidagi ma’nolarda ishlatiladi:
Pedagogika – insonni shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan muntazam faoliyat to‘g‘risidagi hamda ta’lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli va uslublari haqidagi bilimlar, g‘oyalar va ta’limotlar majmui.
Texnologiya – shunday bir jarayonki, unda ob’ekt ketma-ket ta’sirlar asosida xom ashyo holatidan mahsulot holatiga o‘zgarib o‘tadi.
O‘qish – alohida shaxs tomonidan amalga oshiriladigan fa-oliyat bo‘lib, bunda shaxs o‘zida milliy qadriyatlarni, fan-texnika sohasidagi yutuqlar hamda tajribalarni o‘rganadi, mustaqil fikr yuritadi va ulardan hayotda foydalanishning ko‘nikma va malakala-rini shakllantiradi.
Ta’lim – tajribalar almashinish jarayoni bo‘lib, rejali asosda amalga oshiriladigan “o‘qituvchi-o‘quvchi” muloqoti. Ta’lim natijasida shaxs ma’lumotga ega bo‘ladi, tarbiya topadi va rivoj-lanadi. Ma’lumot egallash tizimida ta’lim va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi juda muhim juftlik hisoblanadi.
Tarbiya – jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ra-vishda shaxsda ma’anaviy ongning tarkib topib va rivojlanib bo-rishi jarayoni. Shaxs tarbiyasi ikkita kuch ta’sirida tarkib topib boradi: o‘zini o‘zi tarbiyalash va tarbiyaviy munosabatlar ta’sirida tarbiya topish.
Ijtimoiy talablar – yetishtirib chiqariladigan mahsulot-ning xususiyatlari va ko‘rsatkichlariga jamiyat tomonidan belgila-nadigan me’yorlar.
Ijtimoiy sharoit – pedagogik jarayon, tizim yoki vaziyat tashkil etiladigan muhitning moddiy ta’minlanganligi, pedago-gik kadrlar bilan ta’minlanganligi, ta’lim oluvchilarning yoshi, jismoniy va ma’naviy tayyorligi darajasi va shunga o‘xshashlar.
Psixologik ta’limotlar – pedagogik jarayon, tizim yoki va-ziyat tashkil etiladigan muhitdagi kishilarning ruhiyati (ruhiy jarayonlar, individual xususiyatlar) ga bog‘liq omillar haqidagi bilimlar.
Samarali – “samara” arabcha so‘z bo‘lib, tarjimada “meva”, “hosil” degan ma’nolarni anglatadi. “Samarali strategiya” deyilganda faoliyatining ijobiy natijasi ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi strategiya tushuniladi.
Pedagogik strategiyalar – “strategiya” so‘zi aslida harbiy sohaga tegishli bo‘lib, “qo‘shin faoliyatini boshqarish” ma’nosini anglatadi. “Pedagogik strategiya” deyilganda: pedagogik jarayonlar, pedagogik tizimlar va pedagogik vaziyatlarni tashkil etish va boshqarish san’ati tushuniladi.
Shu sababli “pedagogik jarayonlar”, “pedagogik tizimlar” va “pedagogik vaziyatlar” iboralarining ma’nolari ustida ham qisqacha to‘xtalib o‘tish lozim.
Pedagogik jarayonlar – shaxslararo ta’sirli munosabatlarda insondagi sifatlar, intilishlar va dunyoqarashning o‘zgarishini, bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalarning shakllanishi hamda rivojlanishini ta’minlovchi harakatlarning hayotbaxsh oqimlari.
Pedagogik tizim – har xil davr va har xil hududlarda har xil pedagogik tizimlar ishlab chiqiladi va hukm suradi. Ya. A. Komenskiy, J.J. Russo, J. Dyui kabi pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan va hayotga tatbiq etilgan pedagogik tizimlar bunga misol qilib ko‘rsatilishi mumkin.
Pedagogik vaziyat – pedagogikada rag‘batlantirish, tanlash, yutuq, nizo (konflikt), muammoli, tavakkalchilik, tanqid va o‘z-o‘zini tanqid, yordam va o‘zaro yordam, jazo xavfi, o‘z-o‘zini baholash, muloqot, bo‘ysinish, ishontirish, ayblash, bir ish yoki muloqotdan tezda ulardan farqli boshqa ish yoki muloqotga ko‘chib o‘tish, musobaqa va raqobat, qayg‘uga sherik bo‘lish, e’tiborsizlik, chegaralanganlik, o‘yinli, javobgarligi yuqori bo‘lgan qarorga kelish, faoli-yatning yangi usullarini o‘zlashtirish, ixlos va ishonch izhor qilish, talablar qo‘yish, treningli, intizomning izdan chiqishi va buzg‘unchilik kabi pedagogik vaziyatlar o‘rganiladi.
Loyihalash – muammodan chiqib, uning taklif etilayotgan ijobiy hayotiy yechimiga qadar bajariluvchi barcha amallarni qat’iy tartibda izchil joylashtirib chiqish (“loyiha” deyilganda, murakkab ishlanmalarni yaratish bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar yig‘indisi tushuniladi).
Konsepsiya – lotincha so‘z bo‘lib o‘zbek tiliga tarjima qilinganda, to‘plash, birlashtirish va shuningdek, tizim, ibora ma’nolarini anglatadi.

Pedagogik adabiyotlarda V.G.Gulchevskaya, V.T.Fomenko, V.S.Kukushin, T.I.Shamova, V.G.Bespalko, G.K.Selevko, Sh.A.Amonashvili, M.V.Bulanova- Toparkova, A.V.Duxovneva, G.V.Suchkov, R.Shteyner, T.M.Davыdenko va boshqa bir qator olimlar tomonidan e’tirof etilgan pedagogik texnologiyalarni bir necha klassifaksiyasi mavjud. Pedagogika fani va amaliyotidagi barcha ma’lum eng maqbul umumlashtirilgan texnologiyalarni G.K.Selevko tizimlashtirgan (9.1- rasm).
9.1-rasm. Pedagogik texnologiyalar klassifikatsisi (G.K.Selevko bo‘yicha).
Quyida ushbu muallif tamonidan tuzilgan pedagogik texnologiya klassifatsiya guruhlari tashkil etuvchilari keltirilgan.
 qo‘llanish darajasi va tavsifiga ko‘ra: metatexnologiyalar, makrotexnologiyalar, mezotexnologiyalar (lokal, modulli) mikrotexnologiyalar (muayyan-shaxsli);
 falsafiy asosiga ko‘ra: ilmiy, diniy, ijtimoiy, pragmatik va boshqa texnologiyalar.
 psixik rivojlanish yetakchi omiliga ko‘ra: biogen, sotsiogen, psixogen texnologiyalar.
 shaxsiy yo‘naltirilganligiga ko‘ra: ma’lumotli, operatsion, emotsional- badiiy emotsional-ahloqiy, o‘z-o‘zini rivojlantirish, evristik texnologiyalar.
 mazmuni va tuzilishi tavsifiga ko‘ra: ta’limiy va tarbiyaviy, diniy va dunyoviy, umumta’lim va kasbiy yo‘nalganlik, gumanitar va texnokratik, kompleks, xususiy-predmetli texnologiyalar.
 ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish turiga ko‘ra: klassik an’anaviy, sinf-dars shaklidagi ma’ruzali o‘qitish; o‘quv adabiyotlari yordamida zamonaviy an’anaviy o‘qitish; axborot-texnik vositalari yordamidagi an’anaviy o‘qitish; “kichik guruhlarda ” o‘qitish; o‘qitishning “repititor” tizimi; masofaviy o‘qitish; kompyuterda o‘qitish; muammolli o‘qitish; dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyalari.
 ta’lim metodining ustivorligiga ko‘ra: dogmatik, reproduktiv, tushuntirish-namoyish etuvchi, muammoli, rivojlantiruvchi texnologiyalar.
 ta’lim oluvchilar toifasiga ko‘ra: ommaviy, an’anaviy texnologiya, ilgarilanma saviyadagi texnologiya, kompensiyalovchi o‘qitish, qiyin va qobiliyatli talabalar bilan ishlovchi texnologiyalar.
 ta’lim va tarbiya jarayoni ilmiy konsepsiyasiga ko‘ra: assotsiativ- reflektorli, faoliyatli, rivojlantiruvchi, interiorizatorli, bixevioristik, geshtalttexnologiya, neyrolingvistik dasturlashgan texnologiya, suggestiv, psixotahliliy, nasliy (genetik),sotsioenergetik texnologiyalar.
 ta’lim oluvchiga yondashuvga ko‘ra: avtoritar, didaktotsentrik, shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar.

ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy
turiga ko‘ra: ta’limiy
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi; pedagogik boruvchi); samarali ijtimoiylashuvga
(didaktik),
(kuzatib
yo‘nalgan; boshqaruvchi (bashoratlovchi, monitoring) texnologiyalar.
qo‘llab-quvvatlovchi sharoit yaratishga
 an’anaviy tizimni modernizatsiyalash yo‘nalishiga ko‘ra: hamkorlik pedagogikasi, ijtimoiy-shaxsiy, protsessual yo‘nalgan texnologiyalar.


2.3modul tizimi

Bugungi kunda talaba shaxsini barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun albatta ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan xarakterda bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun ta’limni tashkil etish jarayonida talabaning qobiliyatlari, extiyojlari va o‘ziga xos jihatlarini xisobga olish lozim. Ana shu elementlar hisobga olingan taqdirda o‘z–o‘zidan tabaqalashtirilgan, rivojlantiruvchi, o‘qishga bo‘lgan motivlarni kuchaytiruvchi “sub’ekt-sub’ekt” konsepsiyasiga asoslangan ta’lim tizimi kelib chiqadi.


An’anaviy ta’lim tizimida chuqur o‘rnashib qolgan pedagogik paradigmalardan biri bu “sub’ekt-ob’ekt” munosabatlaridir. Bu yondashuv ta’limga nemis pedagogi I.F.Gerbard tomonidan (1776-1841yillar) kiritilgan. Bunday yondashuvda pedagog sub’ekt rolini bajaradi va qanday o‘qitish, qanday talabalarni qanday ishlab chiqish, talabalar jamoasini qay yo‘nalishda rivojlantirishni faqat o‘z yondashuvi asosida hal etadi. Talabalar esa passiv holda ob’ekt rolini bajaradilar. Talabalarning asosiy faoliyati eslab qolish, tushunish, qo‘llashga o‘rganish hisoblanadi. Bu paragdimaga qarshi g‘oyani amerikalik pedagog D. Dyui ishlab (1859-1952 ) chiqadi. Uning fikricha nimani va qanday o‘qish lozim degan savollarga javob topishda talabaga ham erkinlik berish va uning o‘z istak va hohishlarini xisobga olish lozim. Toki talaba o‘z faoliyatini, o‘z taqdirini, o‘z hayotini mustaqil boshqarishga faol kirishsin. Bu konsepsiya “sub’ekt-sub’ekt” munosabatlari sifatida tan olindi va ko‘pgina rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida o‘z o‘rnini topdi.
Aytish joizki, ta’lim tarixida yig‘ilgan boy didaktik tajribaning ijobiy jihatlari o‘z aksini modulli ta’limda topgan.
Ta’lim jarayoniga “Modulli ta’lim” tushunchasi 1971 yillarda Dj.Rassel tomonidan kiritilgan. Dj.Rassel modulni o‘quv paketi sifatida talqin etadi va unga o‘quv materialining konseptual birligini o‘rganishga oid harakatlarni kiritadi.
B.M.Goldshmid – modulni talabaga ma’lum ko‘zlangan natijaga erishishiga yordam beruvchi mustaqil birlik sifatida talqin etadi.
G.Ouyens modulni yopiq kompleks sifatida talqin etadi va ushbu kompleksga ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi, o‘rganiladigan axborot materiali, va vositalarni kiritadi.
Zamonaviy tadqiqotchilardan biri P.A.Yutsyavichene modulni ma’lum darajadagi mustaqil axborotdan hamda maqsadli ravishdagi metodik boshqaruv asosida maqsad qilib qo‘yilgan natijalarni ta’minlashga qaratilgan birlik sifatida tahlil etadi.
N.V.Borisova, K.Ya.Vazina, V.M.Gareyev, Ye.M.Durko, V.V.Karpov, M.N. Katxanov, S.I.Kulikov, P.Yutsyavichene va boshqa bir qator pedagog olimlarning fikrlarini o‘rganish natijasida modul tushunchasiga quyidagicha ta’riflarni ajaratish mumkin:
- modul bu - mustaqil konseptual kichik birlik;
- modul bu - mustaqil birlik sifatida muayyan o‘quv kursini o‘z ichiga olib, bir necha bloklarni o‘zida mujassam etadi;
- modul bu - ma’lum mutaxassislikka tegishli bo‘lgan bir qancha o‘quv predmetlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi fanlararo birlik bo‘la oladi;
- modul bu - aniq bir mutaxassislikni egallashga yo‘naltirilgan kasbiy ta’lim moduli.
Bundan tashqari “modul” tushunchasiga tegishli bo‘lgan quyidagi xususiyatlarini ajratish mumkin:
- maqsad;
- turli xil turdagi o‘quv faoliyatini integratsiyasi; - metodik ta’minot;
- mustaqil rivojlanish;
- ta’lim jarayonidagi talabaning mustaqilligi;
Modul quyidagi bloklardan iborat bo‘ladi:
1-blok: Kirish nazorati- yangi mavzuni o‘rganish uchun mavjud bazaviy va
tayanch bilimlarni tekshirishga qaratilgan.
2-blok: Nazariy blok. Mavzuning har bir mantiqiy bo‘lagi uchun tuzilgan axborot va ko‘rgazmali materiallar to‘plami (rasm, diagramma, sxemalarda to‘liq ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq)ni yaratish
3-blok: Nazariy axborotni har bir bo‘lagini talabalar bilan birgalikda tahlil etish.
4-blok: Amaliy blok. Nazariy bilimlar asosida talabalarning amaliy faoliyatini tashkil etish.
5-blok: Chuqurlashib boruvchi blok. Mavzuga oid soha bo‘yicha murakkab topshiriqlarni bajarish.
6-blok: Nazorat bloki. Bajarilgan topshiriqlarni nazorat qilish.
7-blok: Nazorat natijalarini tahlil etish, umumiy yo‘l qo‘yilgan hatoliklarni aniqlash va umumlashtirish.
8-blok: Chiqish nazorati. Mavzu bo‘yicha belgilangan topshiriqlarni bajarish va topshirish.
Modulli ta’lim ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlari va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashganligi sababli o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi.
Modulli ta’lim texnologiyalari mustaqil faoliyat asosida talabalarda bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish, ularda rejalashtirish, o‘z-o‘zini boshqarish va nazorat qilish, o‘zlashtirish bo‘yicha samarali natijani ta’minlashga qaratilgan eng samarali yondashuvlardan biri bo‘lib qolmoqda. Modul bu shunday maqsadga yo‘naltirilgan bog‘lamki, u o‘zida o‘rganiladigan mazmunni va uni o‘zlashtirish texnologiyasini aks ettiradi.
Modulli ta’lim individual yondashuv vositasidir.
Mudulli ta’lim texnologiyalari - eng zamonaviy texnologiya bo‘lib, modul bloklaridan tashkil topgan axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, talabaning mustaqil faoliyatiga asoslangan bilim, ko‘nikma va malaka
diagnostikasida turli shakllaridan foydalangan holda tashkil etiluvchi yaxlit jarayon.
ravishda yoki pedagogning ma’lum maslahatlaridan foydalangan holda qo‘yilgan didaktik maqsadga erishadi.O‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik munosabatlari o‘rnatiladi. O‘qituvchiga o‘zlashtirish jarayonini to‘g‘ri baholab borish, talabaning mustaqil faoliyatini samarali tashkil etish, uning taraqqiyotini kuzatib borishek mas’uliyat yuklatiladi. Talaba faoliyatini samarasini baholash, o‘z vaqtida korrektivlar kiritib turish lozim.
Modulli yondashuvning maqsadi - axborotni o‘zlashtirish, idrok etilgan axborotni mustaqil tahlil qilish, o‘z mustaqil fikrlarini bildirishni taqazo etuvchi va qisqa muddatda optimal usullar yordamida belgilangan maqsadlarga erishishdir.
Modulli ta’lim texnologiyasi – ta’lim berishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.
An’anaviy ta’limda o‘quv maqsadlari ta’lim beruvchi faoliyati orqali ifodalangan ya’ni bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, modulli o‘qitishda ta’lim oluvchilar faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Modulli ta’lim texnologiyasida o‘quv dasturlarini to‘la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali bosqichma-bosqich o‘qitish imkoniyati yaratiladi, ya’ni o‘qitishni individuallashtirish mumkin bo‘ladi. Modulli o‘qitishga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
• o‘qitishning uzluksizligini ta’minlash;
• o‘qitishni individuallashtirish;
• o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun yetarli sharoit yaratish;
• o‘qitishni jadallashtirish;
• fanni samarali o‘zlashtirishga erishish.



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə