Nigmatov X



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

XXI. MIKROARXITEKTURA 
 
 
Kompyuter protsessorining arxitekturasi tushunchasi - bu dasturiy model 
hisoblanadi, ya’ni buyruqlarning to‘plam arxitekturasini (BTA) protsessorda 
amalga oshirilgan usuli hisoblanadi. Har bir buyruqlar to‘plami kompyuterda turli 
hil mikroarxitektura asosida yaratiladi. Bu esa har bir qo‘yilgan masalaning 
maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. Mikroarxitektura (inglizcha microarchitecture) 
tushunchasi esa bu shu dasturiy modelni ichki jarayonda amalga oshirilishi 
hisoblanadi. 


134 
 
Bir hil arxitekturalar uchun har xil firmalar mikroarxitekturalarni 
qo‘llashda asosan ishlash samaradorligini maksimal oshirishga ya’ni dasturlarni 
yechish tezligini ko‘paytirishga xarakat qilishadi. Pentium va bunga yaqin 
bo‘lgan turlarida ya’ni Pentium Pro, Pentium II va III, Celeron, Pentium 4 lardagi 
dasturlarni bajarish jarayonlarida har xil turdagi konveyerlash va parallellashtirish 
usullarini qo‘llashga intilishadi. 
Demak, kompyuterning arxitekturasi asosan mikroarxitekturalardan, 
mikrokodlardan va buyruqlar to‘plam arxitekturasidan topgan deb hisoblanadi. 
Assembler tilida dasturlovchilar yoki kompilyator yaratuvchilar buyruqlar 
to‘plam arxitekturasini dasturlash modeliga o‘xshatishadi. Mikroarxitektura 
protsessorning asosiy qismlarini va ularni bir - biri bilan bog‘lanishining 
usullarini hamda BTA ni amalga oshirish uchun o‘zaro xarakatini belgilaydi. 
Ko‘p holatlarda mikroarxitektura elementlarining ishini protsessorga 
o‘rnatilgan mikrokodlar nazorat qiladi. Protsessor arxitekturasida mikrokod 
qatlami bo‘lgan taqdirda, u interpretator vazifasini bajaradi, ya’ni BTAning 
buyruqlar qatlamini mikroarxitektura buyruqlariga aylantirib beradi. Bunda bir 
mikroarxitektura bazasida bir nechta har xil buyruqlar tizimi bajariladi. 
Har xil mikroarxitekturali kompyuterlar bir xil buyruqlar to‘plamiga 
ega bo‘lishi mumkin, ya’ni o‘sha o‘rnatilgan dasturlarni bajara oladi. Bu esa yangi 
avlod protsessorlarida juda yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. 


135 
Ma’lumotlarni qayta ishlash yoki qandaydir masalalarni o‘rnatilgan dastur 
asosida yechish jarayonida konveyer printsipidan foydalaniladi. 
Konveyerlashtirish deganda har bir bajarish jarayonlarini bir nechta 
etaplarga bo‘lib, har biri o‘zining pog‘anisida bajariladi va ketma - ket konveyer 
asosida ishlaydi. Har bir buyruq bajarilgandan so‘ng keyingi etapga o‘tiladi va 
yangi buyruqlar asosida amallar bajariladi. Shunday qilib, konveyer jarayonida 
bir paytning o‘zida bir nechta amallar ketma - ket instruktsiya asosida bajariladi.
Demak, dasturlar shunday tuzilishi kerakki protsessorning 
arxitekturasiga qarab, ortiqcha kerak bo‘lmagan sikllar bo‘lmasligi va konveyerni 
to‘la yuklab protsessorning maksimal ishlash qobiliyatini oshirishga mo‘ljallash 
kerak bo‘ladi. Masalan, hammaga ma’lum Pentium protsessorining konveyeri 5 
(beshta) sathdan iborat, Pentium 4 da esa giperkonveyerning sathi 20 taga teng. 
Intel 486 gacha bo‘lgan turlarida 1 (bitta) konveyer bo‘lib, u asosan parallel 
rejimda ishlaydi. 
Dunyodagi birinchi Intel 4004 mikroprotsessorining blok - sxemasi. 
Mikroarxitekturalarni avloddan - avlodga o‘tib takomillashtirsh orqali 
rivojlanish ko‘rsatkichlari oshib borishiga sabab kompyuter yadrosining takt 
chastotasini oshishi hisoblanadi. Mikroarxitektura ichida arifmetik - mantiqiy 
qurilmalar, o‘zgaruvchan nuqtali sonlar bilan ishlash qurilmasi, saqlash (xotira) 
qurilmasi, tarqatishni bashoratlash qurilmasi va ma’lumotlar darajasida 
parallellashtirish qurilma bloklaridan iborat bo‘ladi. Ushbu bloklar hisoblash 
operatsiyalarini bajaradi. 


136 
 
Intel 80286 Mikroarxitekturasi. 

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə